Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM TIZIMIDA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KOGNITIV-PRAGMATIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MODELINI YARATISH
To‘rabekova Aziza Mirzabek qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article presents the data obtained as a result of the study of scientific literature on the development of a model for improving the methodology for developing cognitive- pragmatic competencies of future primary school teachers. The article discusses the concept of a model and its types, the importance of creating a pedagogical model. Keywords: cognitive, pragmatic, competence, model, modeling, Models of human speech activity, Linguistic research models, metamodel. 153 Yanvar, 2025-Yil Model - pedagogik jarayonning anologi (aynan moslik)i bo‘lib, pedagogik jarayon elementlari (maqsad, mazmun, shakl, vosita, metod va natija) orasidagi munosabatni aks ettiradi. Modelning misoli sifatida biz ta’lim muassasasi bitiruvchisini olishimiz mumkin, uning bilimi, shaxsiy sifatlarida pedagoglar jamoasining mehnati, ularning innovatsion pedagogik faoliyatlari loyihasi ko‘rinishida aks etadi. Modellashtirishga ko‘ra ko‘pgina olimlar tadqiq etiladigan hodisalar va jarayonlarning mohiyatiga kirib bora olganlar. Tadqiq etilayotgan jarayonga o‘xshash amal qiluvchi modellashtirish, moddiy va fikrlash tizimini yaratish metodi uning xususiyatlarini o‘rganishga hamda tizimning uni haqiqiy amalga oshirishdan oldinroq prognozlashtirishga imkon beradi hamda pedagogika uchun yangilik xisoblanmaydi1. Innovatsion pedagogik jarayonni loyihalashtirish shakllari. bu har xil pedagogik jarayon(dars va darsdan tashqari)ni, pedagogik kollektiv bilan muloqot qilishda, ota-onalar bilan ishlashda, turli tuman vaziyatlarni tizimli tashkil etishni tavsiflovchi hujjat hisoblanshib, u konsepsiya, model, reja shakllarida bo‘lishi mumkin2. Lingvistik modelni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1.Inson nutqiy faoliyati modellari. Bu modellar konkret nutq jarayonini va hodisalarini aks ettiradi. Masalan, aniq bir tovushning talaffuz modeli yoki nutqning yuzaga chiqish modeli. 2.Lingvistik tadqiqot modellari. Bunda muayyan til hodisalari asosida olib borilgan tadqiqot jarayonini aks ettiradi. 3.Metamodellar – bunda lingvistik modellar saralanadi, u gipotetik-deduktiv xarakterga ega boʻladi, oʻta abstraktlashgan va ratsionallashgan boʻladi3. Nantawan Kaewchote, Chatchayapha Wattanathumlarning ta’kidlashicha, modelni ishlab chiqish jarayoni 4 ta xususiyatni o‘z ichiga oladi: o‘rganilish kontekstini, mazmunini va o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etishning amaldagi shart-sharoitlarini hamda unda uchraydigan muammo va to‘siqlarni o‘rganish; o‘qituvchi va talabalar kasbiy hamkorlik jarayonida faol ta’limga asoslangan o‘qitishni loyihalashtirish; ma’lumotlar yig‘ish va uni to‘plash vositalaridan foydalanish hamda anketa-so‘rovnoma o‘tkazish; turli kompetensiyalarni rivojlantirish modelini tuzish va faol ta’lim asosida kompetensiyalarni maqsadga muvofiqligini tekshirish4. 1 Файрушина С.М. Научно-методическая исследовательская деятельность студентов педагогических вузов при изучении естественнонаучных дисциплин. Вестник ТГПУ. 2010. Выпуск 12 (102). УДК 378.14:55. 41-45-бет. 2 Зайцева В.С. Современные педагогические технологии. Учебное пособия В 2-книгах Книга-1. – Челябиск, 2012. – 411 с. 3 Ro‘ziyeva S.H. Modelleshtirish texnologiyasi umumiy oʻrta ta`limda sintaksis boʻlimini oʻqitishda optimal yondashuv sifatida. DOI: https://doi.org/10.53885/edinres.2021.42.85.089 4Nantawan Kaewchote, Chatchayapha Wattanathum. College of Teacher Education, Phranakhon Rajabhat University, Bangkok, Thailand. DOI: 10.4236/ce.2022.135098 PDF HTML XML 317 Downloads 1 406 Views Citations. 154 Yanvar, 2025-Yil “Model” tushunchasi fan va texnikada turli ma’nolarda ishlatilgani bois modellashtirish turlarining yagona tasnifi mavjud emas. Tasnif modelning xarakteriga ko‘ra, modellashtirilayotgan obyektning tabiatiga ko‘ra, modellashtirish tatbiq qilinayotgan soha yoki yo‘nalishga qarab amalga oshirilishi mumkin5. Modellarni shartli ravishda quyidagicha tasniflash mumkin: 1.Tabiiy model – o‘rganilayotgan obyekt bilan bir turda bo‘ladigan va undan faqat o‘lchamlari, jarayonlarining tezligi va ba’zi hollarda yasalgan materiali bilan farq qiladigan model. 2.Matematik model – prototipdan (asl nusxadan) jismoniy tuzilishi bilan farq qiladigan, lekin prototip bilan bir xil matematik tasvirga ega bo‘lgan model. 3.Mantiqiy-matematik model – belgilardan iborat bo‘lgan, tafakkur jarayonini o‘rganishda qo‘llanadigan abstrakt model. 4.Kompyuter modeli – matematik, mantiqiy modellashtirish metodlariga asoslanib kompyuterda algoritm va dasturlardan foydalangan holda yaratiladigan model6. Yig‘ish-aks ettirish-bog‘lash-nashr qilish modeli. Jeremi Hibert (Jeremy Hiebert) tomonidan yaratilgan ushbu “Personal learning environment” modeli o‘tmish, hozirgi va kelajakda o‘rganishni hisobga oladi. U quyidagilardan iborat7: Yig‘ish: kontaktlar, artefaktlar va ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, tartibga solish va filtrlash. Aks ettirish: tushunchalarni ko‘rib chiqish, bog‘lash, sintez qilish, blog yuritish, shaxsiy/jamoat guruhlarida ishlash. Bog‘lanish: odamlar va ma’lumotlar, guruhlarni shakllantirish, umumiy m
Доказательный фрагмент
«This article presents the data obtained as a result of the study of scientific literature on the development of a model for improving the methodology for developing cognitive- pragmatic competencies of future primary…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the data obtained as a result of the study of scientific literature on the development of a model for improving the methodology for developing cognitive- pragmatic competencies of future primary… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive, pragmatic, competence, model, modeling, Models of human speech, Inson nutqiy faoliyati modellari, pragmatik, metomodel., modellashtirish, Lingvistik tadqiqot modellari, kognitiv, kompetensiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026