Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
TISHLI LEMEXLI EGATSIZ TEKIS SHUDGORLAYDIGAN PLUG
Qarshi sh. (“TIQXMMI” MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.)
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024
Аннотация
This article presents the soil and climatic conditions of the Kashkadarya region, the directions of development of soil cultivation, the analysis of toothed ploughshares, their advantages over mass-produced standard ploughshares, the technology of furrow-free smooth plowing for growing repeated and intermediate crops, as well as the design scheme and the process of operation of the plough. 92 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 Key words: repeated cropping, intercropping, non-furrow smooth plowing, plow, technology, design, tined ploughshare, harrow, open furrows, seedbed, soil hardness, soil density, energy, soil fraction, resistance to traction. Jahonda qishloq xо‘jalik ekinlarini yetishtirish, ulardan yuqori hosil olish uchun tuproq unumdorligini saqlagan holda energiya-resurstejamkor va ish unumi yuqori bо‘lgan tuproqqa ishlov berish mashinalarini ishlab chiqish va qо‘llash yetakchi о‘rinni egallaydi. Mamlakatimizning turli tuproq va iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, tuproq unumdorligini saqlaydigan va oshiradigan, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bо‘lgan talabini ta’minlaydigan qishloq xо‘jalik ekinlar turini tо‘g‘ri tanlagan holda yerlardan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Tuproqqa mavridli va tо‘g‘ri ishlov berish orqali yerdan ikki-uch marta hosil olish, ya’ni takroriy ekinlar - dukkakli don, sabzavot va oziqabop ekinlar hamda hosildan bо‘shagan maydonlarga sovuqqa chidamli tо‘qsonbosti ekinlar - piyoz, sarimsoqpiyoz, kо‘kat, kashnich, petrushka, salat rediska, karam ekinlarini yetishtirish mumkin. Tuproqqa asosiy ishlov berish - eng kо‘p energiya talab qiladigan jarayon bо‘lib, u dehqonchilikda umumiy energiya hajmining 40-50% ini tashkil qiladi [1]. О‘tkazilgan tadqiqotlarga kо‘ra [2], ag‘dargichli korpuslar bilan shudgorlashda tuproq palaxsasini lemex orqali qirqishda 10-18%, palaxsani ag‘dargichga uzatishda 20-30%, palaxsani ag‘dargichda aylanishiga 30%, dala taxtasini ishqalanishida 10- 15% energiya sarf qilinadi. Shudgorlashda asosiy qarshilikning 70% plug korpusining lemexi va ag‘dargichiga tо‘g‘ri keladi. Shunday bо‘lsada, pluglar uzoq yillar davomida tuproqqa asosiy ishlov berish uchun eng kо‘p tarqalgan mehnat quroli ekanligini va bundan keyin ham asosiy texnik vosita sifatida saqlanib qolishini kо‘rsatmoqda. Takroriy va tо‘qsonbosti ekinlar yetishtirish uchun tuproqni ekishga tayyorlashda tekis shudgorlash texnologiyalari va texnik vositalaridan foydalanish tuproqni ekishga tayyorlash muddatini kamaytiradi. Chunki ushbu shudgorlash texnologiyalarida bir о‘tishda - shudgorlash, boronalash, molalash va tekislash kabi agrotexnika tadbirlar bir vaqtda bajariladi. Tekis shudgorlaydigan pluglarni tuproq palaxsasini ag‘darish usuliga kо‘ra ikkita asosiy guruhga ajratish mumkin: - tuproq palaxsasini yon tomonga siljitib ochiq egatga ag‘darish texnologiyasi (an’anaviy) asosida tekis shudgorlaydigan pluglar (aylanma pluglar, burilma pluglar); - tuproq palaxsasini о‘z egati chegarasida 1800 ga aylantirib ag‘darish texnologiyasi asosida egatsiz tekis shudgorlaydigan pluglar (frontal pluglar) [3]. 93 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 An’anaviy, ya’ni tuproq palaxsasini yon tomonga siljitib ochiq egatga ag‘darish texnologiyasi asosida shudgorlaydigan aylanma pluglar Amerika Qо‘shma Shtatlari, Yevropa mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasida keng qо‘llaniladi. Hozirgi kunda О‘zbekistonda ham “Case” va “Massey Ferguson” firmalarining 3, 4, 5 va 6 korpusli aylanma pluglari keng qо‘llanilmoqda. G‘arbiy Yevropada aylanma pluglar soni umumiy pluglar sonining 70% ni tashkil qiladi [4, 5, 6, 7]. Ma’lumki, an’anaviy texnologiyaga asoslangan tekis shudgorlash texnologik jarayonining mohiyati shundan iboratki, unda tuproq palaxsasi qо‘shni jо‘yak tomon siljitilib ochiq egatga ag‘dariladi. Tuproq palaxsasini yon tomonga siljitish qо‘shimcha energiya sarfiga olib keladi. Tuproq palaxsasini qо‘shni jо‘yak tomon siljitib ag‘darish hamma vaqt bir yо‘nalishda kechadi. Shuning uchun shudgorlash agregati dala yuzasida mokisimon usulda harakatlanadi. Harakatlanishning shunday usuli tufayligina shudgor yuzasida egat va marzalar hosil bо‘lishini oldi olinadi. Egatsiz tekis shudgorlash texnologiyasi qо‘llanilganda esa dala yuzasidagi marza va egatlar hosil bо‘lmaydi, dala yuzasi tekisligi saqlanib qolinadi, yerni ekishga tayyorlash uchun qо‘shimcha ishlar bajarilmaydi, keyingi texnologik jarayon uchun qulay sharoit yaratiladi, mehnat unumdorligi oshadi, ikkinchi ekinni ekishgacha bо‘lgan vaqt ancha qisqaradi, energiya va resurslar tejaladi, ildiz ozuqa oladigan tuproq qatlamida namni yig‘ilishi yaxshilanadi, tuproq suv va shamol eroziyasidan himoya qilinadi, hosildorlik 3-7%ga oshadi, tuproqqa asosiy va ekish oldidan ishlov berish davomidagi tekislash jarayonlari bо‘yicha bajariladigan ishlar 30% ga kamayadi, shudgorlash bilan bir vaqtda ekish ishlarini ham bajarish mumkin, yerdan ikki marta h
Доказательный фрагмент
«This article presents the soil and climatic conditions of the Kashkadarya region, the directions of development of soil cultivation, the analysis of toothed ploughshares, their advantages over mass-produced standard p…»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article presents the soil and climatic conditions of the Kashkadarya region, the directions of development of soil cultivation, the analysis of toothed ploughshares, their advantages over mass-produced standard p… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- repeated cropping, intercropping, non-furrow smooth plowing, takroriy ekinlar, tо‘qsonbosti ekinlar
Смежные источники
Магистерские диссертацииРахмонов Сардорбек Рахимжон ўғли2016
in LibraryЭКАНОМИКА И ОРГАНИЗАЦИЯ СТРОИТЕЛЬСТВО, QURILISHDA TAVAKKALCHILIKNI BOSHQARISHNING BIZNESDAGI AHAMIYATI2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021