К содержанию
РецензированоUZ2026

BIOLOGIYA TA'LIMIDA O'QUVCHILARDA MASALA VA MASHQ YECHISH KO'NIKMALARI MUAMMO SIFATIDA

Mamadaliyeva Barnoxon Ibragimovna

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

In the teaching of biological sciences in the system of continuous education, the formation of students’ skills in solving problems and exercises is the basis - 106 - for the development of their creative activity, the skills of logical, creative and analytical thinking. Key words: lifelong education, biology, task, exercise, creativity, creative thinking. Uzbekistonning uzliksiz ta'lim sohasida ko'zlagan asosiy maqsadi milliy, umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o'quvchilarga bilim va tarbiya berishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, o'quv–tarbiya jarayoniga zamonaviy yondashuvga asoslangan texnologiyalarni joriy etish, bo'lajak biologiya o'qituvchilarini salohiyatli kadr etib tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlashdan iborat. Jumladan, barcha fanlar kabi biologiya fanini o'qitilishida biologik bilim, ko'nikma va malakalarni tarkib topirishga asoslangan metodik tizimni joriy etish, o'quvchilarni mustaqil, tahliliy, mantiqiy va ijodiy fikr yuritish faoliyatiga yo'naltirish ustuvor vazifalardan sanaladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda biologiya o'quv mashg'ulotlarini faol metodlardan foydalanib takomillashtirish, fanlararo aloqadorlik vositasida o'quvchilarda masala-mashq yechish ko'nikmalarini rivojlantirib borishni ta'minlash, ularda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, biologik bilimlarni kundalik va hayotiy faoliyatda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish, mantiqiy va kreativ fikrlash qobilyatlarini o'stirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ta'lim tizimini takomillashtirish, ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirishga oid qonunlar, qarorlar, farmonlar, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi, 7.1 109 2 10 yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonun mazkur jarayon uchun metodologik asos bo'lib, mavzuni dolzarbligini belgilaydi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-6097 sonli farmonida 2025-yilga qadar ilmiy-tadqiqot va ishlanmalar sohasidagi texnologik innovatsiyalarga harajatlarning umumiy hajmida tashkilotning o'z kuchi bilan bajarilgan texnologik innovatsiyalarni ta'lim sohasida qo'llash, kadrlar tayyorlashga oid konseptsiyani tadbiq etishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5712 sonli farmonida esa, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o'quvchilarni baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga kirishiga erishish, uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda maktabdan tashqari ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish kabi masalalarga to'xtalib o'tilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4805 sonli qarorida, mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo'nalishlarda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish «Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili» Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan. Kimyo va biologiya fanlari bo'yicha ta'lim sifatini tubdan oshirish, umumta'lim maktablarida ushbu fanlarni o'qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta'lim muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o'quv jihozlari bilan ta'minlash, ushbu yo'nalishlarga malakali o'qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari o'rtasida o'zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo'lga qo'yishga oid masalalar belgilandi. Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi”dagi PQ-289 sonli qarorida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda, zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta'lim, ilm- 7.1 110 2 10 fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari uchun «Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish» axborot tizimida elektron o'quv dasturlar, darsliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari, maqolalar, taqdimotlar, multimedia ta'lim mahsulotlari, ma'ruzalarning audio va video yozuvlari hamda boshq

Доказательный фрагмент

«In the teaching of biological sciences in the system of continuous education, the formation of students’ skills in solving problems and exercises is the basis - 106 - for the development of their creative activity, th…»

Образец извлечения

Демо-превью

In the teaching of biological sciences in the system of continuous education, the formation of students’ skills in solving problems and exercises is the basis - 106 - for the development of their creative activity, th… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lifelong education, biology, task, exercise, creativity, creative thinking, ижoдий, мaсaлa, фикрлaш, Узлуксиз тaълим, мaшқ, креaтивлик, биoлoгия
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники