Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK FRAZEOLOGIYASINING O‘RGANILISH TARIXI
Ixtiyorbek Norov · Matmuratova Muyassar
Международный журнал теории новейших научных исследований · 2026
Аннотация
O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi taribida mustaqil soha sifatida shakllanib etmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar, turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Kalit so’zlar: frazeologiya, muammo, tarix, sintaksis, leksik. Ma’lumki, o‘zbek frazeologiyasining nazariy masalalari dastlab E.D.Polivanov ishlarida o‘rtaga qo‘yilgan edi. U rus va ayrim sharq tillari frazeologiyasini o‘rgandi va shu asosida frazeologiyani mustaqil lingvistik soha sifatida ajratish haqida fikr bildirdi. E.D.Polivanovning ta’kidlashicha, yangi shakllanadigan frazeologiya sohasi leksikologiyaga nisbatan xuddi sintaksis morfologiyaga nisbatan egallagan o‘rinda bo‘lishi lozim. «…Sintaksisga teng keluvchi yangi sohaning shakllanishiga ehtiyoj sezilmoqda, - deb yozgan edi E.D.Polivanov, - lekin sintaksis so‘z birikmalarining umumiy tiplarini, xususiyatlarini o‘rgansa, yangi shakllanadigan soha leksemalarning o‘zaro munosabati asosida yuzaga keladigan birikmalarning konkret, individual (leksik) ma’no xususiyatlari bilan shugullanadi. Yangi shakllanadigan sohani E.D.Polivanov frazeologiya yoki idiomatika deb nomlagan edi. O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. 50-yillargacha frazeologiya hali o‘zbek tilshunosligi taribida mustaqil soha sifatida shakllanib etmagan edi. Bu davrda frazeologiyaga doir dastlabki ma’lumotlar, turg‘un birikmalarga oid ilk nazariy fikrlar grammatika va stilistikaga, ayrim o‘zbek shoirlari, yozuvchilarining badiiy mahorati tadqiqiga bag‘ishlangan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Bunday ishlar A.G‘ulomov, U.Tursunov, A.K.Borovkov, F.Kamol, X.Zarif, V.Abdullayev, N.Mallayev singari mashhur tilshunos va adabiyotshunos olimlarning qalamiga mansub edi. Jumladan, A.Sa’diy, V.Abdullayev kabi adabiyotshunoslarning Alisher Navoiy asarlarida turg‘un birikmalar, xalq iboralarining qo‘llanilishiga oid fikrlari hozir ham o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Sh.Rahmatullayevning «O‘zbek frazeologiyasining ba’zi masalalari» nomli monografiyasida frazeologik sinonimlar tahlilidan keyin chiqargan quyidagi ilmiy 7.1 11 2 9 xulosasi har jihatdan asoslidir: «Har bir frazeologik sinonimga to‘g‘ri va to‘liq xarakteristika berish uchun uni sinonimiya uyasi ichida olib, boshqa sinonimlari bilan qiyoslab o‘rganish zarur. Bunda sinonimlar turli-tuman nuqtalardan tekshiriladi, ular orasidagi o‘xshashlik ham, farqlar xam ta’kidlanadi. Sinonimlar orasida farqlar qancha oz bo‘lsa, ularni nutqda bir-birining o‘rnida ishlatishga imkoniyat ortadi va aksincha bo‘lsa, bunday imkoniyat ozayadi. Qay darajada bo‘lmasin, sinonimlarni o‘zaro almashtirishga yo‘l qo‘yuvchi konktest mavjud bo‘ladi. Bundan almashtirish bilan nimanidir yo‘qotiladi, nimagadir ega bo‘linadi. Xuddi ana shu «nimalardir» sinonim iboralarning xar biriga tilda yashash huquqini beradi». Umuman olganda, Sh.Rahmatullayev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «variantlashish tufayli bir ibora boshqa bir iboraga aylanmaydi, bir iboraga xos obraz birligi, ma’no birligi saqlanadi. Variantlashish tufayli yuz beradigan o‘zgarishlar iboralarga xos yaxlitlikni emirmaydi, parchalamaydi, balki iboraga xos yaxlitlik doirasida, shu yaxlitlik yo‘l qo‘ygan darajada voqea bo‘ladi. Aks holda yo ibora yo‘qqa chiqadi, yoki boshqa bir ibora barpo qilinadi». Ko‘rinadiki, professor Sh.Rahmatullayevning tadqiqotlari o‘zbek frazeologiyasining shakllanishi va rivojida alohida qimmatga egadir. Frazeologiya masalalariga oid 1-Butunittifoq ilmiy anjuman (1959)da professor U.Tursunov tomonidan o‘zbek frazeologiyasining umumnazariy masalalari o‘rtaga qo‘yildi. Olim to‘g‘ri ta’kidlaganidek, frazeologiya sohasida umumnazariy masalalarni tadqiq etishga alohida e’tibor qilmasdan turib, o‘zbek tili frazeologiyasini keng va chuqur o‘rganish ishini yaxshi yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Shu ilmiy anjumandan keyin yuzaga kelgan ilmiy maqolalarda o‘zbek tili frazemalarining hosil bo‘lishi, grammatik xususiyatlari, sintaktik vazifasi, ibora komponentlarining tartibi kabi masalalar o‘rganilgan edi. Xuddi ana shunday ishlar o‘zbek frazeologiyasining nazariy va amaliy jihatdan rivojlanishi uchun zamin bo‘ldi. Ayrim ishlarda tilning mustaqil birligi sifatida qaraladigan frazeologik birliklarlarni belgilovchi xususiyatlar-tayyor holda mavjudlik, strukturasi va komponent tarkibining turg‘unligi, birikmaning o‘z ma’nosini turli darajada yo‘qota borishi, ustama ko‘chma ma’noloning yaxlitligi kabilar o‘zbek tili frazeologik birliklarlari materialida tahlil qilinadi, bunday tadqikotlarda frazeologik birliklarni belgilovchi tayanch xususiyatlar topishga, iboralarni qo‘shma so‘zlar, erkin so‘z birikmalaridan farqlashga harakat qilinadi, o‘zbek tilidagi frazeologik birliklarlarning grammatik, semantik
Доказательный фрагмент
«O‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbek frazeologiyasining asosiy muammolarini ilmiy jihatdan o‘rganish ishlari boshlanganiga qirq yildan oshdi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sintaksis, leksik, frazeologiya, muammo, tarix
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025