К содержанию
РецензированоUZ2026

MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARIDA XOR SAN’ATINING RIVOJLANISHI

Kamalova Gulmaryam · Ko‘zibayeva Mahinur Hamroyevna · Oʻzbekiston Davlat Konservatoriyasi

Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026

Аннотация

Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san’ati turlaridan biridir. Jamoa ijrochiligi insonlarda chuqur estetik zavq uygʻotibgina qolmay, ularni jipslashtiradi, jamoa boʻlib birlashishga olib keladi hamda ma’naviy saviyasini, badiiy didini oʻstirishga yordam beradi. Ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarida xor San’atining rivojlanish bosqichlari tahlil qilingan boʻlib, fikr va takliflar ilmiy asoslangan. Kalit soʻzlar: Xor, dirijor, musiqa, madaniyat, san’at, ma’naviyat, kompozitor, xor dirijorligi, simfonik orkestr, xor janri, solist. Jamiyat man’aviyatini yuksaltirish - davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi hisoblanadi. Man’aviyat esa uzluksiz, harakatdagi jarayon. San’atga aloqador boyliklar ma’naviy boylikni tashkil etadi. Inson man’aviyatini oshirish uchun esa San’at va madaniyatning roli kattadir. Zero, muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek, “Musiqa sanʼati madaniy fenomen sifatida yangi avlodni tarbiyalash va kamolga yetkazish borasida cheksiz imkoniyatlarga egadir. Sanʼat bilan oshno boʻlgan yoshlarning hayotga munosabati, milliy urf-odat va umumbashariy qadriyatlarga hurmati baland boʻladi” [1]. Markaziy Osiyo xalqlari davr taqozosi bilan, madaniyatlar yaqinlashuvi tufayli xor ijrochiligi San’atidan ham bahramand boʻldilar. Ular tarixan shakllangan oʻz professional xor madaniyatiga ega boʻlmasada, jamoa boʻlib kuylash, xalqning turmush tarzi, hayoti, mehnat faoliyati bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan azaliy qoʻshiqlariga, musiqiy merosiga ega boʻlgan. Turli koʻrinishdagi jamoa boʻlib kuylash jarayoni oʻzbek folklorida ayrim janrlarning paydo boʻlishiga sabab boʻlgan. Xor sa’natining birinchi pogʻonasi sifatida – qoʻshiq va raqsning bir-biriga uygʻunlashib, alla janrining paydo boʻlishini hisoblash mumkindir. Qoʻshiqning asosiy matnini yallachi raqs bilan birgalikda ijro eta boshlaydi, naqarotni esa bir ovozda boʻlsada kichik ashulachilar guruhi joʻr boʻlib ijro etadi. Shuningdek, jamoa boʻlib ijro etish darvishlar xonishlarida ham koʻrinadi. Erkaklarning zikr aytishlari ham bunga yorqin misoldir. Asrlar davomida toʻplangan koʻhna meros – «Shashmaqom»ning vokal qismlaridagi taronalar ham xonandalar 7.1 96 2 9 ansambli tomonidan ijro etilib kelgan. Jumladan, oʻzbek folklor qoʻshiqlari va maqomalardagi jamoa boʻlib kuylash kelajakda Markaziy Osiyo xalqlari orasida xor San’ati rivojida katta zamin boʻla olgan. XIX asrning ikkinchi yarmida asta-sekin musiqasevarlar jamiyatlari oʻz faoliyatlarini boshlagan. Bunday jamiyatlardan – «Lira» deb nomlangan xor jamiyati kapelmeysteri V.Leysek tomonidan tashkil etilib, mahalliy xalqlarni yangi San’at turiga qiziqtirgan. Bu jamiyatning faoliyati taʻsirida turmush sharoiti, hayot tarzida oʻzgarishlar roʻy berdi. Dunyo madaniyatiga boʻlgan qiziqish tobora avj olib bordi. V.Leysek uyushtirgan konsertlarda jahon tan olgan kompozitorlar – Meyerber, J.Verdi, M.Glinka va A.Dargomijskiy kabilarning operalaridan xorlar birinchi bor ijro etilgan va tinglovchilarda katta taassurot qoldirgan. Koʻplab qadimiy musiqiy folklor namunalari ilgari ham allomalarimiz tomonidan tadqiq etilganligi barchaga ma’lum. Ijod namunalari koʻproq yilning ma’lum bir kunlari, ya’ni marosimlari bilan bogʻliq boʻlgan. Misol sifatida oʻzbek xalqining ijodiyotini keltirish mumkin. «Lola bayrami», mehnat qoʻshiqlaridan – «Xashar», «Paxta teradi», «Suz xotin», toʻy marosim qoʻshiqlari – «Yor-yor», «Oʻlan», bolalar ijro etadigan – «Boychechak», «Ramazon qoʻshiqlari», «Laylak keldi», «Oftob chiqdi», «Choriy chambar» va shunga oʻxshash turli mavzulardagi qoʻshiqlarni xor ijrochiligi shaklida koʻrish mumkin. Ular faqat tabiat qoʻynida, aniq bir marosimlarda oʻz-oʻzidan ijro etilgan. Bizning tushunchamizdagi dirijorlarda ehtiyoj boʻlmagan. Xor ijrochiligi sahna sharoitiga koʻchgandan soʻng rahbar boshqarib borishi lozimdir. 1918-yilda Xalq konservatoriyasi ochilishi xor San’ati targʻibotida muhim rol oʻynaydi. Toshkent shahrida birinchi boʻlib jonkuyar ustoz, izlanuvchan inson, maʻrifatparvar Ali Ardobus Ibrohimov rahbarligidagi oltmishta oʻzbek ogʻil bolalaridan tashkil topgan maktab teatr jamoasi tuzildi. V.Sakovich tashkil etgan «Zebbiniso», Sh.Shoumarovning «Namuna» va S.Yenikeyevaning oʻzbek qizlar xor jamoalari tuzilishi ham xor ijrochiligi ommaviylashishida munosib oʻrin tutgan. 1936-yilda Oʻzbekistonda birinchi xor kapellasi tuzilgan va unga M.Lepexin rahbarlik qilgan. Dastlabki konsert dasturi xalqaro miqyosda, xususan, Moskvada boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston adabiyoti va San’ati kunlarida namoyish etilib, keng tinglovchilar olqishiga sazovor boʻlgan. Shu yoʻsinda Respublika teatrlarida, harbiy okruglarda, oʻrta maktablarda, oʻquvchilar saroylarida xor jamoalari tuzilishi avj oldi [2]. Oʻzbekistonda xor ijrochiligini yuqori darajaga koʻtarish uchun yana bir muhim vazifani amalga oshirish joiz edi. Bu kadrlar tayyorlash ishi boʻlib, Toshkent davlat konservatoriyasida (hozirgi – Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi) 1943-yildan boshlab xor dirijorlari tayyorlana boshlandi. Xud

Доказательный фрагмент

«Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san’ati turlaridan biridir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xor ijrochiligi hozirgi kunda keng tarqalgan asl xalq san’ati turlaridan biridir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
simfonik orkestr, solist, ma’naviyat, dirijorligi, musiqa, Xor, xor janri, kompozitor, dirijor, madaniyat, san’at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники