К содержанию
РецензированоUZ2026

INFORMATIKA FANINI O‘QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH

Raximova Tozagul Sobirovna · Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomidagi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

This article contains information about the use of various interactive techniques and its advantages in order to achieve efficiency and high results in the process of teaching informatics. Keywords: interact, interactive teaching, "Mental attack" method, "FSMU" method, "BBB", "Boomerang" technology, "Zinama-zina" technology, Venn diagram, "Cluster" method. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ОБУЧЕНИИ ИНФОРМАТИКЕ Аннотация. В статье содержится информация об использовании различных интерактивных методов и их преимуществах для достижения эффективности и высоких результатов в процессе обучения информатике. Ключевые слова: Interact, Интерактивное обучение, Метод «Мозговой штурм», Метод «FSMU», «BBB», Технология «Бумеранг», Технология «Шаг за шагом», Диаграмма Венна, Метод «Кластер». Hozirgi davrda o‘sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko‘p jihatdan o‘qitishning interfaol metodlarini qo‘llashga bog‘liq. Interfaol so‘zi inglizcha “Interakt” so‘ziga mos kelib, “Inter – o‘zaro”, “akt – ish ko‘rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi. Interfaol o‘qitish – muloqotli o‘qitish bo‘lib, jarayonning borishida o‘qituvchi va o‘quvchi orasida o‘zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o‘qitishning mohiyati o‘quv jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o‘quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo‘lib, erkin 362 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo‘ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o‘zaro tushunishga, hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil etish va rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Interfaol metodlardan foydalaniladigan o‘quv jarayonida o‘quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko‘rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o‘rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi, izlanuvchi loyihalar, rolli o‘yinlar, ijodiy ishlar qo‘llaniladi, hujjatlar va axborotning turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o‘qitish tashkilotchilari uchun, sof o‘quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir: - guruhdagi o‘quvchilarning o‘zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning qadriyatlarini tushunib etishi; - boshqalar bilan o‘zaro muloqotda bo‘lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi; - o‘quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish Interfaol usullar bo‘yicha o‘qitish tashkil etish jarayonida o‘qituvchining bergan topshiriqlari mazmuni o‘quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir. Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo‘lib, o‘quvchilarni fikr yuritish, o‘ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo‘lishi lozim. Bir qator interfaol metodikalarning tavsifiga nazar tashlasak: “Aqliy hujum” metodi - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. 363 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo‘ladi, shu jumladan ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta’lim oluvchilar o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda –yangi mavzuga o‘tish qismida a

Доказательный фрагмент

«This article contains information about the use of various interactive techniques and its advantages in order to achieve efficiency and high results in the process of teaching informatics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article contains information about the use of various interactive techniques and its advantages in order to achieve efficiency and high results in the process of teaching informatics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
interact, interactive teaching, "Mental attack" method, "FSMU" method, “Bumerang” texnologiyasi, «FSMU» metodi, Interfaol o‘qitish, “Zinama-zina” texnologiyasi, “BBB”, Interakt, “Aqliy hujum” metodi, “Klaster” metodi., Venn diagrammasi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники