К содержанию
РецензированоRU2026

В профессиональном шоке будущих психологов роль эмпатии

EMPATIYANING O’RNI · Z. T. Nishanova · D. Alieva

Центральноазиатский исследовательский журнал междисциплинарных исследований · 2026

Аннотация

The article reveals the scientific and theoretical data and views developed by modern researchers, as well as the psychological aspects of the manifestation of empathy in a person, especially in future psychologists. Keywords: empathy, cognitive, educational, affective, emotional. Jahonda turli mamlakatlar ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasining rivojlanishida sezilarli farqlar mavjud. Ba’zilarida bu mutaxassislik allaqachon shakllantirilgan va uzoq tarixga ega. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda maktabgacha ta’lim va maktab ta’limida psixologik xizmatni rivojlantirish kuchli pedogogik-psixologik strategiyaga asoslangan. Ushbu strategiya asosida “Xalqaro maktab psixologlari assotsiatsiyasi talablariga muvofiq maktab psixologik xizmatini tashkil etish va rivojlantirishning ilg’or prinsiplari muntazam ravishda tuzatishga moyildir”, deb qayd qilingan. Xalqaro maktab psixologlari assotsiatsiyasi tomonidan muhokama qilinayotgan turli uslublar va yo’nalishlarini davrga moslashtirish ahamiyatli bo’lib, maktab psixologi faoliyatining bugungi kundagi zamonaviy qiyofasini belgilab beradi. Jahon miqyosida ta’lim tizimida psixologik xizmat sohasidagi tadqiqotlarning alohida yo’nalishi ta’lim sub’ektlari (o’quvchi-o’quvchi, o’quvchi-o’qituvchi) o’rtasidagi shaxslararo nizolarni samarali bartaraf etish va ularning salbiy oqibatlarini Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 714 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятлари” kamaytirish hamda o’quvchilar shaxsining ijobiy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, ularni nizoli vaziyatlar sharoitida konstruktiv xatti-harakatlarni amalga oshirishga tayyorlashda ta’limni uslubiy tashkil etish, sog’lom fikr yuritishga o’rgatish, bilish madaniyatini, axloqiy tasavvurlarni shakllantirish muammolari bo’yicha izlanishlar olib borilmoqda. Mazkur yo’nalishda maktab psixologi faoliyatini rivojlantirishning ustuvor usullarini psixologik mexanizmlarini ishlab chiqish va takomillashtirishga e’tibor qaratish muhimdir. Mustaqillik yillari mamlakatimizda ham maktabda psixologik xizmatni uslubiy tashkil etish va rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish masalasiga alohida e’tibor berib kelinmoqda. 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida “Yangi ish o’rinlarini yaratish, uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish” muhim vazifa qilib belgilangan. Ta’lim tizimida maktab psixologi faoliyatining asosiy mazmuni ta’lim sub’ekti bo’lgan o’quvchilarning har tomonlama kamolotini ta’minlovchi psixologik ta’sir vositalari, zarur shart-sharoitlar va muhit yaratishdan, mijozga, o’quvchiga nisbatan empatiya va hayrixoxlik namoyon qilishdan iborat. "Psixolog" kasbi shaxsga alohida talablar qo'yadi: mijozning hissiy holatini tushunish, mijoz bilan munosabatlarda samimiy bo'la olish, hozirgi paytda boshdan kechirgan hissiyotlarni aks ettirish va yetkazish. Empatiya kabi ruhiy haqiqatni amaliy o'zlashtirmasdan, kasbiy faoliyatda samaradorlikka erishish mumkin emas. Empatiya muammolariga yondashishda o'nlab ta'riflar ko'p, empatik jarayon modellari, bosqichlari, darajalari, mexanizmlari taxmin qilinadi. "Empatiya" atamasining noaniqligi ba'zan tadqiqotchilarni o'zlarining fikriga ko'ra "identifikatsiya qilish", "hamdardlik" kabi tushunchalarni yanada aniqroq ishlatishga majbur qiladi. Empatiya (yunoncha empatheia - hamdardlik) - bu boshqa odamning hissiy holatini tushunishni, unga o'xshash tuyg'uni beixtiyor tekshirishni, u uchun tajribani anglatadigan zamonaviy psixologiyaning kategoriyasi. Empatiyani o'rganish muammosi psixologiya uchun doimo dolzarbdir. Psixologiya yo’nalishi talabasining kasbiy rivojlanishida empatiyani o'rganish va rivojlantirish muammosi ayniqsa muhimdir. Suhbatdoshga nisbatan hamdardlik ko'rsatish bu vaziyatga uning nuqtai nazaridan qarash, shunga o'xshash his-tuyg'ularni boshdan kechirish, uning hozirgi emotsional holatini tushunish va qabul qilishni anglatadi. Hamdardlik holatida bo'lish, boshqaning ichki dunyosini hissiy va semantik soyalarni saqlab qolish bilan aniq idrok etishni anglatadi, bu esa professional psixologik faoliyatda samaradorlikka erishishga imkon beradi. Материалы международной конференции. Халқаро анжуман тўплами. 715 Ташкент. 24 ноября 2021г Тошкент 24 ноябрь 2021й. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) «Психологические особенности развития современной “Жамиятнинг барқарор ижтимоий-иқтисодий личности в годы устойчивого социально- ривожланиш йилларида замонавий шахс экономического развития общества» ривожланишининг психологик хусусиятла

Доказательный фрагмент

«The article reveals the scientific and theoretical data and views developed by modern researchers, as well as the psychological aspects of the manifestation of empathy in a person, especially in future psychologists.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article reveals the scientific and theoretical data and views developed by modern researchers, as well as the psychological aspects of the manifestation of empathy in a person, especially in future psychologists. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
empathy, cognitive, educational, affective, emotional, эмоциональное, когнитивное, эмпатия, воспитательное, аффективное
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[1]СоциологияENРецензированоОткрытый доступ
GIYOHVANDLIKKA QARSHI KURASH: DAVR TALABI

Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025

3