К содержанию
РецензированоUZ2024

TAFAKKUR

f-guruh Joʻrayev Xislatbek

Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024

Аннотация

Bu maqolada yoshlar hayotida tafakkur madaniyatini yuksaltirish va tafakkur turlari, sifatlari , xususiyatlari haqida keng yoritilib berilgan. Kalit so’zlar: tafakkur, analiz, sintez, Abstraksiya, tafakkurning ixchamligi va tezligi, determinizm. Annotation: In this article, this article is widely covered in the youth of thinking culture and the types, qualities, features of thinking. Keywords: thinking, analysis, synthesis, abctraction, compactness and speed of thinking, determinism. Абстракт: В данной статье подробно описано повышение культуры мышления в жизни молодежи, виды, качества и особенности мышления. Ключевые слова: мышление, анализ, синтез, абстраксия, компактность и скорость мышление, детерминизм. KIRISH. Kishining butun hayoti uning oldiga hamisha jiddiy va kechiktirib bo’lmaydigan vazifalar va muammolarni qo’yadi. Bunday muammolarning, qiyinchiliklarning tasodiflarning yuzaga kelishi atrofimizdagi voqelikda hali juda ko’p noma’lum, tushunib bo’lmaydigan kutilmagan, yashirin narsalar borligidan borligidan dalolat beradi. Tafakkur shuning uchun ham zarurki, hayot va faoliyat davomida har bir individ narsalarning qandaydir yangi, ilgari ms’lum bo’lmagan xususiyatlariga duch keladi. tafakkur tushunchasining metodologik asoslarini unga tegishli bo'lgan bir nechta izoh yoki xulosalar orqali to'liq aniqlab yoki ifodalab bo'lmaydi. Shuning uchun uning keng qamrovli va murakkab sturukturaga, obyektiv va subyektiv xarakterga ega ekanligini inobatga olish lozim. Ilmiy-pedagogik izlanishlarimiz tafakkurning quyidagi jihatlar bilan uzviy aloqadorlikda va dialektik birlikda ekanligini ko'rsatmoqda: - tafakkur, bu mustaqil, mantiqiy xatosiz fikrlash va fikr yuritish, turli fikrlardagi kuchli hamda zaif tamonlarni ko'ra olish, ularni to'g'ri baholay olish qobilyatlarini o'zida mujassam etadi; 47 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 - tafakkur - voqealarni, fikrlar, dalillar, munosabatlar to'g'riligini baholash, ongli tanlov qilish, bahslashish uchun tegishli savollarni shakllantirish, dalillar va fikrlarni farqlay olish qobilyatiga asoslangan holda fikr yuritish orqali yangi yechimlar, tahlil qilish mezonlarini topish, taxminlarni tasdiqlovchi dalillarni aniqlash, ular orasida mantiqiy aloqalarni o'rnatish faoliyatini nazarda tutadi; - tafakkur - oqilona, refleksiv fikrlash bo'lib, nimaga ishonish yoki qanday harakatlarni amalga oshirish lozimligini ruyobga chiqaruvchi omil; - tafakkur - shaxs tamonidan ifoda etilgan fikrlari yoki uning xulq-atvori va u haqidagi umumqabul qilingan me'yorlar hamda o'z g'oyalari, ta'savvurlari orasidagi nomutanosibliklarini ko'ra bilish qobilyati, nazariyadagi haqiqat yoki yolg'onligini anglash, ba'zi fikrlarni rad etish uchun tahlil qilish, isbotlash orqali ularga javob berish hamda yo'naltira olish qobilyati; - tafakkur - bu mahoratdir; TAFAKKUR MOHIYATI. Tafakkur hamisha hali bilib olinmagan yangilikning ana shunday cheksiz chuqur jihatlariga qaratilgan bo’ladi. Har biro dam tafakkur qilar ekan Buning bilan shu paytgacha qanndaydir yangilikni, no’malum narsani mustaqi ravishda qayd qiladi. Tafakkur jiddiy ravishda yangilik qidirish va ochishga ijtimoiy jihatdan bog’liq, aloqador psixik jarayondir. Tafakkur amaliy faoliyat asosida hissiy bilimlardan paydo bo’ladi va hissiy bilim chegarasidan ancha tashqariga chiqib ketadi. Tafakkur so’zi arabcha “fikr” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, o’ylash, muhokama, mushohada va fikr yuritish ma’nolarini bildiradi. Inson borki u fikr yuritish qobiliyatiga ega. Bilish faoliyati sezish va idrok qilishdan foydalanadi va keyin tafakkurga o’tib ketishi mumkin. Biroq istagan tafakkur hatto eng rivojlangan tafakkur ham Hamisha hissiy bilim bilan, ya’ni, sezgi idrok va tafovutlar bilan bog’langan bo’ladi. Tafakkur faoliyati o’zining butun materializing faqat bitta manbadan, ya’ni hissiy bilishdan oladi. Tafakkur sezgilar va idrok qilish jarayonlari orqali tashqi olam bilan bevosita bog’lanadi hamda shu tariqa olamni aks ettiradi. Bu aks ettirishning to’g’riligi amaliy faoliyat orqali tabiat va jamiyatni o’zgartirish jarayonida uzliksiz tekshirilib turadi. Tafakkur sezgi idrok va tasavvurlarning bilish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni davom ettiradi va rivojlantiradi hamda ularning chegaralaridan tashqariga chiqib ketadi. TAFAKKURNING XUSUSIYATLARI. Tafakkurnig til bilan uzviy, chambarchas bog’liqligi inson tafakkurining ijtimoiy, tarixiy mohiyatinin ochiq oydin namoyon qilib beradi. Bilim insoniyat tarixi davomida egallangan barcha 48 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-11 bilimlarning izchilligini zarur tarzda taqozo qiladi. Bilimlarning bu tarixiy vorisligi ularni qayd qilish, mustahkamlash va esda saqlashda bir kishidan boshqasiga, avloddan-avlodga o’tkazish yo’li bilan sodir bo’lishi mumkin. Kimning aqliy taraqqiyoti insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida hosil qilgan bilimlarni o’zlashtirish jarayonida muqarrar ravish

Доказательный фрагмент

«Bu maqolada yoshlar hayotida tafakkur madaniyatini yuksaltirish va tafakkur turlari, sifatlari , xususiyatlari haqida keng yoritilib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Bu maqolada yoshlar hayotida tafakkur madaniyatini yuksaltirish va tafakkur turlari, sifatlari , xususiyatlari haqida keng yoritilib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
thinking, analysis, synthesis, abctraction, compactness and speed, tafakkurning ixchamligi va tezligi, analiz, tafakkur, sintez, Abstraksiya, determinizm
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники