К содержанию
РецензированоUZ2026

KORUPSIYANING MOHIYATI, UNING DAVLAT BOSHQARUVI, IQTISODIYOT VA JAMIYATGA KO‘RSATADIGAN ZARARLI OQIBATLARI

Jumayev Firdavs Bekzod o’g’li

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada korrupsiyaning mohiyati, uning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyatga ko‘rsatadigan zararli oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Korrupsiyaning asosiy ko‘rinishlari va sabablari yoritilib, uning salbiy ta’sirlarini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari – “Korupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun, davlat dasturlari va xalqaro hamkorlik doirasidagi sa’y-harakatlar batafsil tahlil etilgan. Maqola fuqarolik jamiyatining faolligi, huquqiy savodxonlikni oshirish va shaffof boshqaruv tizimining ahamiyatini ta’kidlaydi. Xulosa qismida korrupsiyani bartaraf etishda huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy tamoyillarning uyg‘unligi muhim ekanligi qayd etiladi. Maqola, o‘z navbatida, davlat boshqaruvi va jamiyatning barqaror rivojlanishiga intilayotgan har bir shaxs uchun ahamiyatlidir. Kalit so‘zlar: Korrupsiya, qonun ustuvorligi, huquqiy asoslar, iqtisodiy zarar, ijtimoiy adolatsizlik, davlat boshqaruvi, shaffoflik, xalqaro hamkorlik, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun, fuqarolik jamiyati, adolat, halollik, huquqiy savodxonlik. Kirish: Korrupsiya – bu davlat boshqaruvi va jamiyat rivojlanishiga jiddiy xavf soluvchi ijtimoiy illatdir. Ushbu tushuncha, odatda, shaxsning mansab yoki vakolatidan o‘z manfaati yo‘lida noqonuniy foydalanishi sifatida izohlanadi. Korrupsiya shunchaki jinoyat emas, u davlat tizimini izdan chiqaruvchi, fuqarolar ishonchini yemiruvchi va iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda korrupsiyaning salbiy oqibatlari jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga ta’sir ko‘rsatadi. U davlat boshqaruvi tizimining izdan chiqishi, resurslarning noto‘g‘ri taqsimlanishi, qonun ustuvorligining zaiflashuvi va fuqarolar huquqlarining buzilishi kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Korrupsiya – lotincha “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, “buzilish”, “chirish” degan ma’nolarni anglatadi. Bu tushuncha iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy tizimlar doirasida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z manfaati yo‘lida jinoyat sodir etilishini ifodalaydi. Ko‘p hollarda korrupsiya pora olish yoki berish, mansab vakolatini suiiste’mol qilish, noqonuniy daromad olish, tanish-bilishchilik orqali noqonuniy imtiyozlar berish kabi ko‘rinishlarda uchraydi. Korrupsiyaning asosi nimaga borib taqaladi? Unga davlat boshqaruvi tizimidagi zaifliklar, qonunlardagi bo‘shliqlar, shaffoflikning yetishmasligi va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy madaniyatning pastligi sabab bo‘ladi. Misol uchun, davlat 7.1 95 2 8 tashkilotlarida axborot ochiqligining yo‘qligi yoki qonunbuzarliklar ustidan nazoratning kuchsizligi korupsiyaga sharoit yaratadi. Korupsiyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatlarda ko‘rsatadigan salbiy oqibatlari quyidagilarda yaqqol namoyon bo‘ladi: Davlat boshqaruv tizimiga ta’siri - korrupsiya davlat boshqaruv tizimining samarasiz bo‘lishiga olib keladi. Mansabdor shaxslarning shaxsiy manfaatlarini ustuvor qo‘yishi natijasida davlat qarorlari adolatsiz qabul qilinadi. Shu bilan birga, qonunlar noto‘g‘ri qo‘llaniladi yoki ijro qilinmaydi. Buning natijasida xalqning davlatga bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi. Iqtisodiy oqibatlar - korrupsiya davlatning iqtisodiy o‘sishini susaytiradi. Resurslarning noqonuniy taqsimlanishi, davlat mablag‘larining talon-toroj qilinishi va investorlar uchun xavfli muhit yaratish korupsiyaning iqtisodiy oqibatlaridandir. Xalqaro moliyaviy tashkilotlarning hisobotlariga ko‘ra, korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan davlatlarda xorijiy investitsiyalar kamayadi, bu esa mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy oqibatlar - korrupsiya jamiyatda ijtimoiy adolatsizlikning kuchayishiga olib keladi. Fuqarolar o‘rtasida tengsizlik oshadi, kambag‘allar yanada qashshoqlashadi. Tibbiyot, ta’lim, ijtimoiy himoya kabi sohalarda korrupsiyaning mavjudligi aholining asosiy ehtiyojlariga yetarlicha xizmat qilinmasligiga sabab bo‘ladi. Qonun ustuvorligiga putur yetkazish - korrupsiya huquqiy tizimning zaiflashuviga olib keladi. Jinoyatchilik darajasi ortadi, chunki fuqarolar qonunlarga ishonmay qo‘yadi. Adliya tizimidagi korupsiya adolatli sudlov tamoyillarining buzilishiga olib keladi. Korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari - korrupsiyani kamaytirish va uning zararini bartaraf etishda samarali huquqiy asoslarning mavjudligi muhim ahamiyatga ega. O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha huquqiy baza mustahkamlanib, xalqaro andozalarga mos tizim yaratilmoqda. “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonun 2017-yilda qabul qilingan ushbu qonun korupsiyaga qarshi kurashning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Ushbu qonun asosida davlat organlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni korrupsiyaga qarshi kurashga jalb qilish mexanizmlari ishlab chiqilgan. Qonunning asosiy maqsadi jamiyat hayotining barcha jabhalarida shaffoflikni ta’minlashdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan korrupsiyaga qarshi kur

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada korrupsiyaning mohiyati, uning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyatga ko‘rsatadigan zararli oqibatlari chuqur tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada korrupsiyaning mohiyati, uning davlat boshqaruvi, iqtisodiyot va jamiyatga ko‘rsatadigan zararli oqibatlari chuqur tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaffoflik, xalqaro hamkorlik, fuqarolik jamiyati, adolat, “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun, davlat boshqaruvi, halollik, huquqiy asoslar, huquqiy savodxonlik, iqtisodiy zarar, ijtimoiy adolatsizlik, qonun ustuvorligi, Korrupsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники