Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SOYA NAVLARINING ILDIZ MASSASIGA STIMULYATORLARNI TURLI ME’YOR VA USULLARDA QO‘LLASHNING TA’SIRI
UZBEKISTAN” JURNALI
Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024
Аннотация
In This article, information is given on the effect of different norms and application methods of stimulators on root mass of soybean cultivars. It was found that stimulators had a good effect on root activity, and it was found that in both varieties, stimulators had a positive effect on root formation in variants applied by foliar application. Keywords: soybean, types and application methods of stimulators, root mass, Uzgumi, Fulvogummat, Rival, Nafis, Vilana. 21 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Kirish. Bugungi kunga kelib soya o‘simligi dunyo bo‘yicha juda keng ahamiyatli o‘simlik hisoblanadi. Dunyoning 60 dan ortiq maydonlarida еtishtirilmoqda. Soya dukkakli ekinlar orasida etakchi ekin hisoblanadi. Butun dunyoda oqsil taqchilligi hukm surayotgan bugungi kunda, soya donining oqsilga boyligi, oqsili tarkibida inson uchun foydali aminokislotalarning barchasi mavjudligi aloxida ahamiyatga ega bo‘lib, soya donining ovqatlilik ahamiyatini yanada oshiradi. Soyaning afzalligi lizin, metionin, arginin, leysin va boshqa eng zarur aminokislotalarga boyligi bo‘yicha qator oziq-ovqat mahsulotlari bilan tenglasha olishini alohida ta’kidlash zarur. Soya ekiladigan ko‘p davlatlarda ushbu ekin yagona oqsil manbai bo‘lib, chorvachilikni ham to‘yimli oziqa bilan ta’minlaydi va uning mahsuldorligini oshiradi. Dunyoda yalpi ishlab chiqarilgan o‘simlik moyining 40 % i soyaga to‘g‘ri keladi [2]. Ilmiy adabiyotlar tahlili. Qabul qilingan еtishtirish texnologiyasidan tashqari o‘simlikni yanada faol o‘sishi, rivojlanishi va hosil shakllanishini faollashtiradigan stimulyatorlarni qo‘llash, o‘rganish bugungi kunda juda dolzarb masala bo‘lib qoladi. O‘simlikshunoslikda urug‘larning unuvchanligi katta ahamiyatga ega, shuning chun har xil stimulyatorlar va o‘sishni sozlovchi moddalar, o‘g‘itlar, har xil faol ta’sirga ega moddalar ta’sirida bu ko‘rsatkichni oshirish mumkin. (Agafonov O.M. i dr) [1]. Xozirgi vaqtda sanoat darajasida har xil majmualar yaratilmoqda, bunga mineral, mikro o‘g‘itlar, o‘sishni sozlovchi moddalar, stimulyatorlar va urug‘da yopishtiradigan moddalar qo‘shilmoqda. Bu murakkab moddalar majmuasi urug‘larga ishlov berilganda qo‘llaniladi. Bunday ishlov berilganda urug‘lar tejaladi. O‘sishni sozlovchi moddalar majmuasini qo‘llash nafaqat o‘simlikning hosildorligi, uning havfsizligini ham ta’minlash lozim (Shapoval, 2015), [7]. Qishloq ho‘jaligida o‘simliklarning o‘sish regulyatorlaridan foydalanish AQShda o‘tgan asrning 30 – yillarida foydalana boshlangan. Birinchi keng qo‘llanilgan sintetik gormon etilen bo‘lgan. O‘shandan beri tabiiy o‘sish gormonlarini taqlid qiluvchi sintetik moddalar zamonaviy qishloq ho‘jaligining ajralmas qismiga aylangan (Lovsova), [4]. Dukkakli ekinlarga - o‘sishni sozlovchi va immunitetni oshiruvchi biostimulyatorlarni foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish eng dolzarb ahamiyatga ega [6]. 22 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 10, 2024. OCTOBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Rostov viloyati, Aksay tumani, “Aksayskaya Niva” MChJ tajribalarida erishilgan yutuqlar Gumimaks preparati bilan soya urug‘lariga ishlov berish soyada nobudgarchilik kam bo‘lishiga, o‘simlik donachalari va hosil donlariga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatadiki, “Gumimaks” preparati o‘simlikdagi mavjud noqulayliklarga chidamliligini oshiradi. Izoh: ekish oldidan urug‘ni bir vaqtning o‘zida o‘simlikni rizotorfin bilan ishlov berib ekish soya donining unumdorligini 0.3–0.4 t/ gacha oshirishga imkon beradi. (Balakay G.T. i dr., 2008), [3]. O‘sishni sozlovchi moddalar soya urug‘larining hosildorligi va sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish qobiliyati mavjud. Ular o‘simlikni suvga, haroratga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamliligini kuchaytiradi. Maksimal samaraga erishish uchun urug‘larga bosqichma bosqich ishlov berish orqali erishiladi (Xoxoeva N.T), [8]. Ran O.P. Selixova O.A.,Tixonchuk P.V (2009) ta’kidlashicha lalmi mintaqada soya еtishtirilganda yog‘ingarchilik mavsumida sug‘orilmaydi. Ayrim mintaqalarda qurg‘oqchilik ta’sirida hosil kamayadi, ko‘p ziyon ko‘riladi. Qurg‘oqchilikdan olinadigan ziyon qurg‘oqchilik davrini davomiyligi, o‘simlikning rivojlanish davri, bug‘lanishi va tuproq xolatiga bog‘liqdir. Suv defitsiti (tuproqning qurishi) bargda ustitsalarni yopilishi, transpiratsiyani va fotosintezning kamayishi bilan ifodalanadi [5]. X.N.Atabaeva., F.B.Namozov., A.A. Qurbonov va S.Sh.Xayrullaevlar 2018- 2020 yillardagi olib borgan tajribalarida mikroelementlarni soya ekiniga ta’sir ettirganda, mikroelementlar soyaning poya balandligi, barg, ildiz rivojlanishi, tuganaklar hosil bo‘lishi, don sifati va hosildorliga ta’sir ko‘rsatib, yuqori hosil bilan ta’minlagan [10]. R.Jo‘raeva., J.Toshpo‘latov., A.Iminov., X.Bozorov va L.Zaynitdinova, S.Xatamov va S.Sh.Xayrullaev ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-2017 yillarda olib
Доказательный фрагмент
«In This article, information is given on the effect of different norms and application methods of stimulators on root mass of soybean cultivars.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn This article, information is given on the effect of different norms and application methods of stimulators on root mass of soybean cultivars. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- soybean, types and application methods of stimulators, root mass, ildiz massa, Nafis, soya, stimulyator turlari va qo‘llash usullari, Rival, Fulvogummat, Vilana, Uzgumi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025