К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘ZBEK TILI O‘QUV MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA ZAMONAVIY BILIM BERISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI

Ergashev Maqsud · Nukus DPI O’zbek adabiyoti kafedrasi

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy- siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Key words: insoniyat, sivilizatsiya, millat, til, pedagog, manba. Insoniyat sivilizatsiyasi barcha sohalarda, jumladan ta’lim tizimida ham global o‘zaro bog‘liqlik darajasigacha erishdi. Hozirgi kunda bitta davlat yoki millatning muammosi butun jahon rivojiga katta ta’sir etishi mumkin. Yuzaga kelgan ekologik, iqtisodiy, siyosiy muammolar va inqirozlarning yyechimi faqatgina insoniyatdan kelajakda aqliy va ma’naviy rivojlanishni talab etadi. Bunga esa faqatgina to‘g‘ri va sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish orqaligina erishish mumkin. Bugungi kunda dunyoda yuzaga kelayotgan barcha muammolar ildizi ta’lim-tarbiya tizimidagi sifat nuqsonlari natijasi desak xato bo‘lmaydi. Buning yechimi ta’lim-tarbiyaga e’tiborni yanada oshirish, bu sohaga yanada ko‘proq mablag‘ ajratish orqali ta’lim sifatini yuksaltirish bilan hal etilishi mumkin. “BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda ta’limga yo‘naltirilayotgan xarajatlar davlat byudjetining 35 foizidan ortig‘ini tashkil etmoqda”1. Lekin ta’kidlash joizki, ta’lim sohasidagi islohotlarning yanada ijobiyligi pedagoglarning globallashuv va axborotlashgan jamiyat ta’lim tizimi mazmun-mohiyatini nechog‘lik tushunib etishlariga va qanchalik astoydil bajarishlariga ham bog‘liqdir. Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabatlariga bog‘liq. Chunki, ularning barchasi mohiyati, mazmuni, tabiati, shakli va ko‘lamiga ko‘ra 1 Мухторов А. ва б. Таълим соҳасини ривожлантириш бўйича хорижий тажрибалар // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, май, 2012. 7.1 87 2 10 tizimlilik xarakteriga ega bo‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib, yechimi topiladi. Bu o‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli yondashuvdan foydalanishni ko‘zda tutadi. Ko‘p sonli manbalar, xususan pedagogik amaliyot sohalarining tahlili ta’lim- tarbiya jarayonining rivojlanishiga to‘siq bo‘layotgan muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, o‘rganilayotgan ob’ektlarning ba’zi bir jihat va xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida o‘rganish natijasida yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir. Amaliyotdagi bunday holat- larni bartaraf etishda integrativ yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Filologik ta’limda ilg‘or xorijiy tajribalardan biri bu – ta’limni integrativ tashkil etilishi bilan bog‘liq. Ilmiylik nuqtai nazaridan olib qaraganda integratsiyaning asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)larning o‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli rus psixologik olimi G.S.Kostyukning fikricha: “Tabaqalanish differensiatsiya - ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni ko‘payishiga olib kelsa, integratsiya - tartibga keltirish, subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yo‘li bilan yangi psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bo‘ladi. Bu yangi tuzilma ilgari alohida-alohida bo‘lgan elementlardan sintezlash yo‘li bilan hosil qilinadi”2. Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik, predmetlararo aloqadorlik, o‘zaro aloqadorlik va nihoyat o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi, o‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi darajasi, o‘rganilayotgan o‘quv predmetlari doirasida ma’lum didaktik birliklar orasida o‘rnatilib, ularni o‘rganish mazmunini va muddatlarini muvofiqlashtirishni ko‘zda tutadi, bundan farqli o‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan o‘quv predmeti yoki integratsiyalab 2 Bozorova S. Ta’lim tizimida o‘qitish texnologiyasi mohiyati // Uzluksiz ta’lim. – Toshkent, 2006. 7.1 88 2 10 o‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va munosabatlar nuqtai nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu o‘z navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat ko‘rsatuvchi, malakali mutaxassis shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish, turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish, modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini talab etadi. Bu operatsiyalar o‘rganilayotgan ob’ektni barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib), mohiyati va mazmunini ang

Доказательный фрагмент

«Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy- siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabat…»

Образец извлечения

Демо-превью

Insoniyat jamiyati, shuningdek, respublikamizda mavjud ijtimoiy-itisodiy, g‘oyaviy- siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro munosabat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
insoniyat, sivilizatsiya, millat, til, pedagog, manba
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники