К содержанию
РецензированоUZ2023

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA G‘AZNACHILIK AXBOROT TIZIMIDA BUDJET NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH

Abduqaxxorov Xamidulloxon Abdug‘affor o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi

Журнал универсальных научных исследований · 1 · 2023

Аннотация

Maqolada O‘zbekistonda g‘aznachilik axborot tizimi joriy etilishi, tizimning dolzarbligi asoslab berilgan. Shu bilan birga, uning nazariy va amaliy aoslari yoritilgan. Mamlakatimizda g‘aznachilik axborot tizimi orqali budjet nazorati ijrosini samarali tashkil qilish, davlat mablag‘lari tushumi va sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish uchun davlat moliyasini boshqarishda davlat budjeti ahamiyatini oshirish yo‘nalishlari keltirilgan. Kalit so‘zlar: budjet, budjet nazorati,, budjet barqarorligi, g‘aznachilik, g‘aznachilik axborot tizimi. O‘zbekiston Respublikasining moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy o‘sishining muhim omili sifatida g‘aznachilik tizimining roli katta ahamiyat kasb etmoqda. Moliyaviy resurslarni samarali boshqarish, ularning shaffofligi va hisobdorligi, davlat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun hal qiluvchi omillar hisoblanadi. Shu sababli, g‘aznachilik tizimida amalga oshiriladigan nazorat tadbirlarining sifati va samaradorligi, ushbu tizimning umumiy ishlashiga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar jarayonida g‘aznachilik tizimining rolini yanada mustahkamlash va uning samaradorligini oshirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarning pul harakati faqatgina bevosita g‘aznachilik organlarining ruxsati asosida sodir bо‘ladi. G‘aznachilik organlari bunda budjetdan mablag‘ oluvchilarning barcha moliyasi va tovar oqimlarini nazorat qiladilar. Budjet monitoringini dastlabki va joriy nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, yirik xarajatlar g‘aznachilik tomonidan kuzatib boriladi va korrusion holatlar va byujet mablag‘larini talon taroj qilinishini oldi olinadi. Bugungi kunda nisbatan yirik miqdordagi davlat xaridlarini g‘aznachilik kuzatuvini 135 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/ VOLUME-2, ISSUE-12 amalga oshirish mexanizmini joriy etish, birinchidan budjet mablag‘larini maqsadli yо‘naltirilishiga xizmat qilsa, ikkinchidan uning talon taroj bо‘lishini, xatolikka yо‘l qо‘ymaslikka va budjet mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishga xizmat qiladi. G‘aznachilik kuzatuvi mexanizmini budjet subsidiyasi va subvensiyasi mablag‘lariga ham joriy etish maqsadga mufoviqdir. Bugungi kunda ushbu budjet mablag‘larining maqsadsiz va samarasiz ishlatilishiga yо‘l qо‘yilmoqda. Ma’lumki, davlat budjet mablag‘laridan ularni olish shartiga mos bо‘lmagan maqsadlarda yо‘naltirish va foydalanish, mablag‘lardan maqsadsiz foydalanish sifatida tasniflanadi. Shunday tarzda fors major holatlari budjet tashkilotlari budjet tasnifining bir moddasi bо‘yicha olingan mablag‘larni boshqa moddasi bо‘yicha kо‘zda tutilgan xarajatlarga yо‘naltiradilar. Budjetdan mablag‘ oluvchilar budjet qonunchiligini buzilish holatlariga tо‘qnash keladilar. Ammo mavjud qonunchilik bunday holatni tartibga soluvchi meyorlardan iborat emas. Bizning fikrimizcha, g‘aznachilik tizimi boshqaruv darajasida davlat budjetining zaxira jamg‘armalarini tashkil qilish yо‘li bilan mazkur muammoni hal qilish mumkin. Ular hukumat zaxira jamg‘armasiga о‘xshash bо‘lishi lozim. Zaxira jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bо‘yicha vakolatlarni g‘aznachilikka berilishi tо‘g‘ri qaror sanaladi. Mazkur holatda g‘aznachilik nafaqat moliyaviy sanksiyalar qо‘llash balki zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratishga yо‘l qо‘ymaslik huquqiga ega. G‘aznachilikning muhim funksiyalaridan biri davlatning kredit resurslarini shakllantirish va taqsimlashdir. Yildan yilga axborot texnologiyalari davlatning samarali iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda muhim omil bо‘lib bormoqda. Ishlab chiqarishda axborot texnologiyalarini qо‘llash va uni raqamlashtirish iqtisodiyotning turli tarmoqlari shu jumladan davlat moliyasini boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini va uni raqamlashtirishni keng joriy qilish taqozo qiladi. Bugungi kunga kelib dunyo bо‘yicha raqamli iqtisodiyot 11,5 trln. AQSh dollarni yoki YaIMning 15,5 foizini tashkil etib, olib borilgan tadqiqotlarga kо‘ra Internetning sanoatda keng miqyosida rivojlanishini raqamli iqtisodiyot ulushining 2025-yilda YaIMga nisbatan 24,3 foizga yetishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro tajriba Budjet pul aylanishini nazorat qilish samaradorligini oshirish dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun asosiy e’tibor bo‘lib kelgan. Turli hududlarda 136 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/ VOLUME-2, ISSUE-12 g‘aznachilik nazorat mexanizmlarini kuchaytirish, shaffoflikni oshirish va samarasizlikni kamaytirish uchun turli yondashuvlarni qo‘lladi. Ushbu bo‘limda g‘aznachilik nazorati samaradorligini oshirish bo‘yicha xalqaro tajribalar solishtiriladi va O‘zbekiston uchun tegishli saboqlar olinadi. Qo‘shma Shtatlar, Buyuk Britaniya, Avstraliya kabi davlatlar hamda Qozog‘iston va Gruziya kabi qo‘shni davlatlar duch kelayotgan muvaffaqiyat va muammolarni o‘rganib, ushbu tahlil O‘zbekiston g‘aznachilik tizimining samaradorligin

Доказательный фрагмент

«Maqolada O‘zbekistonda g‘aznachilik axborot tizimi joriy etilishi, tizimning dolzarbligi asoslab berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada O‘zbekistonda g‘aznachilik axborot tizimi joriy etilishi, tizimning dolzarbligi asoslab berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
budjet, budjet barqarorligi, g‘aznachilik axborot tizimi., g‘aznachilik, budjet nazorati
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники