Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TERAPEVTIK STOMATALOGIYADA BEMORLARNI QO'SHIMCHA TEKSHIRISH USULLARI (PARAKLINIK USUL)
TERAPEVTIK STOMATALOGIYADA BEMORLARNI · Axmedova Malika Qilichovna · Neymatov Dilshodbek Behzodovich · DENTISTRY (PARACLINICAL METHOD).
Современная наука и исследования · 7 · 2026
Аннотация
In therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis. It is important to prevent this and correctly diagnose patients and develop a treatment plan. This requires the full and sequential implementation of patient examination methods. Keywords: Patient, examination methods, inflammation, X-ray, thermodiagnostics, tests, oral cavity, treatment, pain, pulp, hygienic index. МЕТОДЫ ДОПОЛНИТЕЛЬНОГО ОБСЛЕДОВАНИЯ БОЛЬНЫХ В ТЕРАПЕВТИЧЕСКОЙ СТОМАТОЛОГИИ (ПАРАКЛИНИЧЕСКИЙ МЕТОД). Аннотация. В терапевтической стоматологии у пациентов возникает ряд ятрогенных заболеваний вследствие неправильного обследования и диагностики. Важно предотвратить это, правильно диагностировать пациентов и разработать план лечения. Для этого необходимы полные и последовательные процедуры обследования пациентов. Ключевые слова: Пациент, методы обследования, воспаление, рентгенография, термодиагностика, тесты, полость рта, лечение, боль, пульпа, гигиенический индекс. 268 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Harorat tashxisi (Termodiagnostika) – Terapevtik stomatologiyada keng qo’llaniladigan usullardan biri, harorat ta’sirlovchilariga nisbatan tish reaksiyasini aniqlash, tish pulpasi holatini aniqlash uchun qo’llaniluvchi eng qadimgi fizik tekshirish usullaridan biri hisoblanadi. Tishlar issiq va sovuqqa ta’sirchanlikka ega. Adekvat reaksiya- isitish va sovutish munosib sezgi chaqirishi pulpani normal holatidan darak beradi. Yallig’lanish jarayonida indifferent zona torayishi va tana haroratidan uncha sezilarli farq qilmagan ta’sir (5-7°) natijasida davomli intensiv yoki og’riq yuzaga keladi.Ta’sirlovchi sifatida sovuq suv, quruq muz yoki dixloroftormetan, efir (sovuq ta’sirlovchilar), issiq suv yoki qizdirilgan gutta-percha (issiq ta’sirlovchilar) ishlatiladi. Ta’sirlovchi tishning pulpaga yaqin(bo’yin qismiga yaqin) sohasiga ta’sir etiladi. Odatda pulpaning issiqlikka ta’sirlanish bo’sag’asi juda yuqori, shuning uchun bu usul noaniq. Termometriya natijasiga dentinni qalinligi, mavjud o’rinbosar dentin va organizm individual sezgirligi ta’sir qiladi. Tish pulpasi nekrozga uchragan bo’lsa, termik ta’sirlovchilarga javob bermaydi, ko’p davom etuvchi og’rik pulpitdan, tez utuvchi og’rik kariesdan dalolat beradi. Kurak tishlarning indifferent sohasidagi 30° temperaturada sog’lom tishda reaksiya yo’q (50-52° issiqqa sezgir, 17-22°sovuqqa). Elektroodonto diagnostika (EOD) -tish pulpasi va uni o’rab turuvchi to’qimalar holati haqida to’liq ma’lumot beradi. Pulpa normal va patologik holatdagi elektr sezuvchanligi aniqlangan. Sog’lom tishlar 2-6 mkA tok kuchi sezuvchanligiga ega. Elektr qo’zg’aluvchanligining 20-40 mkA gacha pasayishi pulpada patologik jarayon borligini bildiradi. 60mkA gacha pasayishi toj pulpasi nekrozlanganini ko’rsatadi. Agar ildiz pulpasi ham nekrozlansa, u holda tish 100 mkA va undan yuqori tok kuchini sezadi. Periodontdagi yaqqol morfologik o’zgarishlarda tish 200mkA dan yuqori bo’lgan tok kuchini sezadi. Lyuminnessent tashxislash usuli to’qima va hujayralarning ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida o’z tabiiy rangini o’zgartirishiga asoslangan. Uni plomba qirrasining o’tkazuvchanligini aniqlashda, boshlang’ich karies, til va og’iz bo’shlig’i shilliq qavati kasalliklarini aniqlashda qo’llash mumkin. Rentgen tekshiruv usuli – juda keng tarqalgan, ba’zida tashxis qo’yish uchun to’liq kafolat beradigan tekshiruv usuli hisoblanadi. Har kunlik stomatologiya amaliyotida kasallik tashxisi va davolash effektivligini baholash uchun qo’llaniluvchi yetakchi usul. Dinamikada bajarilgan rentgenogramma yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarni o’z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Rentgenologik tekshiruv usullari quyidagilarga bo’linadi: ✓ Og’iz ichi va og’iz tashqarisi rentgenografiyasi; ✓ Rentgenografiya; ✓ Stereorentgenografiya; ✓ Tomografiya; 269 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 ✓ Panoram rentgenografiya; ✓ Ortopantomografiya; ✓ Radioviziografiya; ✓ Kompyuter tomografiyasi. Rentgenografiya tishlar va yuz-jag’ sohasi suyaklar rentgenologik tekshiruvlarida keng qo’llaniladi. Ko’proq og’iz ichi rentgenografiyasi va ortopantomografiya qo’llaniladi. Profilometriya. Profilometriya tekshirishning yangi usuli bo‘lib oddiy uzunligi 1 mikromertdan kam bo‘lmagan infraqizil lazerni qo‘llashga asoslangan. Tekshiriladigan tish lazer nurlari yordamida qizdiriladi va natijada tishning o‘zi infraqizil diapazonida nur tarqata boshlaydi. Bu nurlardan tibbiyot xodimi kompyuter yordamida tishning ichki strukturasini tahlil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Og’iz ichi rentgenogrammasini tahlil qilish usuli: ✓ Rentgenogramma sifatini baholash: kontrastliligi, ravshanligi, proeksion xatolik (tish uzayganligi, qisqarganligi) tekshirish sohasini to’liq qamrab olganligi; ✓ Tekshirish hajmini aniqlash: jag’, tishlar guruhi; ✓ Tishlar tahlili: Toj holati-mavjud karioz kovak, plomba, plomba nuqsoni, karioz bo’shliq tubi va tish bo’shlig’i aloqasi; ✓ Tish bo’shlig’i t
Доказательный фрагмент
«In therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn therapeutic dentistry, a number of iatrogenic diseases occur in patients due to improper examination and diagnosis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Patient, examination methods, inflammation, X-ray, thermodiagnostics, tests, rentgen, og’iz bo’shlig’i, Bemor, davolash, pulpa, gigiyenik indeks., og’riq, yallig’lanish, sinamalar, tekshirish usullari, termodiagnostika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026