К содержанию
РецензированоUZ2024

INKLYUZIV TA’LIM SHAROITIDA ALOHIDA YORDAMGA MUHTOJ BOLALARNING MULOQOT KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH

BOLALARNING MULOQOT · KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISH · Ismatillayeva Latofat Anvar qizi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

This article examines the issues of developing communication competence in children with special needs in the context of inclusive education. Communication competence is crucial for children's social integration and academic success, and its development requires individual approaches and innovative methods. The study analyzes the importance of multimodal approaches, differential methods, and collaborative learning for children with special needs. Keywords: Inclusive education, children with special needs, communication competence, differential approach, multimodal communication, Аннотация: В данной статье рассматриваются проблемы развития коммуникативной компетенции у детей с особыми потребностями в условиях инклюзивного образования. Коммуникативная компетенция имеет важное значение для социальной интеграции и академической успешности детей, а её формирование требует индивидуальных подходов и инновационных методов. В исследовании анализируется значение мультимодальных подходов, дифференцированных методов и совместного обучения для детей с особыми потребностями. Ключевые слова: Инклюзивное образование, дети с особыми потребностями, коммуникативная компетенция, дифференцированный подход, мультимодальная коммуникация, 64 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 Inklyuziv ta’lim alohida yordamga muhtoj bolalarning umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shilishi va ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlash uchun zarur shart-sharoit yaratadi. Ushbu jarayonda muloqat kompetensiyasi bolalarning jamiyat bilan o‘zaro aloqasi va ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatiga bevosita ta’sir qiladi. Alohida yordamga muhtoj bolalarda muloqat qobiliyatlarini rivojlantirish maxsus metodlar va vositalar orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunda inklyuziv ta’lim tizimi alohida yordamga muhtoj bolalarni ta’lim jarayoniga jalb qilish orqali ularning ijtimoiy moslashuvini ta’minlashni maqsad qiladi. Ushbu jarayonda muloqat kompetensiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Muloqat kompetensiyasi – bu bolaning turli ijtimoiy vaziyatlarda til va nonverbal vositalar yordamida samarali muloqat qilish qobiliyatidir. Mazkur ko‘nikma bolalarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini, ta’lim jarayonidagi muvaffaqiyatini va mustaqilligini ta’minlashda muhimdir. Muloqat kompetensiyasini rivojlantirish uchun alohida yordamga muhtoj bolalarga individual va differensial yondashuv talab etiladi. Masalan, eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun audiovizual vositalar, ko‘rishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun esa taktil materiallardan foydalanish zarur. Shuningdek, multimodal texnologiyalar (masalan, maxsus dasturlar va muloqat qurilmalari) yordamida bolalarning muloqat imkoniyatlarini kengaytirish mumkin. Shuningdek, o‘yin texnologiyalari muloqat kompetensiyasini rivojlantirishda samarali usul hisoblanadi. Bolalar o‘yin orqali ijtimoiy vaziyatlarni o‘rganadilar, til ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar va o‘zaro hamkorlikni rivojlantiradilar. Hamkorlikda ta’lim esa sog‘lom bolalar bilan birgalikda o‘qitish orqali ijtimoiy integratsiyani kuchaytiradi. Bu nafaqat muloqatni, balki empatiya va o‘zaro hurmatni ham rivojlantiradi. Inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qituvchilar va ota-onalar o‘zaro hamkorlikda ishlashi zarur. O‘qituvchilar bolalarning ehtiyojlarini tushunib, ularga mos yondashuvlarni qo‘llashi kerak. Ota-onalar esa uy sharoitida bolalarni muloqatga rag‘batlantirishi lozim. To‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim jarayoni muloqat kompetensiyasini shakllantirish orqali bolalarning ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli qo‘shilishiga yordam beradi. Muloqat kompetensiyasi bolalarning til, nonverbal aloqalar va ijtimoiy hamkorlik ko‘nikmalarini o‘z ichiga oladi. Bu kompetensiyalar o‘quvchilarni o‘z fikrini aniq ifodalash, ijtimoiy muhitda faol bo‘lish va akademik yutuqlarni qo‘lga kiritishga undaydi. Inklyuziv ta’limda bunday kompetensiyalarni rivojlantirishga individual va differensial yondashuv talab etiladi. Har bir bolaning ehtiyojlarini inobatga olib, individual ta’lim dasturlari asosida ish olib boriladi. Bu o‘quv jarayonini osonlashtiradi va bolalarda muloqat qobiliyatini oshiradi. Til va nonverbal vositalarni birgalikda qo‘llash orqali bolalarning muloqat imkoniyatlari kengayadi. Maxsus texnologiyalar, jumladan, kompyuter dasturlari va 65 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 moslashtirilgan muloqat vositalari bu jarayonda asosiy o‘rinni egallaydi. Interaktiv o‘yinlar va guruh faoliyatlari orqali bolalarning ijtimoiy va til ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Alohida yordamga muhtoj bolalarni umumiy sinflarga jalb etish orqali ularning ijtimoiy aloqalari kengayadi. Bunda o‘qituvchi va sog‘lom o‘quvchilar bilan hamkorlikda ishlash bolalar uchun motivatsiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchilar ta’lim jarayonida qo‘llab-quvvatlash muhitini yaratishi, ota-onalar esa bolalarni uy sharoitida rivojlantirishga ko‘maklashishi lozim. Ularning birgalikdagi harakatlari orqali b

Доказательный фрагмент

«This article examines the issues of developing communication competence in children with special needs in the context of inclusive education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the issues of developing communication competence in children with special needs in the context of inclusive education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Inclusive education, children with special needs, communication, multimodal muloqot, Inklyuziv ta’lim, differensial yondashuv, alohida yordamga muhtoj bolalar, muloqat kompetensiyasi, hamkorlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники