К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARDA QADRIYATLARGA BO‘LGAN MUNOSABATLARNI RIVOJLANTIRISH

Sadaddinov U.U

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning muayyan darajasini o‘zida aks ettirishi haqida ma’lumotlar bayon qilingan. Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, talabalar, shaxs, me’yor, ta’lim, tarbiya. Jahon ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida talabalarda aksiologik orientatsiyani shakllantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy-pedagogikqadriyatlar tizimini rivojlantirish texnologiyalarini ishlab chiqish, tarixiy-antropologik yondashuv asosida talabalarda milliy g‘urur va iftixorni tarkib toptirishning pedagogik tizimini modernizatsiyalash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bo‘lajak o‘qituvchilarda tarixiy-madaniy merosga aksiologik munosabatni qaror toptirish, pedagogik layoqatni rivojlantirishning qadriyatga yo‘naltirilgan komponentini takomillashtirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida deontologik kompetentlikni rivojlantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, birlamchi pedagogik manbalar ustida ishlashning raqamli ta’limga asoslangan texnologiyalarini ishlab chiqish mexanizmlarini takomillashtirish dolzarblik kasb etadi [2. B. 74]. Bu haqida so‘z yuritganda, «Aytish lozimki, biz ulug‘ bobolarimizning munosib davomchilari bo‘ladigan yetuk insonlarni tarbiyalash masalasiga, afsuski, yetarlicha ahamiyat bermadik. Holbuki, intellektual va madaniy salohiyatning qanday noyob boylik ekani, nodir talant egalarini tarbiyalab kamolga yetkazish hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini unutishga haqqimiz yo‘q. Rivojlangan mamlakatlar bugungi yuksak taraqqiyot darajasiga aynan shuning hisobidan yetgani – bu ham haqiqat» [1]. Akademik R.X.Djuraevning ta’kidlashicha, ta’lim-tarbiyani tashkil etishda talabalarni majbur qilish tarzida emas, balki har bir talabaning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ishga ijodiy yondashish, ijtimoiy-siyosiy, tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etish, ularga har bir ishda namuna bo‘lish, jamiyat talabi va ehtiyojlarni tushunish, intizomga qatiy rioya etishiga, nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llashga erishish, kerak bo‘lgan paytda g‘amxo‘rlik qilish, tajriba va an’analar, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish hamda ulardan bo‘lajak kasbida samarali ijodiy foydalangan holda amalga oshirish 7.1 66 2 12 muhimdir [3. 12]. Dastlab talabalarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda avvalo kasbiy bilimlar bilan birga o‘z kasbiy faoliyatiga munosabatni tamoman o‘zgartirish lozim. Texnologiya fanlarini o‘qitishda talabalarning bilim saviyasini hisobga olgan holda pedagogik odobga mos holda olib borilishi kerak deb hisoblaymiz. Bu esa o‘z navbatida o‘qitishning pedagogik-psixologik tamoyillari, o‘qituvchilarning pedagogik mahoratiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. Ana shu jarayonning samaradorligi texnologiya fanlarini o‘qitishda ta’limga munosabatni o‘zgartiradi. Xullas, talabalarga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishda bo‘lajak kasbiga qiziqish hamda uni egallab olishida samaradorlikka erishishda quyidagilarga amal qilish: - ularning tabiatan o‘ta ta’sirchanligi, irodasining mustahkam emasligi, o‘zini tuta bilmasligi, ba’zi holatlarda manmanligini hisobga olib, shaxsiy qadr-qimmatini yerga urmay talabchanlikni oshirish; - talabalarning kelib chiqishi va turli sharoitlarda voyaga yetganligini hisobga olib, ularga ma’naviy-axloqiy jihatdan samarali ta’sir etuvchi metod, vositalarni tanlash va individual yondashish maqsadga muvofiq [4. 13]. Mazkur masalalarni e’tirof etgan holda ta’kidlash joizki, boshqa fanlardan ham ma’ruzalarning samaradorligini oshirishda quyidagi vaziyatlarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi: - ma’ruzaning mazmuni (g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishi, ilmiyligi, ommabopligi, nazariya bilan amaliyotning birligi, empirik materiallar ko‘lami, bayon qilish shakli va boshqalar); - mavzuga oid materiallarning muammoli bayon qilinishi; - ma’ruzaning dalillar bilan asoslanganligi, haqqoniyligi, lo‘ndaligi; - ma’ruzaning mutaxassislar kasbiy tayyorgarligi darajasiga bog‘liqligi (muammomiz nuqtai-nazaridan tayyorgarlik masalasi); - ma’ruzada materialning tizimli bayon etilishi (rejasi, tartibi, siqiqligi, umumlashganligi); - ma’ruzani o‘qish usuli (zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, ko‘rsatmaliligi, o‘qituvchi nutqi, his-tuyg‘ularga boyligi, bayonning sur`ati, mantiqiyligi, muloqot madaniyati); - o‘qituvchining talabaga munosabati (e’tiborliligi, talabchanligi, samimiyligi, mehribonligi, odobliligi); - ma’ruzachilik faoliyatini boshqarish (erkin, ishonch bilan, ilmiy asoslanish, ma’ruza matnidan uzoqlashmay bayon qilinishi); 7.1 67 2 12 - maqsadga erishilganligi (ishlab chiqilgan yo‘llar, sinalgan vositalar, egallangan usullar, shaxsiy nuqtai-nazarini bayon qilish, talabaning mustaqil holda ishlashiga imkoniyatning yaratilishi). Ma’ruzada o‘rganiladigan masalalarning qay darajada

Доказательный фрагмент

«Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ma’naviy-axloqiy qadriyatlar tizimi madaniy hodisa sifatida integrativ tavsifga ega bo‘lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda zamonaviy sharoitda muhim hisoblangan axloqiy me’yorlarni o‘zlashtirishning… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, tarbiya, ta’lim, talabalar, me’yor, shaxs
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники