Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
QIZILQUM PALEOLIT DAVRI YODGORLKLARI OʻRGANILISH TARIXI.
Lazizjon Pardayev (Samarqand davlat universiteti Arxeologiya kafedrasi magistranti)
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024
Аннотация
This article discusses the discovery of the Kokayoz monument, one of the Paleolithic monuments found in the Kyzylkum region, and the archaeological findings in it. Keywords: Kyzylkum, nucleus, uchirindi, biface, kergich, quartzite, silicon, levallois, Selet culture, Central Europe, A.V. Vinogradov, Yesen 2. 1999-yilning kuzida Oʻzbek-Fransuz geografik-arxeologik xalqaro ekspedisiyasi Markaziy Qizilqumning shimoliy-sharqiy qismidagi Koʻkayoz botigʻida tadqiqot ishlari olib bordi. Ushbu ekspedisiya ishtirokchisi, OʻzR FA Arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi M.M. Xoʻjanazarov tomonidan Koʻkayoz botigʻining shimoliy sohillaridagi uchta punktdan 100 ga yaqin tosh buyumlar yigʻib olingan edi. 1999-yilda topilgan Koʻkayoz 1 yodgorligi shu nomli botiqning shimoliy- gʻarbiy sohilida, Koʻkayoz ovulidan 1,5 chaqirim gʻarbroqda joylashgan. Arxeologik materiallar tekis va botiqqa qarab biroz egilgan yer yuzasidan yigʻib olingan. Qiyalik boʻylab tepaga qarab materiallar kamayib, butunlay yoʻqolib boradi. Topilmajoyning ustki qatlami 50 sm gacha yetadigan qumlar bilan qoplangan. Tepalikning katta qismi jarliklar bilan kesilib, buzilib ketgan. Bu yerdan yigʻib olingan tosh buyumlar orasidan 20 ta artefakt aniqlangan. Ushbu toshlar orasida nukleuslar, uchirindilar, bittadan bargsimon tipdagi bifas va qirgʻich aniqlangan. Ushbu buyumlarni yasashda xom-ashyo sifatida kulrang kvarsit va ba’zan jigarrang kremniydan foydalanilgan. Koʻkayoz 1 toʻplamining nukleuslari 3 dona boʻlib, ular orasida bitta koʻp zarb maydonli, bitta uchirindilar chaqmoqlashga moʻljallangan levallua tipidagi oʻzak va bitta ikki zarb maydonli nukleus aniqlangan. Qolgan buyumlar orasida 15 85 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 ta uchirindi boʻlib, ulardan 7 tasi butun (2 ta yirik, 4 ta oʻrta hajmli va 1 ta mayda uchirindilar), 2 dona levallua tipidagi hamda 6 ta proksimal qismi singan uchirindilardan iborat. Butun uchirindilarning zarb maydonchalari xarakteriga koʻra asosan tekis maydonchali, ammo chiziqsimon va fasetkalashtirilgan tipdagilari ham mavjud. Bundan tashqari, toʻplamning uchirindilari orasida birlamchi hamda yarim birlamchi va kombeva tipidagilari ham aniqlangan. Toʻplam uchirindilari dorsallarining xarakteriga koʻra unipolyar, bipolyar hamda ortogonal yoʻnalishdagilari uchratilgan. Koʻkayoz 1 kompleksining tosh qurollari bittadan bifas hamda qirgʻichlardan iboratligi aniqlangan. Bifasning hajmi 143x39x18 mm boʻlib, kulrang kvarsitdan ishlangan va qoplama yoʻnishlar hamda ikki taraflama retushlar yordamida qirralari ishlov berilgan. Ushbu bifas deyarli oʻzining uzun oʻqi boʻylab singan. F. Bord tipologiyasiga asoslanib, tadqiqotchilar ushbu bifasni bodomsimon shaklli tipga xos, deb topishib, analogiya sifatida Ustyurtning Yesen 2 toʻplamidagi bifaslar bilan taqqoslashgan. Toʻplamdagi ikkinchi tosh qurol yirik uchirindidan ishlangan boʻlib, uning hajmi 109x106x26 mm. Uning zarb maydonchasi tekis va orqa tarafga 125° egilgan. Qirgʻich ham kulrang kvarsitdan ishlangan boʻlib, uning boʻrtib chiqqan chap laterali dastavval yoʻnib yupqalashtirilgan, soʻngra tishsimon retushlar yordamida ishlov berilgan. Ish qirrasining supportiga nisbatan qiyaligi 68° ni tashkil etadi. Qirgʻichning ish yuzasi boʻrtib chiqqan va qirrasi egri-bugri shaklda. 1999-yilda ochilgan ikkinchi punkt - Koʻkayoz 2, botiqning shimoliy sohilida, Koʻkayoz ovulidan 15 km sharqroqda joylashgan. Bu yerdan 67 ta artefakt yigʻib olingan. Ular orasida nukleuslar, plastinalar, uchirindilar, bifaslar, bir dona qayroqtosh hamda tosh boʻlakchalari aniqlangan. Toʻplamda nukleuslar atigi 4 dona va ular orasida koʻp zarb maydonli va gardishsimon oʻzaklar mavjud. Koʻkayoz 2 kompleksida nukleuslarni uzunasiga unipolyar, kamroq bipolyar hamda radial-markazga intiluvchi tarzda chaqmoqlaganlar. Ba’zan radial chaqmoqlash levallua texnikasiga oʻsib oʻtgan. Ammo toʻplamda ortogonal chaqmoqlash texnikasi koʻpchilikni tashkil qiladi. Toʻplamdagi yoʻnilgʻilar dorsallarining xarakteri nukleuslar tiplariga toʻliq mos keladi. Koʻkayozdagi plastinalar fasetkalashtirilgan va ikki qirrali zarb maydonchalarga ega. Ularning dorsallaridagi izlar birida unipolyar, birida esa ortogonal holatda joylashgan. Koʻkayoz 2 kompleksining tosh qurollari ikkita bargsimon bifaslar sinigʻi va bitta qoʻndoqli bifasdan iborat. Ularning barchasi kulrang kvarsitdan yasalgan. 86 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 Chop etilgan materiallarga va rasmlarga koʻra Koʻkayoz 2 bargsimon bifaslari mualliflar tomonidan toʻgʻri aniqlangan, masalan, qoʻndoqli bifaslar haqiqatda paleolit davri uchun xarakterlidir. Koʻkayoz 3 yodgorligi botiqning shimoliy qirgʻogʻida, ikkinchi punktdan 5 km sharqroqda joylashgan. Toʻplamda 15 ta artefakt aniqlangan boʻlib, ulardan bittasigina jigarrang kremniydan, qolganlari kulrang kvarsitdan ishlangan. Bu yerdan yigʻilgan materiallar orasida nukleuslar, plastinalar, uchirindilar hamda
Доказательный фрагмент
«This article discusses the discovery of the Kokayoz monument, one of the Paleolithic monuments found in the Kyzylkum region, and the archaeological findings in it.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the discovery of the Kokayoz monument, one of the Paleolithic monuments found in the Kyzylkum region, and the archaeological findings in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kyzylkum, nucleus, uchirindi, biface, kergich, quartzite, Qizilqum, levallua, nukleus, qirgʻich, kvarsit, kremniy, bifas
Смежные источники
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009