Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDAGI ISLOHOTLARNING ASOSIY YO’NALISHLARI
NEW RENAISSANCE · ISLOHOTLARNING ASOSIY YO’NALISHLARI · Bazarova Mamlakat Supiyevna
Современная наука и исследования · 2 · 34-43 · 2025
Аннотация
Ushbu tezisda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimi va ularga amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tegishli xulosa va takliflar berib o’tilgan. Kalit so’zlar: moliya, davlat moliyasi, islohot, budjet. O‘zbekiston Respublikasida davlatning strategik maqsadlariga erishish uchun yo‘naltirilgan islohotlarni davlat moliyasini boshqarishni takomillashtirishga asoslangan holda amalga oshirish talab etilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti) to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarning budjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilayotganligi, shu jumladan Davlat budjeti Parlament tomonidan tasdiqlanishi, “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri chop etilishi, Openbudget.uz axborot portali ishga tushirilishi, Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar milliy hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq e’lon qilinishiga qaramasdan, Davlat moliyasini boshqarishni yanada takomillashtirishni talab etadigan bir qator yo‘nalishlari mavjud. Jumladan: davlat moliyasini boshqarish tizimida davlatning o‘rta va uzoq muddatli maqsadlariga erishish borasida strategik o‘rta muddatli istiqbollarini belgilash; budjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobini alohida yuritish, shuningdek, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘larini konsolidatsiyalashgan budjetda aks ettirish; mahalliy budjetlarni mustaqil ravishda belgilash imkonini beradigan budjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof uslubiyatini ishlab chiqish; davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun mavjud tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish zarurligini ko‘rsatmoqda.Shu munosabat bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari ko‘magida aniq maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlarni belgilovchi 2020 — 2024- 29 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) ishlab chiqildi.Strategiyada davlat moliyasi to‘g‘risida jamoatchilikka keng qamrovli ma’lumotlar berish va shaffoflikni ta’minlash, samaradorlik va natijadorlikka bosqichma-bosqich erishishga qaratilgan soliq-budjet siyosatiga o‘tish uchun strategik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish kabi yo‘nalishlar ham belgilanmoqda.Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatidan tuzilmasi o‘xshash davlatlar tajribasi ham o‘rganib chiqildi.Davlatni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazkur Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.Strategiyani amalga oshirish davri 2024-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi: soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish; makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish; budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish; fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish; budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash; budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash; budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish. Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur: uzoq muddatli davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategik o‘rta muddatga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatini yuritish; makroiqtisodiy cheklovlar va vazifalarni nazarda tutuvchi budjetlashtirishning “yuqoridan pastga” yondashuvini joriy etish yo‘li bilan soliq-budjet nazoratini kuchaytirish va barcha budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va hisobdorligini oshirish; 30 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 budjet mablag‘lari taqsimlovchila
Доказательный фрагмент
«Ushbu tezisda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimi va ularga amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tegishli xulosa va takliflar berib o’tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu tezisda O’zbekiston Respublikasida davlat moliyasi tizimi va ularga amalga oshiriladigan islohotlarning asosiy yo’nalishlari bo’yicha tegishli xulosa va takliflar berib o’tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ishlab chiqish, davlat moliyasini, davlat budjeti, joriy etish, budjet jarayoni, davlat moliyasi, maqsadlariga erishish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024