К содержанию
РецензированоUZ2024

RAHBARLIK FAOLIYATIDA BOSHQARUV JARAYONINI PSIXOLOGIK JIHATLARI

UZBEKISTAN” JURNALI · PSIXOLOGIK JIHATLARI · Jumaniyozov Yunus Shodurdi o‘g‘li

Журнал научно-инновационных исследований в Узбекистане · 2 · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada boshqaruv jarayonini psixologik tashkil etish, rahbar boshqaruvida muloqot madaniyati va ta’sir ko‘rsatish omillari va rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlari xaqida fikrlar keltirilgan. Rahbar faoliyatida namoyon bo‘ladigan xislatlarning, shaxsdan muntazam tartib va o‘z ustida ishlashni, doimo o‘z idrokida namuna yaratish va unga taqlid etishni talab qilishi asoslangan. Kalit so‘zlar: muvaffaqiyatga intilish, mag‘lubiyatdan qochish, inqirozli vaziyat, mas’ullik, ishonch, muloqotga moyillik, mavhum muammolarni yechish qobiliyati, tashabbuskorlik, o‘ziga ishonch, o‘z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash. Ma’lumki, boshqaruvning ko‘p sohalarida muvaffaqiyatli rahbarlik faoliyatini ta’minlovchi shaxs xislatlarini aniqlashga doir ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan. Jumladan, o‘tgan asrning 50-yillarida, har qanday sohada uddaburron rahbar bo‘la olishlikka tegishli xislatlar mavzuida yuzdan ortiq tadqiqotlar o‘tkazildi. Natijada, boshqaruvni mukammal ijro etuvchi hamma rahbarlarga xos fazilatlar umumlashtirilganda, atigi 5% xislat ko‘zga tashlandi. Bular quyidagicha: • aql-idrok, murakkab va mavhum muammolarni yechish qobiliyati o‘rtadan baland, ammo juda yuqori bo‘lmasligi shart; • tashabbuskorlik; • o‘ziga ishonch, o‘z mahoratini va intilishlarini yuksak baholash. Lekin ko‘p tadqiqotchilar diqqat-e’tiborlaridagi asosiy xususiyatlardan biri – rahbar shaxsiga xos dominantlik (ustunlik)ka intilishdir. Aynan shu sifat rahbarning tashabbusni o‘z qo‘liga olishiga, guruhga yetakchilik qilishiga va murakkab vaziyatda mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishiga zamin yaratadi. Shu munosabat bilan tadqiqotchi R. Stogdill qalamiga mansub "Rahbar qo‘llanmasi"da dominantlik boshqaruvga zarur sifatlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Dominantlik so‘zi 146 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 bir necha ma’noni anglatadi. Rahbarlik mavzusidan kelib chiqilsa, o‘zgalarga ta’sir etish degan bir jumla mazmunan hamma gapga asos bo‘ladi. Yuqorida ta’kidlangan ma’nodagi "ta’sir etish" iborasi hissiyot tufayli o‘zgalarni o‘ziga jalb eta bilish, o‘zaro munosabat natijasida o‘ziga nisbatan xayrixohlik hissini yaratishni anglatadi. Chunki tashkilotning ilg‘or faoliyati uchun rahbar o‘z zimmasidagi rasmiy majburiyat va vakolatlar o‘zi yetarli emas. Boshqaruv sohasidagi mutaxassislar G. Kuns va S.O’Donnelning fikricha "agar xodimlar rahbariyat tomonidan o‘rnatilgan tartib va qoidalargagina rioya etib mehnat qilganlarida, ular o‘zlarining 60-65% imkoniyatlarini ishlata olar va o‘z majburiyatlarini bajarib, shunchaki ishdan bo‘shamasliklariga bahona topar edilar, xolos. Xodimlarning qobiliyatlaridan to‘la foydalanish niyatidagi rahbar ularda shunga loyiq his tuyg‘uni uyg‘ota olishi lozim". Bu yerda gap rahbarning o‘z liderlik qobiliyatini namoyish eta olishi, xodimlar orasidagi obro‘-e’tibori haqida borayapti. Tashkilot doirasidagi norasmiy munosabatlar tizimida peshqadam o‘rinni egallagan rahbargina o‘z xodimlari qobiliyatini 100% jamoa ishiga jalb eta olishi mumkin. Yuqorida zikr etilgan qo‘llanmada e’tirof qilingan sifatlardan yana biri, rahbarning o‘ziga ishonch hissidir. Sir emas, har birimiz rahbar o‘ziga ishongan va ishonmagan hollarda nafaqat qanday ish tutishini, hatto o‘zini qanday tutishini ham ko‘rganmiz. Baxtga qarshi, o‘ziga ishonchi bo‘lmagan rahbar vaziyat o‘zgarishi bilan, o‘z qarorini o‘zgartirib turadi. Bunday rahbar qo‘l ostida ishlaydigan xodimlar o‘z rahbari timsolida suyanchiq ko‘rmaydilar, tashkilotda o‘tkazayotgan kunlari vaqtinchalikdek tuyuladi. Boz ustiga, bunday rahbar o‘zgalar bilan muzokaralar olib borishga ham qodir emas. Chunki o‘z shaxsiga va qobiliyatiga ishonmagan odam o‘zgalarda ham ishonch uyg‘ota olmaydi. Peshqadam rahbarga xos fazilatlardan biri – vazminlik va sabru bardoshlikdir. Rahbar hissiyotini muvozanatlashganligi, uning ichki dunyosiga xos qarama-qarshi tuyg‘ularning tug‘yoniga yo‘l qo‘ymaslikda va kayfiyatdagi sokinlikda ifodalanadi. Ma’lumki, rahbar odamlar orasida va ularga xos turli hissiyotlar og‘ushida yashaydi. Binobarin, atrofdagilarning salbiy yoki ijobiy his-tuyg‘ulari o‘zaro kundalik muloqotda tez "yuqish" xususiyatiga ega. Shuning uchun rahbar qaltis va ziddiyatli vaziyatlarda nafaqat boshqalarning hissiyoti ta’siriga berilmaslik, balki atrofdagilarga o‘z muvozanati va jilovlangan his-tuyg‘usi bilan ta’sir eta olishi kerak. Shaxsning bu fazilati bir tomondan asab tizimining tug‘ma xususiyati bilan belgilansa, ikkinchi tomondan orttirilgan hayotiy tajribaga bog‘liqdir. Asab 147 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 2, ISSUE 9, 2024. SEPTEMBER ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 tizimining mo‘tadilligi uchun rahbar o‘z sog‘ligi haqida qayg‘urishi lozim. Mehnat faoliyatini ratsional tarzda tashkil etish, ya’ni mehnatdagi ijobiy jihatlarga ko‘proq e’tibor berish, noxush vaziya

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada boshqaruv jarayonini psixologik tashkil etish, rahbar boshqaruvida muloqot madaniyati va ta’sir ko‘rsatish omillari va rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlari xaqida fikr…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada boshqaruv jarayonini psixologik tashkil etish, rahbar boshqaruvida muloqot madaniyati va ta’sir ko‘rsatish omillari va rahbar faoliyatidagi samaradorlikni amalga oshiradigan shaxs xislatlari xaqida fikr… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ishonch, muvaffaqiyatga intilish, mas’ullik, inqirozli vaziyat, mag‘lubiyatdan qochish
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники