Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OGAHIY IJODI O‘RGANILISHI: TADQIQOT XARAKTERLARI
Jumatova Nazokat Gulimbatovna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article discusses the study of the works of Muhammad Riza Ogahiy, a prominent representative of 19th-century literature, historian, translator, poet, public and statesman, throughout our country, and the research that has been and is being conducted. Key words: lyrics, heritage, historical work, divan, translation, mirab, tetralogy, textual studies, khanate period, research. Bizning diyorimiz buyuk allomalar, ulamo-yu shoirlar, yozuvchi va olimlar yurtidir. Mamlakatimiz o‘zining boy madaniy va adabiy merosiga ega bo‘lib, jahon adabiyoti durdonalarining kattagina qismini tashkil qiladi. Sharq mumtoz adabiyoti deganda Navoiy, Fuzuliy, Lutfiy, Muqimiy kabi buyuk mutafakkirlar hayolimizda gavdalanadi. Ularning jahon adabiyot xazinasiga qo‘shgan hissalari beqiyosdir. Mana shunday arboblardan biri, XIX asrning yorqin vakili Muhammad Rizo Ogahiy o‘zbek adabiyoti osmonida yorqin iz qoldirgan yulduzdir. Muhammadrizo Ogahiy (1809-1874) yurtimiz tarixidagi eng sermahsul ijodkorlardan biridir. 167 Yanvar, 2025-Yil U tarixchi, shoir va tarjimon sifatida oltita tarixiy asar, bitta devon va o‘n to‘qqizta tarjima asarlarni meros sifatida qoldirgan. Ogahiy Xiva xonligidagi tarjima maktabi asoschisi edi. U ijodini fors tilidan tarixiy asarlarni tarjima qilishdan boshlagan va mahorati oshib borgan sayin badiiy asarlarni nazmdan nasrga o‘girgan. Bugungi kunga kelib Ogahiy hayoti va ijodining salmoqli qismi yaxshi o‘rganilgan. Ammo adibning tarjima asarlari hamda tarixiy asarlarini zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Ogahiyning lirikasi ham hali to‘laligicha o‘rganilgan emas. “Hali bu xassos san’atkorning lirik va liro-epik tasvir usullari, uning rang-barang she’riy san’atlardan bezavol badiiy obidalar yaratishda foydalanish mahorati, Ogahiy aruzining o‘ziga xos qirralari, shoir asarlarining ohanglar jilosi sirlari zarur darajada yoritilganicha yo‘q”1 Taniqli shoir, yozuvchi Akademik G‘afur G‘ulom “Mamlakatimizning boshqa xalqlari kabi o‘zbek xalqi ham o‘zining asrlar davomida yaratilgan boy, o‘ziga xos madaniyatiga ega. Bu yerdan fan, adabiyot va san’atning qator ulug‘ arboblari yetishib chiqqanlar. Shuni aytib o‘tish kerakki, keyingi yillarda hech qanday asossiz Lutfiy, Atoyi, Sakkokiy, Bobur, Mashrab, Turdi, Munis, Ogahiy, Feruzlarning ijodi o‘rganilmayotir, biz faqat Navoiy, Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Avaz kabi shoirlar ijodini o‘rganish bilan cheklanib qolganmiz” –degan edi. Shundan keyin “Ogahiyshunoslik” fani vujudga keldi, 1958-yilda Xivaga Toshkentdan Subutoy Dolimov kelgan. 1959-yilda G‘afur G‘ulom, Ibrohim Mo‘minov, Qori Niyoziy, Zulfiya, Uyg‘un, Ayyomiy, Subutoy Dolimov, Egam Rahim, Quvomiddin Munirov kelgan. Ogahiy va Munis qabrlari Qiyot qishlog‘idagi Shayx Mavlono Bobo mozoridan Subutoy Dolimov, E.Samandar va O.Pirnazarovlarning hamkorligi asosida topiladi. Shundan keyin Ogahiy bog‘i, qabri tiklandi. Filologiya fanlari doktori Subutoy Dolimov Ogahiy hayoti va ijodiga kattahissa qo‘shgan olimlardan biridir. Subutoy Dolimov 1962-yilda “Ogahiyning hayoti va ijodiy faoliyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va ijodining mahsuldorligi hamda asarlarining badiiy go‘zalligi nuqtai nazaridan Ogahiy o‘zbek adabiyotining buyuk vakili Alisher Navoiydan keyingi eng zabardast vakili, degan ilmiy xulosaga keldi. 1970-yilda Subutoy Dolimov va professor G‘ulom Karimov hamkorlikda Ogahiyning 6 jildlik asarlar majmuasini nashrga tayyorlashga kirishib, bu ishni 1980-yilda muvaffaqiyatli tugatdilar. Majmuaning 1-2 jildlari Ogahiyning lirik devoni “Ta’viz ul oshiqin”ni, 3-4 jildlari shoirning tarjima asarlarini, 5-6 jildlari esa Ogahiyning tarixiy asarlarini o‘z ichiga oladi. 1 Anvar Xojiahmedov.Ogahiy dahosining olmos qirralari.3.:1999 168 Yanvar, 2025-Yil 1991-yilda Subutoy Dolimov Ogahiy tomonidan tarjima qilingan Kaykovusning “Qobusnoma” asarini tabdil qilib, nashrga tayyorlagan.Ogahiy haqida izlanishlar olib borgan keyingi iqtidorli olim Nuryog‘di Toshevdir. Nuryog‘di Toshev “Jome ul-voqeoti sultoniy”ning Toshkent nusxasi: “Ogahiy dastxatimi?” maqolasida: “Muhammadrizo Ogahiy haqli ravishda eng sermahsul va serqirra qalamkashlar qatorida e’tirof etiladi. U yirik she’riy devon va tarixga oid 6 ta asar bitgan, bundan tashqari, 19 ta badiiy, tarixiy va boshqa janrlardagi asarlarni fors tilidan, bitta asarni usmonli turk tilidan eski o‘zbek tiliga o‘girgan. Sanalgan 27 ta asardan 23 tasi ko‘plab nusxalarda bizgacha yetib kelgan”, deb yozadi. Xiva xonligi tarixnavisligi bo‘yicha mutaxassis Nuryog‘di Toshev Ogahiy tarixiy asarlarini yozishda xat yozishmalardanham foydalanganligini qayd qiladi hamda Xivaning tarixiy xronologiyalarida mirob atamasi, ko‘pincha, harbiy ish va kampaniyalar munosabati bilan tilga olinganligini ham aniqlaydi. Bundan tashqari Toshev Ogahiy umri oxirigacha miroblik vazifasida qolgan deb, asos sifatida beshta dalil ham keltirib o‘tadi. Yirik olim Yu.Bregel Ogahiy tarjima asarlarining yillar ketma-ketligini aniqlashga qiynalgan edi. Ammo ogahiyshunos olim Toshev bu
Доказательный фрагмент
«This article discusses the study of the works of Muhammad Riza Ogahiy, a prominent representative of 19th-century literature, historian, translator, poet, public and statesman, throughout our country, and the research…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the study of the works of Muhammad Riza Ogahiy, a prominent representative of 19th-century literature, historian, translator, poet, public and statesman, throughout our country, and the research… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- lyrics, heritage, historical work, divan, translation, mirab, tetralogy, textual, tarixiy asar, devon, lirika, tetralogiya, tadqiqot., meros, matnshunoslik, mirob, xonliklar davri, tarjima
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025