К содержанию
РецензированоUZ2023

TARBIYASIDA SALBIY O'ZGARISHI BO'LGAN TALABALAR BILAN ISHLASH METODLAR

ISHLASH METODLAR · Omarova Sabina Serik qizi · Sharipov Mirjalol Jamoladdin o’g’li

Журнал универсальных научных исследований · 2023

Аннотация

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Mazkur maqolada shu masalaga to’xtalib o’tamiz Kalit so’zlar: qiziqarli ish, oilaviy sharoit, nazoratga olinish, tarbiyasi og’ir bolalar. . Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar jarayonlarini tashkil etish va boshqarishda talabalar jamoasini tarbiyalashning eng samarali yo‘li, ularning umumiy qiziqishlari asosida talablar qo‘yish va istiqbolni belgilashdir. Talablar pedagogik jihatdan puxta ishlab chiqilgan taqdirdagina ijobiy natija beradi: 1) Talaba shaxsiga qo‘yiladigan pedagogik talablar har bir jamoa a‘zosini hurmat qilish bilan qo‘shilishi kerak. Bu pedagogik odobni muhim qismi bo‘lib, har bir guruh rahbari yoddan chiqarmasligi shart. Guruhning ya‘ni jamoaning eng yaxshi o‘quvchilariga ko‘proq talablar qo‘yiladi,bu bilan ularga alohida ishonch va hurmat bildiriladi. 2) Pedagoglar jamoasi talablarni muayyan guruhning aniq sharoitini hisobga olgan holda qo‘yadi. Har yili o‘quvchilarga ma‘lum bir chorakda, yarim yillikda yoki o‘quv yili davomida qanday talablar qo‘yish maqsadga muvofiqligi belgilab olinadi. O‘quvchilardan erishilgan narsani emas, balki vazifa qilib qo‘yilgan narsani talab qilish kerak. 3) Talablar aniq bo‘lib, bajarish imkoniyatlari hisobga olinadi. Talabalar o‘zlaridan nima talab qilinayotganligini aniq tushunishlari lozim.O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi jamiyat hayotining barcha 16 ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073 VOLUME-2, ISSUE-12 sohalarida poklanish, ijtimoiy munosabatlar, jismoniy barkamol yosh avlodni amalga oshirilishida ma’naviy va tarbiyalash borasida jiddiy o‘zgarishlar qilishni taqozo etdi. Jumladan ma’naviy-axloqiy tarbiyaga bog‘liq milliy an'analar, sermazmun milliy qadriyatlarning ildizlari ajdodlarimiz merosini o‘rganish va ommalashtirish, milliy ma’naviy-axloqiy tarbiyada umuminsoniy qadriyatlarning o‘rnini yuksaltirish va uning talabalar shaxsida uyg‘unlashuvini ta’minlash, o‘zbek talabasiga xos xususiyatlarni (mentalitetini) yaratish va keng targ‘ib etish jamiyatning asosiy negizi hisoblanmish yoshlarni Yangi O‘zbekiston ma’naviyatiga mos shaklan va mazmunan shakllantirishning garovidir. Asosiy qism. Har bir millatning ma'naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlarning birligidan tashkil topadi. Ma’naviy meros o‘tmishning yutug‘i. Uni to‘la, odilona egallash va rivojlantirish esa hozirgi avlodning vazifasidir. O‘z madaniy merosini, qadriyatlarini bilmaslik yoki mensimaslik manqurtlikdir. Ularni boyitib, yuksak darajaga ko‘tarishga intilmaslik esa millat va uning istiqloli uchun fojeadir. Ma’naviy-axloqiy tarbiyasi yuksak darajada rivojlangan insongina istiqlol, jamiyat va davlat kelajagi uchun mehnat qilishga o‘zida kuch va qudrat topa oladi. Shaxs ma’naviy-axloqiy tarbiyasi dastlab oila sharoitida shakllanadi va jamiyat ma’naviyatini belgilovchi mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Buning asosida ta’lim muassasasida o‘quvchi va talabalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasini ta’minlash va mustahkamlashda maxsus ta’lim-tarbiyaviy dasturlar asosida ma’naviy-axloqiy ishlar samaradorligi oshirib boriladi. Shu boisdan, madaniy merosdan, bugungi kun qadriyatlaridan to‘g‘ri foydalana olish, tarixdan to‘g‘ri xulosa chiqara bilish, o‘z tarixiga va bugungi ahvoliga, madaniy merosi va ma'naviy qadriyatlariga, diniga va axloqiga va huquqiy amaliyotiga, turmush tarziga tanqidiy ko‘z bilan qaray olish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim ma'naviy asosidir. Ta’lim tizimida tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan olib boriladigan tuzatish ishlar: maktab ichki nazoratiga olish va ular bilan davra suhbatlari tashkil etish; o’quvchilarni qiziqishlariga qarab to’garaklarga jalb etish; o’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rganish; ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish; maktablarining alohida ichki nazoratiga olingan o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish; o’quvchilarning ushbu ro’yhatga olingaligini o’ziga va tengdoshlariga oshkor qilmagan holda profilaktik tadbirlarni amalga oshirish va ularga nazoratchi-pedagoglarga biriktirish; Muhim masalani hal etishda guruh rahbari quyidagi vazifalarni majmuali hal qilish lozim: O’smir 17 ISSN (E): 2181-4570 RESEARCHBIB IMPACT FACTOR: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073 VOLUME-2, ISSUE-12 shaxsini shakllantirishda uning atrof muhitga, ijtimoiy hodisalarga, kishilarga munosabatini hisobga olish lozim. Chunki o’smirda muayyan narsalarga nisbatan munosabat shakllangan bo’ladi. O’smir xulq atvorini baholashda (rag’batlantirish yoki jazolashda) kattalarning qat’iyatliligi, prinsipialligi sinchkov o’quvchi tomonidan tahlil qilinadi. Shuning uchun rag’batlantirish va jazolash usullari oqilona, o’z vaqtida qo’llanilishi kerak. Psixologik adabiyotlarda mehnat bilan jazolash o’smir psixologiyasida keskin o’zgarish yasashi ifodalangan. Ma’lumki, hamma o’quvchilarga mehnatning qahramonlik, yaratuvchilik ekanligi uqtirib, kelinadi

Доказательный фрагмент

«Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim.»

Образец извлечения

Демо-превью

Tarbiyasi og’ir talabalar bilan ishlashda muvaffaqiyatga erishish uchun, eng avvalo, ularning oilasi, do’stlari to’g’risida ma’lumotga ega bo’lishimiz lozim. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarbiyasi og’ir bolalar, qiziqarli ish, nazoratga olinish, oilaviy sharoit
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники