К содержанию
РецензированоUZ2026

LEKSIKOLOGIYANING HAMKOR SOHALARI

LEKSIKOLOGIYANING HAMKOR SOHALARI · Sevinch Nu’monova

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Mazkur maqola sizga leksikologiya, uning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida ma’lumot beruvchi kichik bir manbadir. Kalit so‘zlar: leksikologiya, leksika, so‘z, semasiologiya, frazeologiya, leksikografiya, onomasiologiya, etimologiya, onomastika, frazema, frazeologizm. “Leksikologiya (ot. grekcha lexikos—so‘zga oid va logos—ta’limot) tilning lug‘at tarkibini, leksikasini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi. Leksikologiyaning o‘rganish manbai – so‘z” [4, B.83]. So‘zni o‘rganish jihatdan leksikologiya bir necha tarkibiy qismlarga bo‘linadi. Semasiologiya, leksikografiya, onomastika, onomasiologiya, etimologiya, frazeologiya kabi bo‘limlar leksikologiyaning tarkibiy qismlaridir. Bu tarkibiy qismlarning har biri o‘ziga xos mazmun- mohiyatga ega. Ular haqida chuqurroq bilimga ega bo‘lish uchun esa ta’riflar bilan bir qatorda misol va namunalarni ko‘rib o‘tish joiz. “Semasiologiya (yunoncha. semasia—ma’no, mazmun va logiya…)—1) tilning, til birliklarining hissiy idrok qilinadigan tomoniga, tovush, akustik yoki grafik ko‘rinishiga qarshi qo‘yiladigan ma’no tomonini o‘rganadigan tilshunoslik bo‘limi; 2)leksik unsurlar—morfema va so‘zlarning mazmuni haqidagi fan, shu ma’noda, leksikologiya bilan muvofiq bo‘ladi. Ba’zi hollarda, semasiologiyani faqatgina ichki so‘z yasalishi bilan chegaralab qo‘yadilar. Biroq u bu holatda etimologiya bilan ham bog‘liq bo‘ladi va so‘zlarning ko‘chma ma’nolari (hosila ma’no), shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari (omonim, sinonim, antonim, paronimlar) semasiologiyaning obyekti bo‘lib xizmat qiladi” [8, B.233]. Tilning hissiy idrok qilinadigan tomoni—sinonimlar (ozod, erkin, hur, sarbast); tovush, akustik tomoni— paronimlar (adib-adip, tanbur-tambur, asl-asil); grafik ko‘rinishiga qarshi qo‘yiladigan ma’no tomoni—omonimlar (un—oziq-ovqat mahsuloti, un—ovoz, un— o‘smoq). “Onomasiologiya narsa va hodisalarga nom berish jarayonini o‘rganadi” [1, B.96]. Nomlash jarayoni bevosita predmet va hodisalarning tarixiy ildizlari yoki vazifasiga aloqador sanaladi. Tilning paydo bo‘lish taraqqiyoti mavzusida ham narsalar va ularning nomlari xususida yunon olimlarining bahslariga guvoh bo‘lganmiz. “Demokrit va uning tarafdorlari tilda narsa bilan narsa orasida hech qanday bog‘lanish yo‘q, bu nomlar mazkur tilda gaplashuvchi odamlar tomonidan yaratilgan, 7.1 60 2 10 degan fikrni ilgari surishgan. Bu guruh olimlar anomalistlar deb nom olgan. Platon boshliq boshqa bir guruh olimlar narsa bilan uning nomi orasida muayyan bog‘lanish bor. Bu bog‘lanish narsaning xususiyatidan, tabiatidan kelib chiqqan va bu bog‘lanish ilohiy kuch tomonidan o‘rnatilgan, degan fikrni ilgari surishgan. Tarixda bu oqim anologistlar deb nom olgan” [1, B.10]. “Onomastika (yunoncha. opot-ism, onomastikos-ismga bog‘liq) tilshunoslikda otlar, ularning tarixi tilda qo‘llanilishini o‘rganadi. Asosiy birligi so‘z, gap ham bo‘lib kelishi mumkin. O‘zbek tilidagi nominativ gaplar bunga misol bo‘la oladi. Bu turdagi gaplar voqea-hodisalarning mavjudligini tasdiqlab, gapga xos xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘ladi” [6]. Onomiya turli xos nomlarga bo‘linadi: 1)antroponimiya – odamlarning ismini ilmiy jihatdan o‘rganadi. Masalan: juma kuni tug‘ilgan qizlarga—Jumagul; ramazon oyida tug‘ilganlarga – Ramazon; to‘rtinchi farzandga—Robiya; safarlarda tug‘ilganlarga—Safar, Yo‘lchi; tana a’zolarida xoli bo‘lsa—Xolida , Xolmo‘min; nori bo‘lsa—Nortoy, Anora; ta’nasida ortiqcha qismi bo‘lsa—Ortiq yoki, aksincha, kamroq bo‘lsa—Kamol, Kamola; tilab- tilab kutilgan farzandga—Xudoyberdi, Tilovberdi; farzandi vafot etaversa—Tursun, Ko‘paysin kabi ismlar qo‘yiladi; 2)toponimika – geografik nomlarni o‘rganadi. Masalan: To‘rtko‘lda to‘rtta ko‘l mavjud; Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo hududlarida daryolar bor; Qoramergan qishlog‘idan mashhur mergan o‘tgan; Kitob (kifti ob—2 yelkasi suv)—daryolari ko‘p bo‘lganligi uchun shunday nomlar bilan atalgan; 3)etnonimika – millatlarning nomlarini o‘rganadi: qirg‘iz, o‘zbek, uyg‘ur, tojik, fransuz, yapon va hokazolar. “Xalq og‘zaki ijodidagi, jumladan, “Manas” dostonidagi onimlar—qimmatli madaniy, tarixiy yodgorlik. Olimlar fikriga ko‘ra, bu dostonda ko‘plab xalqlar (qabila, urug‘, elat) turli real voqealarni boshidan kechirgan va asar o‘ziga xos otlarga boy. “Manas” trilogiyasidan qirg‘izlarga xos barcha tarmoqlarni bilib olish mumkin, undagi toponimlar(Olti-O‘zen, Jet-Kait, Qaynar-Kashat, Kabakart, Oro- To‘be, Teniz-Nur), antroponimlar(Oq-bolta, Basangqul, Dandan, Oshpur, Tobotoy, Tokotoy, Un-duchak), etnonimlar (alchin, katagan, targ‘in, tirg‘ot, uysun, shiytu, ezet)” [3 B.440]. “Etimologiya (haqiqat va ta’limot)—1)so‘z va morfemalarning kelib chiqishini o‘rganadigan bo‘lim; 2)so‘zning kelib chiqishini aniqlashga qaratilgan tadqiqot usullari majmui; 3)so‘zning kelib chiqishi 19-asr tilshunosligida “etimologiya’’ termini “grammatika” ma’nosida ham qo‘llangan. Bu soha yasama, qo‘shma va xorijiy tillardan o‘zlashtirilgan so‘zlar ma’nolari bilan ham qiziqadi. Etimologiya 7.1 61 2 10 so‘zning ham shaklini, ham

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola sizga leksikologiya, uning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida ma’lumot beruvchi kichik bir manbadir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola sizga leksikologiya, uning mazmuni, tarkibiy qismlari haqida ma’lumot beruvchi kichik bir manbadir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
so‘z, frazeologizm, onomastika, leksikografiya, frazeologiya, frazema, leksika, semasiologiya, leksikologiya, onomasiologiya, etimologiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники