К содержанию
РецензированоRU2024

DUDUQLANISH TARIXI, ETIOLOGIYASI VA TURLARI VA BARTARAF ETISH METODIKASI.

BARTARAF ETISH METODIKASI. · Djurayeva Sohiba Barat qizi · Fayzullayeva Sitora Toshpo’lat qizi · Narzullayeva Zilola Ibrohim qizi

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

В этой статье освещаются история заикания, научные исследования о пороке, характер заикания, его симптомы, причины его возникновения. Ключевые слова: Дыхание, торможение, индивидуальные особенности, клонический, тонический, смешанный экспериментатор, инсператор, эмоция, фобия, привлечение внимания к заболеванию и самооценка. Annotation: This article covers the history of stammering, scientific research on the defect, the nature of stammering, its symptoms, and the reasons for its occurrence. Keywords: Dulling, braking, individual characteristics, clonic, tonic, mixed tester, tester, emotion, phobia, focus on the disease and self-esteem. Duduqlanish nuqsonini nutq buzilishlari haqidagi ta’limotning rivojlanishi tarixida eng qadimiylaridan biri deb hisoblashimiz mumkin. Uning mohiyatini turlicha talqin qilish fanning rivojlanishi va mualliflarning bunday nutq buzilishlariga qanday nuqtayi nazardan yondashganliklari va yondashayotganligi darajasi bilan bog‘liqdir. Qadimgi davrlarda duduqlanishni ko‘proq bosh miyada namlikning to'planib qolishi (Gippokrat) yoki artikulatsion apparat qismlarining o‘zaro noto‘g‘ri munosabati (Aristolel) bilan bog‘liq holdagi kasallik deb qarashgan. Duduqlanish paytida nutq apparatining markaziy yoki periferik bo‘limlarida buzilish 53 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 boiishi mumkinligini Galen, Sels va Ibn Sino kabi olimlarimiz ta’kidlab o’tishgan. Boshqa izlanuvchilar duduqlanishni nutq a’zolari harakatlarining buzilishi: ovoz kovagining g‘ayriixtiyoriy yopilishi (Arnot, Shultess); haddan tashqari tez nafas chiqarish (Bekkeral); muskullarning tilni og‘iz bo‘shlig‘ida ushlab qoladigan darajada spazmatik qisqarishi (Itar, Li, Diffenbax); tafakkur va nutq jarayonining nomuvofiqligi (Blyume); kishi irodasining nutq harakati mexanizmi muskullari kuchiga ta’sir etadigan darajada mukammal emasligi (Merkel) va boshqalar bilan bog'laydilar. Shunday qilib, XIX asr oxiri XX asr boshlarida duduqlanish — bu murakkab psixofizik buzilishdir, degan fikrga kelina boshlandi. R.Ye. Levina duduqlanishni nutqning notekis rivojlanishi deb qarar ekan, uning mohiyatini ko‘proq nutqning kommunikativ funksiyalarining o‘ta buzilishida ko‘radi. Korreksion pedagogika ilmiy-tekshirish instituti logopediya sektori xodimlari bola nutqining umumiy rivojlanishini, uning fonetik va leksik-grammatik rivojlanish holatini, faol va sust nutq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni, duduqlanishning kuchayishi yoki bo‘shashuvini aks ettiruvchi shart-sharoitni o‘rganib chiqib, R.M. Boskis, Ye. Pishon, B. Mezoni va boshqalarning kuzatishlarini tasdiqlaydilar. Nutqiy qiyinchiliklar R.Ye. Levina fikriga ko‘ra, turli shart-sharoitlar: bir tomondan, nerv sistemasi tipiga, boshqa tomondan — gaplashish, so‘zlashish muhiti, umumiy va nutqiy tartiblarga bogliq deya ta’riflaydi. Duduqlanishning dastlabki ko‘rinishlari so‘z, grammatik shakl, nutq almashinuvini qidirishdagi affektiv zo‘riqish bilan xarakterlanadi. Demakki,duduqlanish ustida qadimdan buyon izlanishlar va tadqiqotlar o’tkazilib,uning simptomatikasi va kelib chiqish sabablari aniqlanib kelinmoqda. Duduqlanish — bu nutq apparati muskullarining tortishish natijasida nutqning sur’at-ohangining buzilishidir. Hozirgi vaqtda duduqlanish sabablarini ikki guruhga: moyillik sababi va keltirib chiqaruvchi sababga ajratish mumkin. Bunda ayrim etiologik omillar duduqlanishni rivojlantirishi va uni keltirib chiqarishi ham mumkin. ota-onalarning nevropatik kasallanishi (markaziy nerv sistemasining - faoliyatini bo‘shashtiruvchi yoki izdan chiqaruvchi nerv kasalliklari, yuqumli va jismoniy kasalliklar); duduqlanuvchining o‘zidagi nevropatik xususiyatlar (tungi qo'rquv, enurez, - kuchli qo‘zg‘aluvchanlik, his-hayajonli zo'riqish); konstitutsional moyillik (vegetativ nerv sistemasining kasallanishi va oliy nerv - faoliyatining juda ham nozikligi, uning ruhiy shikastlanishga alohida duchor bo‘lishi); 54 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 nasliy buzilish (duduqlanish nutq apparatining tug‘ma zaifligi asosida - rivojlanadi, u avloddan-avlodga retsessiv alomat tarzida o‘tib borishi mumkin). Agar tashqi muhit duduqlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatsa, ekzogen omillarning ta’sirini e’tiborga olish lozim; bosh miyaning turli davrlardagi rivojlanishida, ko‘plab salbiy omillar ta’sirida - shikastlanishi: ona qornidagi va tug‘ma jarohatlanish, asfiksiya; postnatal — yuqumli kasalliklar, turli xil bolalar kasalliklaridagi jarohatli va trofik-almashinuv buzilishlar. Ushbu yuqorida aytib o’tilgan sabablar jismoniy va ruhiy sohalarda turli xil patologik o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Nutq rivojlanishining kechikishiga, nutqning zaiflashuviga olib keladi va duduqlanishning rivojlanishiga imkon beradi. Nomuvofiq shartlarga quyidagilar kiradi: Bolalarning jismoniy zaifligi; Miya faoliyatining yoshga bog‘liq xususiyatlari bosh miya katta yarimshari asosan bolaning besh yoshga yetganida sh

Доказательный фрагмент

«В этой статье освещаются история заикания, научные исследования о пороке, характер заикания, его симптомы, причины его возникновения.»

Образец извлечения

Демо-превью

В этой статье освещаются история заикания, научные исследования о пороке, характер заикания, его симптомы, причины его возникновения. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Dulling, braking, individual characteristics, clonic, tonic, mixed tester, individual xususiyatlar, Duduqlanish, tonik, his-hayajon, tormozlanish, fobiya, klonik, kasallikka diqqatni jalb qilish va o’z-o’ziga baho berish., insperator, aralash eksperator
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники