Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRAZEOLOGIZMLARLARNING SHAKLLANISH MASALALARI
FRAZEOLOGIZMLARLARNING SHAKLLANISH MASALALARI · Ixtiyorbek Norov
Международный журнал теории новейших научных исследований · 124-126 · 2026
Аннотация
Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi. Shuningdek, frazeologizmlar hayvonlar obrazini gavdalantirish va muayyan kasb-korga bog‘liqligi jihatidan ham shakllanadi. Kalit so’zlar: Frazeologizm, leksema, obraz, emotsional frazeologizm, frazeo-semantik. Frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari leksemalarning shakllanishidan farqlanadi. Ularning shakllanishi turli davrlarda sodir bo‘ladi va turli ijtimoiy-hayotiy voqealar, tasavvurlar, kishilar hayotiy tajribalarining umumlashuvi asosida ro‘y beradi. Frazeologizm ma’lum bir obraz asosiga quriladi va shu obrazni gavdalantirishda xar xil perdmet, voqea-hodisa, tasavvurlarning nomlaridan foydalaniladi. «Frazeologizmlarni shakllanish doirasi jihatdan o‘rganish alohida ahamiyatga ega».1 Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi. Shuningdek, frazeologizmlar hayvonlar obrazini gavdalantirish va muayyan kasb-korga bog‘liqligi jihatidan ham shakllanadi. Shunga ko‘ra, shakllanish doirasi bo‘yicha frazeologizmlarni 4 katta guruhga ajratish mumkin: 1) shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar; 2) kasb-korga bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar; 3) hayvonlar obrazi asosida shakllangan frazeologizmlar; 4) din va dindorlikka bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar; Quyida ularning har qaysisiga alohida-alohida to‘xtalib o‘tamiz. 1. Shaxs faoliyati va psixikasi bilan bog‘liqligi jihatidan shakllangan frazeologizmlar. O‘zbek tilida ko‘pchilik farazeologizmlar shaxsning faoliyati, psixik holati, kechinmalari, intellektual qobiliyati, emotsiyasi doirasida shakllanadi. Ta’kidlanganidek, «leksika o‘z majmuasida voqea-hodisalar, faktlar, jarayonlar nomini ifoda etsa, frazeologizmlar, birinchi navbatda, qayg‘u, his-hayajon, tuyg‘u, individlarning psixik holati, baxti, sevgi-muhabbati mavzusini, shaxsning sifat ko‘rinishlarini ifoda etadi». Darhaqiqat, frazeologizmlar shaxsning u yoki bu psixik 1 Rаhmаtullаyеv Sh. O’zbеk tilining frаzеоlоgik lug’аti. –Tоshkеnt, 1992. –B.3. 7.1 19 2 9 holati, his-hayajoni, ichki kechinmalari, voqea-hodisalarga munosabatini obrazli, emotsional-ekspressiv ifodalash zarurati asosida shakllangan til hodisasidir. Tilshunoslikda shaxsning faoliyati va psixik holatini ifodalovchi frazeologizmlarni semantik tavsiflash, ularni ideografik semalar jihatidan tahlil etish bo‘yicha qator ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda shu xildagi frazeologizmlarning o‘rganish doirasini emotsional-ekspressiv frazeologizmlar, emotsional-frazeologik maydon, frazeologik onomasiologiya kabi terminlar bilan ifodalanmoqda. Shaxsning mana shunday xislatlarini ifodalovchi frazeologizmlarni semantik to‘dalarga ajratib o‘rganish bo‘yicha ma’lum tadqiqotlar ham olib borilgan. Jumaladan, R.I.Yaransev o‘z ishida emotsional frazeologizmlarni semantik qatorlarga ajratib o‘rganadi. Ammo lug‘atda frazeologik materiallarni berishda bir qator noaniqliklar mavjud. Jumladan, ishda tadqiq etilayotgan materiallar tanlashning aniq chegarasi ko‘rinmaydi. Shuning uchun ham emotsional frazeologizmlardan tashqari kishilarning intellektual faoliyati bilan bog‘langan frazeologizmlar lug‘atdan o‘rin olib qolganligi maqsadga muvofiq emas. Fikrimizcha, frazeologik materialni tanlashda nutqda emas, balki, sintaktik qurshovsiz reallashadigan ma’no nuqtai- nazaridan kelib chiqib ish tutilganda ayni muddao bo‘lar edi. O‘zbek tilshunosligida ham emotsional-ekspressiv frazeologizmlarni o‘rganish, ularni ma’lum guruhlarga ajratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo yuqorida zikr qilingan ishlarda, asosan, frazeologizmlarga emotsionallik va ekspressivlik nuqtai nazardan yondashilgan bo‘lib, ular faqat semantik jihatdan sharhlanadi. Kuzatishlar esa psixologik holatni ifodalovchi frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlari alohida ilmiy tadqiqot etilishi zarurligini ko‘rsatadi. Chunki o‘zbek tili frazeologizmlarining ko‘pchilik qismini shu guruhga tegishli iboralar tashkil etadi. Shuning uchun mazkur guruhga kiruvchi frazeologizmlarning shakllanish xususiyatlarini tadqiq etishni zarur deb hisoblaymiz. Ishning maqsadlaridan biri frazeologizmlarni ko‘rsatilgan doirada o‘zakda shakllanish jarayonlarini o‘rganishdan iborat bo‘lganligi tufayli tilshunoslikda ma’qul deb topilgan turli terminlarni inkor etmay, shaxs faoliyati va psixik holatini ifodalovchi frazeologizmlar terminidan foydalanamiz. Bunda psixika keng ma’nodagi tushuncha ekanligidan kelib chiqiladi. Kishining psixik holati deyilganda, ularning his-hayajoni, emotsiyasi, kechinmalari kabi turli-tuman fiziologik jarayonlar tushuniladi. Kishilarning psixologik holati juda keng va ko‘lamli bo‘lib, ularning qirralari, variantlari turli-tuman va cheksizdir. Shuning uchun ham tilda psixik jarayonlarni ifodalash
Доказательный фрагмент
«Frazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi.»
Образец извлечения
Демо-превьюFrazeologizmlar asosan shaxs tushunchasi bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsning u yoki bu tarzdagi tasavvurlari, hatti-harakatlari, fiziologik hamda psixik holatlarini ifodalaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- frazeo-semantik, emotsional frazeologizm, Frazeologizm, obraz, leksema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026