Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘QUVCHILARDA SOG`LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISHDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR VA ULARNI O'TKAZISH
ULARNI O'TKAZISH · Radjapov Usmonbay Raximovich · Abubakir Yigitaliyev Farxodjon o’g’li
Международный журнал теории новейших научных исследований · 89-91 · 2026
Аннотация
Актуальность физического воспитания школьников в современных условиях неоспорима, так как физическая культура и спорт ведут к оптимизации физического здоровья личности, развитию в единстве с ее психическими особенностями. В данной статье обосновано использование комплексов общеразвивающих упражнений в процессе уроков физической культуры как комплексного педагогического средства воспитания учащихся. Выводы и рекомендации, представленные автором, предлагается учесть на уроках физкультуры со школьниками. Ключевые слова: здоровый образ жизни, ученик, общеразвивающие упражнения, физическое воспитание, физическая культура. Annotation. In today's modern conditions, the relevance of the physical education of students is indisputable, since physical education and Sports lead to the optimization of the physical health of the individual, its development in unity with mental characteristics. This article is based on the use of general developmental exercise complexes in the process of physical education classes as a complex pedagogical tool for educating students. Conclusions and recommendations provided by the author are proposed to be taken into account in physical education classes with schoolchildren. Keywords: healthy lifestyle, student, universal exercise, Physical Education, Physical Culture. Xozirgi jadal rivojlanayotgan globallashuv sharoitida o’quvchilarni jismoniy tarbiya bilan mashg’ul bo’lishi dolzarb masala hisoblanadi, chunki jismoniy tarbiya va sport shaxsning jismoniy salomatligini optimallashtirishga, uning jismoniy sifatlari bilan birgalikda aqliy xususiyatlari ham rivojlanishiga olib keladi. O’quvchilarni tarbiyalashning kompleks pedagogik vositasi sifatida jismoniy tarbiya darslari 7.1 131 2 9 jarayonida umumiy rivojlantiruvchi mashqlar majmualaridan foydalanish masalalari hozirgi kunda dolzarb hisoblanadi. Buyuk allomalarimizdan Abu Ali Ibn Sino ham o’z ta’limotida ertalabki badantarbiya, to’liq uyqu, ovqatlanish va suv muolajalarini hamda massaj organizmni asosiy tiklantiruvchi muolajalari haqida qimmatli fikrlar yuritilgan. O’z vaqtida aqliy va jismoniy faoliyat bilan shug’ullanish, madaniy hordiq chiqarish ham oqilona kun tartibini asosiy mezonlaridan hisoblanadi. Sog’lom turmush tarzining negizida markaziy nerv sistemasida puxtalangan dinamik-stereotip yotadi ya’ni shug’ullanuvchi har kuni bir vaqtda uyquga yotsa va uyqu gigiyenasiga rioya etsa va bir vaqtda turib, ertalabki badantarbiya bilan shug’ullanib, suv muolajalarini amalga oshirsa, kunlik 5 mahalgi ovqatlanishni amalga oshirsa, yuqori hajmli oqsillar,uglevodlar va vitaminlarga boy oziq ovqat mahsulotlarini qabul qilishi lozim. Sog’lom turmush tarzini shakllantirish o’z o’rnida bir nechta omillarga bog’liq bo’lib ular (1-diagramma): l-diagramma. Ushbu keltirib o’tilgan omillarning barchasi muhim hisoblanadi, lekin oqilona kun tartibiga rioya qilish eng muhimlaridan biri bo’lib uni shakllantirishda umumrivojlantiruvchi mashqlardan keng foydalaniladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar butun organizmning rivojlanishi va sog’lomlashishida muhim rol o’ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining rivojlanishi va mustahkamlanishiga, bo’g’imlarning 7.1 132 2 9 xarakatchan bo’lishiga muskullar taranglashuvi va bo’shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi. Umumrivojlantiruvchi mashqlarning vazifasi to’g’ri qaddi-qomatni shakllantirish, butun tayanch harakat apparatini mustahkamlash va qon aylanish, nafas olish, almashinish jarayonlari, nerv tizimi faoliyatini yaxshilashdan iboratdir. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlarni idora qiluvchi oliy motor markazlari ishini faollashtiradi; tezkorlik, chaqqonlik, kuchlar nisbati, chidamlilik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlarni namoyon qilishga yordam beradi, ijobiy- emotsional kayfiyat uyg’otadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar uch guruhga mo’ljallangan. Birinchi guruhdagi yelka kamari va qo’l mushaklari uchun mashqlar: ko’krak qafasining nafas olishini oshirishga yordam beradi, diafragmani mustahkamlaydi, chuqur nafas olishga imkon beradi, umurtqani rostlaydi, yurak mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi. Ikkinchi guruh mashqlari gavda, orqa mushaklar uchun: ushbu mashqlar to’g’ri qaddi-qomatning shakllanishiga ta’sir qiladi va gavdani oldinga va yon tomonlarga engashtirishda, o’ngga, chapga burilishda va aylanishda umurtqaning egiluvchanligini rivojlantirishga yordam beradi. Uchinchi guruh mashqlari oyoq va qorin mushaklari uchun: ular ichki organlarni tez harakatlar (sakrashlar, sakrab tushishlar…) paytida chayqalishdan qorin muskullarini mustahkamlashga yordam beradi, shuningdek, vena qon- tomirlarida qon yurishmay qolishining oldini oladi (tizzaga chapatilash, yarim cho’qqayish, cho’qqayish…). Oyoq va qorin mushaklarini mustahkamlovchi mashqlar. To’la va ingichka. Tizzaga cho’kib o’tiring, tovonga suyaning, qorinni chiqarib, belni qayishtiring. Ushbu mashq sizni ingichkaroq qiladi. Keyin qorinni chiqaring. Oyoqlarni oldinga chiqaring. Gavdani tik tuting. Bir qo
Доказательный фрагмент
«Актуальность физического воспитания школьников в современных условиях неоспорима, так как физическая культура и спорт ведут к оптимизации физического здоровья личности, развитию в единстве с ее психическими особенност…»
Образец извлечения
Демо-превьюАктуальность физического воспитания школьников в современных условиях неоспорима, так как физическая культура и спорт ведут к оптимизации физического здоровья личности, развитию в единстве с ее психическими особенност… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- healthy lifestyle, student, universal exercise, Physical Education, Physical, o’quvchi, jismoniy tarbiya, umumrivojlantiruvchi mashqlar, jismoniy madaniyat, sog’lom turmush tarzi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025