Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA PEDAGOGIK O‘YINLARNING SHAKLLARI VA AMALGA OSHIRISH METODLARI
NEW RENAISSANCE · Bolibekov Alisher Abdusalomovich
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
The article describes the forms and methods of implementation of pedagogical games in the system of preschool education, ways of their implementation in organizations of preschool education. Keywords: Pedagogical game, technology, process, modern pedagogical technologies, form, method. Pedagogik ijrochilik o‘yinlarini bola uch yoshdan boshlab o‘zlashtira boshlaydi. Shu yoshga kelib bola odamlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan tanisha boshlaydi, hodisalarning ichki va tashqi tomonlarini ajrata boshlaydi, o‘zida ichki kechinmalarni seza boshlaydi. Ularga munosabat bildiradi. Metodika – bu tarbiyachi mehnatining professional texnologiyasi bo‘lib, tarbiyachi uni egallagan bo‘lishi va bolalarga rahbarlik qilish usullarini to‘xtovsiz takomillashtirib borishi kerak. Maktabgacha yoshda bolalar o‘yin faoliyatini o’zlashtira borib ijtimoiy qadrli va ijtimoiy baholanuvchi faoliyatga tayyorlana boshlaydilar. Maktabgacha ta’lim tizimida qo‘llaniladigan pedagogik o‘yinlarning quyidagi turlari mavjud: 1. Bolalar kayfiyatini ko’taruvchi. 2. Hamkorlikka chorlovchi. 3. Bolalarni o‘zligini namoyon etishga chorlovchi. 93 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 4. Bolalarda o‘ziga ishonch hissini shakllantiruvchi, jismoniy va intellektual muammolarni yo‘qotishga qaratilgan. 5. Maktabgacha bolalar xatti-harakatidagi cheklanishlarni tavsiflovchi (diagnosika). 6. Bolalar shaxsi srukturasiga ijobiy korrektsiyalar beruvchi. 7. Millatlararo bag’rikenglikni shakllantiruvchi. 8. Bolalarda ijtimoiy, jamoaviy munosabatlarni shakllantiruvchi o‘yinlar. Pedagogik o‘yinlarni quyidagicha tasniflash mumkin. Faoliyat turlariga qarab: ijtimoiy intellektual, mehnat, ijtimoiy va psixologik o‘yinlar. Pedagogik jarayonlarning xarakteriga qarab: ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, mahsulotli, ijodiy, psixotexnik o‘yin lar. O‘yinlar metodlariga qarab: predmetli, syujetli, badiiy rolli, hodisalarni tasavvur etuvchi va drammalashtiruvchi o‘yinlar. Predmetlar asosidagi o‘yinlar: matematik, ekologik, musiqali, texnikaviy, jismoniy tarbiyalovchi, iqtisodiy tejamkorlik va ishbilarmonlik, tadbirkorlikni rivojlantiruvchi o‘yinlar. O‘yin vositalari bo’yicha: o‘yin vositalari (koptok, piramida, kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta usida, xonada va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik vositalar. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to’plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi sifatida namoyon bo’ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega bo‘ladi. Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik o‘yinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan, o‘yin faoliyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plastilin, karton qog‘ozlar, konsruktor-mexanik majmualarida turli rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshiriladi. Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash maqsadida ularni osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli bajarilishini ta’minlash darkor. Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o‘yinlardan foydalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o‘yinlar jarayonida bola passiv ob’yektdan faol sub’yektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan iborat. Interfaol o‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to‘g‘ri bayon etishga, boshqalarni tinglashga o‘rganadi, boshqacha qilib aytganda interfaol o‘yinlar orqali kelajakda har bir bola 94 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 uchun zarur bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o‘yinlarni samarali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim: 1. Mashg’ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmunini qay darajada tushunganliklarini aniqlash. 2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bo‘lgan munosabatlarini hisobga olish. 3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’tiborga olish. 4. O‘yin jarayonida bolalarga qiziq bo‘lgan materiallardan foydalanish. 5. Diqqat va e’tiborni jalb etadigan uslublarni izlab topish. 6. Bolalarga rollarni to‘g‘ri taqsimlash. 7. O‘yindan qanday maqsadda foydalanish mumkinligini bilish. 8. O‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasavvurga ega bo’lish va natijalarini prognoz qilish. Xulosa qilib aytganda, pedagogik nuqtai nazardan to‘g‘ri tashkil etilgan o‘yin bolaning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘yin texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
Доказательный фрагмент
«The article describes the forms and methods of implementation of pedagogical games in the system of preschool education, ways of their implementation in organizations of preschool education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article describes the forms and methods of implementation of pedagogical games in the system of preschool education, ways of their implementation in organizations of preschool education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Pedagogical game, technology, process, modern pedagogical technologies, Pedagogik o‘yin, texnologiya, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shakl, metod., jarayon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026