К содержанию
РецензированоUZ1991

O‘ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARI VA MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH

QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH · Jumayev Firdavs Bekzod o’g’li

Международный журнал теории новейших научных исследований · 1991

Аннотация

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari himoyasi va milliy qonunchilikdagi islohotlar ko‘rib chiqiladi. Maqolada mamlakat mustaqillikka erishganidan keyin amalga oshirilgan huquqiy islohotlar va inson huquqlarini ta'minlashga qaratilgan qonunlar tahlil qilinadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasida kafolatlangan fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, jumladan, hayot, shaxsiy xavfsizlik, so‘z erkinligi, ta'lim olish va sog‘liqni saqlash huquqlari bilan birga, davlat tomonidan ularni himoya qilish mas'uliyati ham ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) va boshqa global tashkilotlar bilan bo‘lgan kelishuvlar asosida amalga oshirilgan islohotlar haqida ham so‘z yuritiladi. Maqolada, shuningdek, sud tizimi va uning islohoti, sud mustaqilligini ta'minlash, shaffof sud jarayonlari va fuqarolar huquqlarini himoya qilishdagi roliga ham alohida e'tibor qaratiladi. Kalit so‘zlar: Inson huquqlari, milliy qonunchilik, Konstitutsiya kafolatlari, sud islohotlari, xalqaro kelishuvlar, mehnat huquqlari, gender tenglik, bolalar mehnati. Kirish. Inson huquqlari – bu har bir inson tug‘ilishidan boshlab ega bo‘ladigan muhim huquq va erkinliklardir. Ularni himoya qilish va ta’minlash har bir demokratik jamiyatning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish yo‘lida sezilarli natijalarga erishdi. Bu jarayonning asosiy maqsadi fuqarolar huquqlarini himoya qilish, ularni amalga oshirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish va milliy qonunchilikni xalqaro huquq me’yorlariga moslashtirishdan iborat. 1991- yilda mustaqillikka erishgan O‘zbekiston yangi huquqiy tizimni shakllantirish, sovet davridagi eski qonunlar va tizimlarni yangilash uchun bir qator islohotlarni amalga oshirdi. Shuningdek, mustaqil davlat sifatida O‘zbekiston xalqaro maydonda ham inson huquqlarini ta’minlash borasida o‘z zimmasidagi majburiyatlarni bajarishga kirishdi. Xususan, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda olib borilgan islohotlar ushbu sohada muhim o‘rin tutdi. 1992-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatdagi barcha fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. Unda fuqarolarning hayot, shaxsiy xavfsizlik, so‘z erkinligi, xususiy mulkni himoya qilish kabi muhim huquqlari aniq belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiya, har bir fuqaro uchun teng huquqlarni ta'minlashga qaratilgan. Bu o‘zgarishlar davlatning huquqiy tizimini yangilash va xalqaro huquq me'yorlariga moslashtirish jarayonini boshlab berdi. Shu bilan birga, milliy qonunchilikda xalqaro 7.1 173 2 10 huquq me’yorlariga muvofiq bo‘lgan yangi qonunlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) kabi tashkilotlar bilan hamkorlik qilib, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan qator xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qildi. Ushbu xalqaro huquqiy majburiyatlar milliy qonunchilikka integratsiya qilinib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi mamlakatning eng muhim huquqiy hujjati bo‘lib, u fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlashda asosiy rol o‘ynaydi. Ushbu hujjatda insonning shaxsiy erkinliklari, so‘z va din erkinligi, xususiy mulkni himoya qilish huquqi, ta’lim olish va boshqa ko‘plab fundamental huquqlar aniq belgilab qo‘yilgan. Masalan, 13-moddaga ko‘ra, "O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi". Shuningdek, Barcha fuqarolar uchun teng huquqlar kafolatlangan va irqi, millati, dini yoki boshqa belgilarga ko‘ra kamsitish qat’iyan man etilgan. Bu tamoyillar davlatning adolat va tenglikka asoslangan siyosatini ta’minlashga qaratilgan asosiy me’yorlardan biri sifatida xizmat qiladi. Sud-huquq tizimi har qanday demokratik davlatning asosiy poydevorlaridan biri bo‘lib, uning samaradorligi fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sud tizimining mustaqilligi va odil sudlovning ta’minlanishi yo‘lida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirila boshlandi: Qiynoqlarga qarshi kurash: Sud islohotlari jarayonida qiynoqlardan foydalanishni qat’iyan taqiqlovchi qonun hujjatlari kuchaytirildi. Sud jarayonlarida inson huquqlari va erkinliklarini buzgan har qanday holatning oldini olish choralari belgilandi. Fuqarolarning sud himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish: Advokatura instituti mustahkamlanib, kam ta’minlangan qatlamlar uchun bepul yuridik yordam xizmatlari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekistonda sud islohotlari nafaqat sud tiz

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari himoyasi va milliy qonunchilikdagi islohotlar ko‘rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi inson huquqlari himoyasi va milliy qonunchilikdagi islohotlar ko‘rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mehnat huquqlari, milliy qonunchilik, Inson huquqlari, bolalar mehnati, sud islohotlari, gender tenglik, xalqaro kelishuvlar, Konstitutsiya kafolatlari
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники