Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Soliqlar va soliq tizimini optimallashtirish
UZBEKISTAN” JURNALI · Pulatova Mohira Baxtiyorovna · Rafieva Madina Xusinovna
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
Ushbu ilmiy maqolada Soliq va soliq tizimini optimallashtirish mavzusida asosiy tushunchalar yoritib berilgan. Kalit soʻzlar: Soliq, Byudjeti daromadlar, iqtisodiy voqelik, toʻgʻri va egri. Soliq, davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yigʻib olinadigan toʻlovga aytiladi. Davlat byudjeti daromadlar qismining asosiy manbai soliqlar hisoblanadi. Shuningdek, soliq iqtisodiy turkum sifatida, sof daromadning bir qismini budjetga jalb qilish shakli boʻlib, moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‘lishi va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma’noda davlat ixtiyoriga soliq to‘lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya’ni ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi 29 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 hamda norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal qilishini zarur qilib qo‘yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari, asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‘ladi. Soliql Soliqning kelib chiqishi davlatning paydo boʻlishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, juda qadimiy tarixga ega. Tarixiy manbalarda bundan 3760-yil muqaddam Bobil davlatida Hammurapi qonunlari bilan soliqning joriy etilgani toʻgʻrisida maʼlumotlar uchraydi. Hozirgi davrda ham davlat bajaradigan vazifalarni mablagʻ bilan taʼminlash muammosi soliqning obyektiv zarurligini keltirib chiqaradi. Undirish usuliga koʻra, toʻgʻri va egri Soliqga boʻlinadi. Toʻgʻri Soliq molmulk va daromadga bevosita joriy qilinadi va soliq toʻlovchi tomonidan oraliq vositachilarsiz toʻlanadi. Keng tarqalgan turlari: qoʻshilgan qiymat soligʻi, daromad soligʻi, meros hamda hadya soligʻi, tovar aylanmasi soligʻi, savdo soligʻi, eksportimport soligʻi va boshqa Egri soliq (aksizlar) tovar (xizmat)lar narxlariga yoki tariflarga kiritish moʻljallangan va keyinchalik tovarlar isteʼmolchilariga yuklanadigan Soliq Davlat tuzumi xususiyatlariga koʻra, Soliq tizimi umumdavlat (markaziy) va mahalliy (maʼmuriy-hududiy birliklar) Soliq va yigʻimlardan tashkil topadi. Mamlakatda tadbirkorlikni rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun soliq yukini izchillik bilan kamaytirish va qulay shart-sharoitlarni yaratish. Shu bilan birga, soliq ma’muriyatchiligi sohasida, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni yig‘ish, soliq solinadigan bazani kengaytirish va soliq to‘lovchilarning huquqiy madaniyatini oshirishda muayyan muammolarning mavjudligi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini moliyalashtirishning barqaror manbalarini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, xususan: birinchidan, soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma’muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda nazorat samaradorligini, shuningdek davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlamayapti. Soliq to‘lovchilarning, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlarining ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan “soliq 30 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 to‘lovchining shaxsiy kabineti”dan foydalanish manfaatdorligini oshirish bo‘yicha faol ish tashkil etilmagan; ikkinchidan, soliq organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi soliq solish obyektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish uchun mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti; uchinchidan, soliqqa oid huquqiy munosabatlarning ahvoli va rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, soliq siyosatining o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish, soliq solishning dolzarb muammolarini tadqiq etish, shuningde
Доказательный фрагмент
«Ushbu ilmiy maqolada Soliq va soliq tizimini optimallashtirish mavzusida asosiy tushunchalar yoritib berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu ilmiy maqolada Soliq va soliq tizimini optimallashtirish mavzusida asosiy tushunchalar yoritib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toʻgʻri va egri, Byudjeti daromadlar, iqtisodiy voqelik, Soliq
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025