Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIJORAT BANKLARI AKSIYALARINI OMMAVIY JOYLASHTIRISHNI SAMARALI TASHKIL QILISH
TASHKIL QILISH · Begmatov Nodirjon Ibroimjonovich · O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistranti. · COMMERCIAL BANKS
Современная наука и исследования · 4 · 15-29 · 2025
Аннотация
The article considers the theoretical and practical aspects of the effective organization of the process of public offering (IPO) of commercial banks using the example of "Agrobank". The preparatory work carried out to increase the financial stability of the bank and enhance its investment attractiveness, the emissions carried out in international financial markets and the achievements in preparing for the IPO are analyzed. Factors such as market analysis, legal and financial preparation, marketing and communication strategy are described as the main elements of the successful organization of the process. In the conclusion, recommendations are given for the effective conduct of IPO for commercial banks. This article is of practical importance for banks and investors and provides important information on modern methods of attracting financial resources. 4 3 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Keywords: commercial banks, IPO, public offering, "Agrobank", capital attraction, financial stability, investment attractiveness, market analysis, marketing strategy, legal preparation, international financial markets, securities, bond issuance. Kirish: Hozirgi globallashuv sharoitida tijorat banklari moliyaviy barqarorligini ta'minlash va raqobatbardoshligini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni izlamoqda. Shulardan biri aksiyalarni ommaviy joylashtirish (IPO) bo‘lib, bu jarayon banklarga qo‘shimcha kapital jalb qilish, investorlar bazasini kengaytirish va bozor ishtirokchilarining ishonchini oshirish imkonini beradi. IPO nafaqat moliyaviy resurslarni ko‘paytiradi, balki bank faoliyatining shaffofligini ta'minlab, uning xalqaro bozorlarga chiqishini yengillashtiradi. O‘zbekistonning yirik tijorat banklaridan biri bo‘lgan "Agrobank"ning IPOga tayyorgarlik jarayoni bank sektorida mazkur amaliyotni samarali tashkil qilishga oid muhim tajriba hisoblanadi. Bank o‘zining moliyaviy ko‘rsatkichlari va xalqaro bozorlar bilan ishlashga tayyorligi bilan ajralib turadi. Ushbu maqolada "Agrobank"ning IPOga tayyorgarlik bosqichlari, ularning amaliy ahamiyati va kelajakdagi istiqbollari o‘rganiladi. Shuningdek, IPO jarayonini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan strategik omillar tahlil qilinadi. Mavzuga oid adabiyotlar sharhi. Tijorat banklari aksiyalarini ommaviy joylashtirish (IPO) bugungi iqtisodiy rivojlanish davrida banklar uchun nafaqat moliyaviy resurslarni jalb qilish, balki raqobatbardoshlikni oshirishning muhim vositasiga aylangan. Bu soha bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar nafaqat IPO jarayonining nazariy asoslarini yaratdi, balki amaliy tajribalar bilan boyitib, tijorat banklariga yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. O‘z ishlarida IPOning turli jihatlarini o‘rgangan rus va xorijiy olimlarning tadqiqotlari mazkur jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan qadamlarni aniq belgilab beradi. Ularning ishlari IPOni tashkil qilishda strategik yondashuvlarni ishlab chiqish va banklarning moliyaviy barqarorligini ta'minlash yo‘lida amaliy qo‘llanma vazifasini o‘tashi mumkin. Rus iqtisodchilaridan E.Yu. Popova va I.V. Budanova tijorat banklari kapital tuzilmasini shakllantirishda IPOning o‘rnini tahlil qilganlar. Ularning tadqiqotlari aksiyalarni joylashtirishning moliyaviy barqarorlikka ta’sirini ko‘rsatib, IPO orqali xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini yoritgan. Ayniqsa, ular aksiyalarni joylashtirish mexanizmlarini o‘rganib, ushbu jarayonda bank faoliyatining shaffofligi va samaradorligini ta’minlashning ahamiyatiga urg‘u bergan. 4 4 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 1 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ A.A. Pirogova esa IPOning moliyaviy bozorlar rivojlanishiga ta’sirini chuqur tahlil qilgan. U o‘z tadqiqotlarida IPO muvaffaqiyatiga ta’sir qiluvchi omillar, jumladan, iqtisodiy muhit, regulyatsion talablar va marketing strategiyalarini o‘rganib chiqqan. V.V. Kuznetsovaning ishlari esa IPO jarayonida duch kelinadigan xatarlarni aniqlash va bartaraf etish usullarini ko‘rsatib beradi. Uning tadqiqotlari IPOga tayyorgarlik ko‘rayotgan tijorat banklari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Xorijiy iqtisodchilar orasida Jay R. Ritter IPO sohasidagi yetakchi tadqiqotchilardan biridir. U aksiyalar birlamchi joylashtirilgandan keyingi samaradorlik, narx belgilash strategiyalari va investor xatti-harakatlari bo‘yicha fundamental ishlarni amalga oshirgan. Ritterning tadqiqotlari IPO muvaffaqiyati va banklar barqarorligini ta'minlash uchun zarur bo‘lgan omillarni ochib beradi. Tim Jenkinson esa IPO jarayonidagi marketing va kommunikatsiya strategiyalariga alohida e’tibor qaratadi. U aksiyalarni joylashtirishda investorlar bilan samarali muloqot o‘rnatishning ahamiyatini ta’kidlagan. Loughran T. va Ritter J.ning tadqiqotlari IPO jarayonining qisqa va uzoq muddatli natijalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ularning ishlari aksiya
Доказательный фрагмент
«The article considers the theoretical and practical aspects of the effective organization of the process of public offering (IPO) of commercial banks using the example of "Agrobank".»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article considers the theoretical and practical aspects of the effective organization of the process of public offering (IPO) of commercial banks using the example of "Agrobank". Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- commercial banks, IPO, public offering, "Agrobank", capital attraction, tijorat banklari, aksiyalarni ommaviy joylashtirish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026