Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TURKIYA AHOLISINING MILLIY QADRIYATLARI, URF-ODATLARI VA MA’ROSIMLARI
VA MA’ROSIMLARI · Ziyayev Husan Niyoz oʻgʻli · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
Turkiya aholisi ko'p asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega bo'lib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Turkiya jamiyatida oilaning o‘rni katta ahamiyatga ega. Oilaviy qadriyatlar, ayniqsa, diniy va madaniy an'analar bilan mustahkamlanib kelgan. Quyidagi maqolada batafsil bu haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: urf-odatlar, ma'rosimlar, milliy qadriyatlar, din, sunnat to'y, oila va jamiyat, Usmonli imperiyasi, safranbo'lu uylar. Oilada o’g’il bolaning to’g’ilishi ayolni eri va uning qarindoshlari nazdida yana bir pog’ona yuqoriga ko’taradi. Sunnat to’yi 6 yoshdan keyin qilinadi. Qimmatbaho kiyimlar kiygan to’y bolani bezatilgan mashina yoki otda musiqa bilan ko’chalardan olib o’tishadi. Unga ko’plab sovg’a-calom beriladi. To’y odatda 2-3 kun davom etadi. Albatta mehmonlarga shirinliklar ulashiladi. Konfet va paxlava oilada kimdir o’lsa ham ulashiladi. Aytishlaricha, shundan so’ng boshqalar o’lgan odamning faqatgina yaxshi fazilatlarini tilga olar ekan. “Ko’z tegish”dan saqlanish. Ko’zmunchoq turklar uchun ko’z tegishdan saqlanishni oldini olishning maqbul usulidir. To’yda yoshlarga, bola to’g’ilganda uning beshigiga, qariyalarning yotog’iga, jamoat transportida mashinalarda ko’zmunchoqni ko’rish mumkin. Bolalarga ko’z tegishi oson bo’lganligi bois, agarda kimdan kim uni maqtasa, darhol ota-onasi “Mashallax”, ya’ni “Alloh seni asrasin” deyishadi. Ko’zmunchoqni istalgan joyda –bozorlarda, do’konlarda, supermarketlarda sotib olish mumkin. Agarda sizga ko’zmunchoq sovg’a qilishsa, albatta bunga quvonish zarur, chunki siz ko’z tegishdan umringizning oxirigacha himoyalangan bo’lasiz. Turk oilalarida bolalarni juda ham erkalatishadi. 10-12 yoshgacha o’g’il bolalar asosan ona tarbiyasini olsa, keyin ota tarbiyasiga o’tadi. Otalar o’z farzandlarining tarbiyasi, ularni o’qitish va joylashtirish uchun mas’uldirlar. Ajrashgan holatlarda ham ular to’liq farzandlarini qonun taz’yiqisiz ham ta’minlab borishadi. Turkiyada ajralishlar juda ham kam. Buning sababi bir nechta. Birinchidan ajrashish jarayoni 2 yildan 10 yilgacha vaqtga cho’zilishi mumkin. Bunda erkak o’z mol-mulkining yarmisi yoki hammasini o’z farzandlari va xotiniga beradi. Ajralish jarayoni muddatining ko’pligi oilaga qaytadan tiklanish, er va xotinning bir birini qaytadan tushinish uchun vaqt beriladi. Turkiyaning Oila va jamiyatni tadqiq qilish 7.1 169 2 9 bosh boshqarmasi o’tkazgan so’rovnomaga ko’ra, 89% qatnashchilar oilada ishonch bo’lib, xiyonat bo’lmasa oila saqlanishini aytishgan bo’lsa, qolganlar bu savolga neytral javob berishgan. 82,2 foiz odam nikoh o’qitmasdan turib, birga yashab bo’lmasligi xususida fikr bildirishgan. Turkiyada shariat qoidalariga rioya qilish ancha kuchlidir. Shu sababli so’rovnomada qatnashganlar oilaviy qadriyatlar shakllanishida dinning rolini alohida qayd etishgan. 83,7 foiz qatnashchilar kimdadir moddiy va ma’naviy muammolar vujudga kelsa, birinchi galda oilaga murojaat qilishlarini aytishgan bo’lsa, 90,3 foiz so’rovnomada qatnashganlar oila manfaatlari uchun har qanday qiyinchilikka tayyor ekanliklarini bildirishgan. Shuningdek, qatnashchilarning 92,3 foizi albatta kechqurun uyda, oilasi davrasida ovqatlanishini, 91,3 foizi birga televizor ko’rishini, 91,1 foiz har kuni o’zaro suhbatlashishini, 79,8 foizi muntazam ravishda qarindoshlarini ko’rishga borishini bildirishgan. 82,4 foiz qatnashchilar nikohdan tashqari bola to’g’ilishiga qarshi bo’lsa, 79,7 foizi nikohgacha birga yashashaga qarshi chiqishgan. Turkiyada ayollarning huquqlari erkaklar bilan tengdir. Oilada asosiy qarorni erkak qabul qilsada, ayolning fikri ham muhim bo’lib, inobatga olinadi. Agarda qishloqlarda ayollar asosan ko’proq milliy uslubda kiyinsa, katta shaharlarda ham boshiga ro’mol o’ragan ayollarni ko’plab uchratish mumkin. Milliy qadritlar munosabatlardan boshlanadi. Turkiyada begona erkakka “bey”, ayol kishiga “xonim” deb murojaat qilish qabul qilingan. Erkaklar hyech qachon ayollar bilan qo’l berib ko’rishishmaydi. Ayol kishining ko’rishish uchun qo’l cho’zishi yaqinroq tanishish ma’nosini anglatadi. Katta yoshdagilar bilan ko’rishganda albatta ularning qo’lini o’pib, peshonaga tekiziladi. Bu ularga nisbatan hurmatni anglatadi. Turklar juda ham mehmondo’st xalq. O’zbeklar singari ular ham mehmon oldiga dasturxon yozmasdan qo’yib yuborishmaydi.Mehmon qaysi millat vakili bo’lishidan qat’iy nazar uning tili, dini, an’analarini hurmat qilishga harakat qilishadi. Turkiyaning Karabuk viloyatida joylashgan Safranbo’lu uylari - yuz yillar davomida shakllangan Turk shaharsozlik madaniyatining bugungi kunga qadar saqlanib qolgan eng noyob namunalaridan biri hisoblanadi. Turk shaharsozligining eng muhim me’moriy boyliklaridan biri sifatida tilga olinadigan bu uylar dastlab, XVII—XVIII asrlarda qurilgan. Hozirda mavjud 2000 ga yaqin uyning 800 tasi qonun bilan davlat muhofazasiga olingan. Safranbo’luning tarixiy uylari 1994 yilda YuNESKO tomonidan Jahon madaniy merosi ro’yxatiga kiritilgan. 7.1 170 2 9 Usmonli
Доказательный фрагмент
«Turkiya aholisi ko'p asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega bo'lib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюTurkiya aholisi ko'p asrlik tarixga ega boy madaniy merosga ega bo'lib, bu meros milliy qadriyatlari, urf-odatlari va marosimlarida yaqqol aks etadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- urf-odatlar, ma'rosimlar, Usmonli imperiyasi, din, oila va jamiyat, sunnat to'y, safranbo'lu uylar, milliy qadriyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025