Наука и технология в современном миреМирзаева Ширин Нодировна, Тахиров Чингиз Аъзамович +22026
ILK O’RTA ASRLARDA SUG’DDA XRISTIANLIK
Bozorov Javlon Ochil o’g’li · Kalit soʻzlar: So’g’diyona · Juzjoniy, pravoslav cherkovi
Исследования в области технических наук в Узбекистане · 2024
Аннотация
It is known that the beliefs of our ancestors who lived in ancient Sogdiana were very strong. Therefore, they were never afraid of the entry of believers of foreign religions into the land of Sogdiana. The article provides information about the Christians who, by the will of fate, came to live in Samarkand. Keywords: Sogdiana, Chalcedon, Dzhuzhany, Orthodox Church, Byzantium, Christian, Urgut, Mar Abadan, Abul-Faranj, patriarch, apostle. Rim imperiyasi hududida paydo bo’lgan dunyoviy dinlardan biri- xristianlik o’z shakllanish jarayonida har xil voqyealarni boshidan kechirdi. Boshqa dinlarda bo’lganidek, bu dinning ichida oqimlar paydo bo’ldi, ular o’rtasida ziddiyatlar kuchaydi. Eramizning V asri o’rtalarida xristian dinida paydo bo’lgan oqimlar orasida ziddiyat juda kuchaydi. Xalkedon saborida bo’lib o’tgan janjaldan so’ng, sharqiy Suriya cherkovi (nestorianlik) Konstantinopol pravoslav cherkovidan ajralib ketdi. Shundan so’ng nestorianlarga qarshi ta’qib avj oldi. Nestorianlar o’z jonlarini qutqarish uchun dastlab Eron, so’ngra O’rta Osiyoga qochishga majbur bo’ldi. Nestorianlar Eronda ham quvg’inga uchradilar va O’rta Osiyoga ko’chib ketdilar. Tarixiy manbalarda aytilishicha, So’g’diyonaning poytaxti Samarqandda ilk xristian mitropoliyasi VI asrlarda tashkil bo’lgan va so’g’diylar orasida xristian aqidalarini targ’ib qila boshlagan. Samarqanddagi xristian mitropoliyasining faoliyat ko’rsatishiga hech kim qarshilik qilmadi, aksincha So’g’d va Vizantiya o’rtasidagi savdo aloqalarining rivoji bu yerdagi xristianlar uchun ham qulaylik yaratdi. Shu sababli bo’lsa kerak, Samarqanddan, xristian dinining markazlarida yasalgan ko’plab marosim buyumlari, kulolchilik mahsulotlari, xochlar topilgan. 62 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 Samarqanddan tashqari, uning janubiy tomonidagi Shovdor tog’larining etagida joylashgan Urgut shahri atrofidan ham xristianlarga oid yodgorliklar topilgandir. X asrda So’g’diyonaga tashrif buyurgan arab tarixchisi Ibn Xauqal Urgutda ham bo’ladi va bu yerda yashaydigan xristianlarning hayoti bilan tanishadi. Uning yozishicha, bu yerning obihavosi o’ta muloyim bo’lib, bu yerda yashaydigan xristianlar o’zlariga monastir qurib olganlar, ular hech qanday ozor chekmasdan osoyishta yashaganlar. O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya institutining olimlari Urgutda qadimda yashagan xristianlar tarixini o’rganish maqsadida 1995-1997 yillarda tadqiqot ishlarini olib bordilar. Arxeologlar Urgut shahrining janubiy tomonidagi Gulbog’ darasidan xristianlarga oid muhim yodgorlikni topish muvaffaq bo’ldilar. Bu yerdagi baland qoyatoshga 300 ga yaqin xristian yozuvlari o’tkir tig’ vositasiga yozilgan ekan. Bu noyob yozuvlar bilan tanishgan fransiyalik, germaniyalik va angliyalik olimlar, haqiqatan ham ushbu yozuvlar xristianlar tarixini oydinlashtirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini aytdilar. Shuningdek, Gulbog’ darasidan xristianlar bo’yinlariga taqib yuradigan xochlar, ularning yashagan turar joylarining qoldiqlari ham topildi. Bu ashyoviy dalillar haqiqatan ham qadimda Urgut shahrining janubiy tomonidagi so’lim, xushmanzara daralarda xristianlar yashaganliklarini yaqqol ko’rsatib turibdi. Tarixchi Juzjoniy musulmonlar va xristianlar o’rtasida bo’lib o’tgan yana bir nizoni yozib qoldirgan. Tarixchining yozishicha, Samarqandda yosh xristian yigit o’z ixtiyori bilan musulmonchilikni qabul qilgan. Musulmonlar bu yigitning qilgan ishini ma’qullashib olqishlaganlar. Yigitning otasi musulmonlar o’g’limni to’g’ri yo’ldan ozdirishdi, deb mo’g’ul hukmdoriga arz qilishadilar. Hukmdor xristianlar tarafini oladi va yigitni chaqirib o’z diningga qayt deya majbur qiladi. Islom dinini qabul qilgan yigit o’z so’zida qat’iy turib oladi. So’ngra, hukmdor yigitni qatl qildiradi. Hukmdorning qilgan ishidan norozi bo’lgan musulmonlar uning ustidan Oltin O’rda xoni Berkaga shikoyat qiladilar. O’zi ham musulmon bo’lgan Berka, bu nizoni keltirib chiqargan barcha xristianlarni qirib tashlashga buyruq qiladi. Xristian dini Samarqanddan tashqari Toshkent viloyati, Sirdaryoning qo’yi oqimidagi Sig’noqqa ham yoyilgan. Hozirgi kunda O’rta Osiyoda saqlangan xristian yodgorliklari har tomonlama, keng ko’lamda o’rganilmoqda. Manbalarda 549-yili nasroniy-eftaliylar patriarx Mar Abadan o’zlari uchun yepiskop tayinlashni iltimos qilganliklari to’g’risida ma’lumotlar bor. Ularga yepiskop etib Xusrav Anushervon saroyida xizmat qilgan ruhoniy tayinlanadi. Bu davrda Buxoro harbiylari orasidagi turklarning ko’pchiligi xristianlik dini ordenlari bilan taqdirlangan1. V asr boshida Samarqand Sug’dida xristianlik diniy markazi 1 Никитин А. Б. Христианство в Центральной Азии (древность и средневековье). Восточный Туркестан и Средняя Азия, М., 1984,-С.124. 63 ISSN (E): 2992-9148 SJIF 2024 = 5.333 ResearchBib Impact Factor: 9.576 / 2024 VOLUME-2, ISSUE-10 (metropoliya) tashkil etilgan. Bunga asosiy sabab Samarqandning Sug’d markazida joylashganligi, sug’dliklarning ko’pchiligi
Доказательный фрагмент
«It is known that the beliefs of our ancestors who lived in ancient Sogdiana were very strong.»
Образец извлечения
Демо-превьюIt is known that the beliefs of our ancestors who lived in ancient Sogdiana were very strong. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sogdiana, Chalcedon, Dzhuzhany, Orthodox Church, Byzantium, Vizantiya, Juzjoniy, xristian, So’g’diyona, pravoslav cherkovi, Xalkedon
Смежные источники
Каталог авторефератовЎРОҚОВ АСЛИДИН ХУШВАҚТОВИЧ, Содиқов Иброхим Салихович +22009
Наука и технология в современном миреHamdamov Islom Akramovich2026
The American Journal of Engineering and TechnologyO CLC -, Coefficient Of A Frequency Inverter +22020