Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOTIR ZOKIROV: O‘ZBEK ESTRADASINING YORQIN YULDUZI VA MILLIY FAXRIMIZ
Mamadjonov Samandar Sobirjon og‘li · OʻzDK huzuridagi Botir Zokirov · Karim Zokirov (nomidagi milliy estrada san’ati instituti) · Jamshid Zokirov (nomidagi milliy estrada san’ati instituti)
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Ботир Закиров – один из основателей узбекской эстрады, великий артист, который представил нашу национальную музыку миру и поднял её на высокую ступень. Его имя с гордостью упоминается не только в Узбекистане, но и на международной арене. Говорить о творчестве, жизни и бесценном вкладе Ботира Закирова в искусство – это не только вспоминать прошлое, но и черпать вдохновение для будущего. Ключевые слова: Ботир Закиров, Узбекская эстрада, Национальная музыка, Основатель эстрады, Культурное наследие, Музыкальное творчество, Международное признание, Национальная гордость, Творческая деятельность, История искусства, Музыкальные произведения, Карим ЗакировДжамшид, Закиров Узбекистан. Annotation: Botir Zokirov is one of the founders of Uzbek estrada, a great artist who introduced our national music to the world and elevated it to great heights. His name is proudly mentioned not only in Uzbekistan but also internationally. To talk about Botir Zokirov’s creativity, life, and invaluable contribution to the arts means not only remembering the past but also drawing inspiration for the future. Keyword: Botir Zokirov, Uzbek Estrada, National music, Founder of Estrada, Cultural heritage, Musical creativity, International recognition, National pride, Artistic activity History of art, Musical works, Karim Zokirov, Jamshid Zokirov, Uzbekistan. San’atkor oilasidan chiqqan yulduz. Botir Zokirov 1936-yil 26-aprelda Moskva shahrida taniqli san’atkorlar oilasida tug‘ilgan. Uning otasi Karim Zokirov o‘z davrining mashhur qo‘shiqchilaridan biri bo‘lib, o‘zbek mumtoz musiqasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan. Otasidan o‘tgan san’atga bo‘lgan muhabbat Botirning bolaligidayoq uning qalbida chuqur ildiz otgan. Bu muhabbat keyinchalik nafaqat uning ijodiy yo‘lini belgiladi, balki uni milliy musiqamizning yuksak cho‘qqilariga olib chiqdi. Zokirovlar oilasi san’at sohasida bir nechta iste’dodlarni yetishtirgan. Botirning ukalari – Jamshid Zokirov va Farrux Zokirov ham o‘zbek madaniyati rivojida munosib o‘rin tutgan 7.1 6 2 12 ijodkorlardir. Jamshid Zokirov iste’dodli teatr va kino aktyori sifatida tanilgan bo‘lsa, Farrux Zokirov ham musiqiy san’atda o‘z o‘rniga ega. Bu oila butunlay san’at va ijodga bag‘ishlanganligini o‘zbek xalqining tarixida muhrlab qoldirdi. Onasi Shoista Saidova ham ijodiy iste’dod egasi bo‘lgan. Botir Zokirov xalqaro maydonda o‘zbek estradasini tanitgan san’atkor sifatida e’tirof etiladi. U 1957-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan Yoshlar va talabalar xalqaro festivalida “Arab tango” qo‘shig‘i bilan katta mashhurlikka erishgan va dunyoning turli tillarida kuylagan. Botir Zokirov 1972- yilda “Myuzik-xoll” ijodiy jamoasini tashkil etgan. U estradani Sharq folklori bilan uyg‘unlashtirib, milliy musiqani yangi yuksakliklarga olib chiqdi. U “Yalla” ansamblining shakllanishiga ham bevosita hissa qo‘shgan. U 29 yoshida “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan. Uning nomiga xalqaro estrada tanlovi va davlat stipendiyasi tashkil etilgan. 2024-yilda Toshkentda Botir Zokirovga haykal o‘rnatilgan va uning nomidagi memorial muzey tashkil etilishi rejalashtirilgan. Botir Zokirovning ukasi Farruh Zokirov ham taniqli san’atkor, “Yalla” ansamblining rahbari hisoblanadi. Ularning oilaviy ijodiy merosi o‘zbek madaniyatining oltin fondidan joy olgan. Botir Zokirov nafaqat san’atkor, balki yozuvchi, rassom, va aktyor sifatida ham faoliyat olib borgan. U o‘z umrining qisqa bo‘lishiga qaramay, boy madaniy meros qoldirgan va hozirgacha o‘zbek san’atining faxri bo‘lib qolmoqda. Botir Zokirov o‘zining ilk chiqishlaridanoq milliy estrada san’atiga yangicha nafas olib kirdi. Uning ovoz diapazoni, Sharq musiqasi ohanglari va zamonaviy estrada elementlarini uyg‘unlashtirish mahorati tinglovchilarni hayratda qoldirdi. U kuylagan qo‘shiqlar milliy madaniyatning eng nafis jihatlarini o‘zida mujassam etib, xalq qalbiga kirib bordi. Jumladan: • “ Maftun bo’ldim ”, “ Umid ”, va “ Ra’no ” kabi asarlar uning ijrosida milliy estrada merosiga aylangan. • “ Arab tangosi ” qo‘shig‘i esa xalqaro miqyosda ham tanilgan va unga ulkan shuhrat keltirgan. Botir Zokirov sahnada har bir qo‘shig‘ini chin yurakdan ijro etar, tinglovchilar esa uning ovozida milliy ruhni his qilardi. Uning har bir chiqishi – bu san’atning asl mohiyatini namoyish etuvchi unutilmas voqea edi. Botir Zokirov nafaqat o‘zbek estrada san’atining asoschisi, balki O‘zbekistonning xalqaro madaniy elchisi sifatida ham tan olingan. Undan tashqari, uning hayotiga bag‘ishlangan badiiy film suratga olish va xalqaro estrada san’ati tanlovini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu tashabbuslar 7.1 7 2 12 Botir Zokirovning san’atimiz rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini e’tirof etish va uning xotirasini abadiylashtirish maqsadini ko‘zlaydi U o‘z she’rlari, hikoyalari va ocherklari bilan o‘zbek adabiyotiga ham hissa qo‘shgan. Shuningdek, u rassomchilik bilan ham shug‘ullangan. Botir Zokirov kinoda ham faol bo‘lgan. 1980-yilda “Avitsennaning yoshlik yillari” nomli ko‘p seriyali filmda otaning rolini ijro etdi. 1
Доказательный фрагмент
«Ботир Закиров – один из основателей узбекской эстрады, великий артист, который представил нашу национальную музыку миру и поднял её на высокую ступень.»
Образец извлечения
Демо-превьюБотир Закиров – один из основателей узбекской эстрады, великий артист, который представил нашу национальную музыку миру и поднял её на высокую ступень. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ботир Закиров, Узбекская эстрада, Национальная музыка, Milliy musiqa, Madaniy meros, O‘zbekiston., O‘zbek estradasi, Ijodiy faoliyat, San’at tarixi, Musiqiy asarlar, Estrada asoschisi, Xalqaro miqyos, Botir Zokirov, Karim Zokirov, Milliy g‘urur, Musiqa ijodi, Jamshid Zokirov
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025