К содержанию
РецензированоRU2023

GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDAGI AYRIM MUAMMOLAR VA UNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO’NALISHLARI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Jalilova Charos Zarifovna · Jamshtov Doston Rasul o‘g‘li (Buxoro davlat pedagogika instituti Geografiya kafedrasi o‘qituvchisi)

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023

Аннотация

В статье анализируются некоторые проблемы, возникающие при преподавании географии. Также в статье говорится о приоритетных направлениях развития географического образования. Ключевые слова. География, географическая наука, географические знания, преподавание географии, современные технологии, интерактивные методы, концептуальный подход, прикладные исследования. Annotation. The article analyzes some problems that arise when teaching geography. The article also talks about priority areas for the development of geographical education. Key words. Geography, geographical science, geographical knowledge, teaching geography, modern technologies, interactive methods, conceptual approach, applied research. Kirish. Geografiya fanini o‘qitishda yuzaga keladigan asosiy muammolarni bir nechta to‘ifaga ajratish mumkin. Birinchi navbatda, geografiya o‘qitishining 176 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь oldingi yillarda bo‘lgan metodikasi ko‘pincha an’anaviy va passiv bo‘lib, o‘quvchilar faqat kitobdagi ma’lumotlarga tayangan holda o‘qishadi. Bunday yondashuv o‘quvchilarda mavzuni to‘liq tushunish, uning ahamiyatini anglash va geosiyosiy voqealarni tahlil qilish kabi qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qilmaydi. Asosiy qism. Shuning uchun geografiya o‘qitish metodikasidagi birinchi muammo – bu faqat eshitish va yodlashga asoslangan an’anaviy yondashuvlarning yangilanishi zaruriyatidir. Bundan tashqari, geografiya o‘qitish metodikasida mavjud bo‘lgan ikkinchi muammo - o‘qituvchilarning metodik tayyorgarlik darajasining pastligi. Ko‘plab o‘qituvchilar faqat geografiya fanining nazariy jihatlariga ega bo‘lishi mumkin, lekin pedagogik mahorat va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda yetarlicha tajribaga ega emaslar. O‘qituvchilarni muntazam ravishda metodik yangiliklar bilan tanishtirib borish, pedagogik kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash zarur. 2. Geografiya o‘qitishida zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlarning ahamiyati. Bugungi kunda geografiya o‘qitishda interaktiv usullar, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) qo‘llash va boshqa zamonaviy pedagogik usullar asosiy o‘ringa ega. Shuningdek, bu metodlar geografiya fanini o‘rganishda o‘quvchilarning faolligini oshiradi va mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishga yordam beradi. AKT yordamida o‘quvchilar real vaqt rejimida geografik ma’lumotlar bilan ishlash, interaktiv xaritalardan foydalanish, turli xil multimediya materiallaridan (video, animatsiya, simulyatsiyalar) foydalangan holda o‘qitishni osonlashtiradilar. Bu metodlarning qo‘llanilishi o‘qitish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Bundan tashqari, interaktiv metodlar orqali o‘quvchilar mavzularni o‘zlari mustaqil ravishda o‘rganishga, geograflik muammolarni hal qilishga, masalan, iqlim o‘zgarishlari yoki atrof-muhit muhofazasi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilishga rag‘batlantiriladi. Bu metodlar o‘quvchilarda tahliliy fikrlash, muammolarni hal qilish, innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. 3. Geografiya o‘qitishida konseptual yondashuvning joriy etilishi. Geografiya o‘qitishda yangi metodik yondashuvlardan biri – konseptual yondashuvdir. Konseptual yondashuvning asosiy maqsadi geografiya fani haqida 177 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 12, 31 Декабрь to‘liq va tizimli tasavvurga ega bo‘lishdir. Bu yondashuv orqali o‘quvchilar faqat faktlarni yodlash emas, balki geografik hodisalar va jarayonlarning mohiyatini tushunishga, ularni o‘zaro bog‘lab ko‘rishga va kompleks tizim sifatida qabul qilishga o‘rgatiladi. Masalan, iqlim va ob-havo o‘zgarishlarini o‘rganishda, konseptual yondashuv o‘quvchilarga faqat iqlim turlari va ularning xususiyatlarini bilib qolish emas, balki iqlim tizimining boshqa tabiiy omillar bilan bog‘liqligini, global iqlim o‘zgarishlarini va ularning insoniyat hayotiga ta’sirini tushunishga qaratilgan. Bu yondashuv nafaqat geografik bilimlarni kengaytiradi, balki o‘quvchilarda kompleks tizimlar, sabab-oqibat bog‘liqligi, muammolarni tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. 4. Geografiya o‘qitishida maktablararo hamkorlik va resurslarni baham ko‘rish Geografiya o‘qitish metodikasining samaradorligini oshirish uchun maktablararo hamkorlikni kuchaytirish zarur. Bu, ayniqsa, qishloq va shahar maktablari orasidagi farqlarni bartaraf etishda muhimdir. Ba’zan qishloq maktablarida geografiya o‘qitishda kerakli o‘quv resurslari va texnologiyalar yetishmaydi. Bunday holatda, maktablararo hamkorlik tashkil etish orqali o‘quvchilarga o‘quv resurslari, interaktiv materiallar, onlayn kurslar va boshqa didaktik vositalarni taqdim etish mumkin. Shuningdek, maktablar o‘rtasida tajriba almashish, o‘qituvchilarni bir-biri bilan tanishtirish, geografiya o‘qitish metodikasin

Доказательный фрагмент

«В статье анализируются некоторые проблемы, возникающие при преподавании географии.»

Образец извлечения

Демо-превью

В статье анализируются некоторые проблемы, возникающие при преподавании географии. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Geography, geographical science, geographical knowledge, Geografiya, geografiya fani
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники