К содержанию
РецензированоUZ2026

ZAMONAVIY MILLIY IQTISODIYOTDA KORXONALARNING BOSHQARUV HISOBINI TASHKIL ETISH VA UNING ASOSIY TAMOYILLARI.

Radjabova Mohinur

Современная наука и исследования · 34-43 · 2026

Аннотация

This article will talk about the necessary information on the organization of management accounting of enterprises in the national economy and the subject of Science in management accounting. Keywords: market mechanisms, cost management,investment projects, inflation, management planning, operational control. Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari xoʼjalik yurituvchi barcha subʼektlarda, ularning faoliyat turi va mulk shaklidan qatʼiy nazar, boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish, shuningdek uni yanada takomillashtirishga talab oshib bormoqda. Shu bilan birgalikda qayd etish joizki, ayni paytda korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etish va yuritish amaliѐti, korxonalar rahbarlarining barcha talablariga ham javob bera olmaydi. Buning bir qator obʼektiv va subʼektiv sabablari mavjud. Ular nafaqat boshqaruv hisobini amaliy joriy etish masalalari bilan, balkim uni tashkil etish va yuritishning nazariy va metodologik masalalari va muammolari bilan ham bogʼliq. 141 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Xususan, shu borada olimlar oʼrtasida boshqaruv hisobining funktsiyalari, obʼekti va predmeti, metodi hamda tamoyillari borasida ham turli xil qarashlar va munozaralar mavjud. Boshqaruv hisobi ana shunday maʼlumotlarni boshqaruv qarorlarini toʼgʼri qabul qilish maqsadida korxona ichidagi turli darajadagi boshqaruv rahbarlari uchun shakllantiradi. Boshqaruv hisobining mohiyati korxona rahbarlarining oʼz oldiga qoʼygan maqsadlari bilan aniqlanadi: u ichki tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining manfaatlari hamda maqsadlaridan kelib chiqqan holda maʼmuriyat qarori bilan yana oʼzgartirilishi ѐki maʼlum bir tuzatish-qoʼshimchalar kiritilishi ham mumkin. Oddiyroq holda ifoda qilinadigan boʼlsa, har bir korxona oʼzining oldiga qoʼygan maqsadlari va real imkoniyatlari darajasidan kelib chiqib, boshqaruv hisobini turli koʼrinish va shakllarda tashkil etishlari mumkin.Boshqaruv hisobining vujudga kelishi xarajatlar hisobini tashkil etish va yuritish bazasida yuzaga kelgan, shuning uchun uning asosiy tarkibiy qismini turli yoʼnalishlardagi kelgusi va oʼtgan davrlar uchun ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi. Ushbu holat keyingi vaqtda milliy iqtisodiy adabiyotlarda paydo boʼlgan “boshqaruv hisobi” tushunchasini aniqlashda, shuningdek buxgalteriya hisobini olib borishda va boshqaruv faoliyatida uning maʼlumotlaridan foydalanishda muhim rolь oʼynaydi. Eʼtirof etish joizki, ana shu fikr- mulohazalardan kelib chiqib, bir qator olimlarimiz boshqaruv hisobini xarajatlar hisobi bilan bir yaxlitlikda talqin qilishadi. Yana bir muhim holat – bu boshqaruv hisobining bevosita maʼlumotlarning atroflicha tahlilini tashkil etishi bilan bogʼliq boʼlib, u nafaqat nazariyachi olimlar, shuningdek amaliѐtchilar tomonidan ham boshqaruv hisobi mohiyatini aniqlashda eʼtirof etiladi. Boshqaruv hisobi tarkibida maʼlumotlar yigʼiladi, guruhlanadi, identifikatsiya qilinadi, tarkibiy boʼlinmalar faoliyatini natijalarini toʼliq aks ettirish hamda korxonaning foyda olishda qatnashish darajasini aniqlash maqsadlarida oʼrganiladi. Hisob siyosatida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi amaldagi va rejadagi xarajatlarni hamda ishlab chiqarish xarajatlarini taqqoslash jarayoni sifatida keltirib oʼtiladi. Boshqaruv hisobi mohiyatini aniq belgilashda korxonaning maʼlumot nazorat tizimi yaxlitligini ifodalovchi belgilar yigʼindisi: uzluksizlik, aniq bir maqsadga qaratilganlik, maʼlumotlar taʼminotining toʼliqligi, jamiyatdagi obʼektiv iqtisodiy qonunlarning amaliѐtda aks ettirilishi, tashqi va ichki sharoitlar oʼzgarishi natijasida boshqaruv obʼektlari taʼsirchanligining oʼzgarishi va shu kabilarni koʼrib chiqish taqozo etiladi.Koʼpgina mualliflar boshqaruv hisobi mohiyati toʼgʼrisida turli-tuman qarashlarni ifodalaydi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotning oʼziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv hisobi mohiyatini quyidagicha izohlash mumkin. Boshqaruv hisobi - korxonaning muammolarini hal etish va istiqboldagi rivojlanishini taʼminlashga qaratilgan tezkor (operativ) boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar hisobi, meʼyorlashtirish, rejalashtirish, nazorat va tahlil tizimini ifodalovchi maʼlumotlarni bir tizimga soladi. 142 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Berilgan ushbu taʼrif boshqaruv hisobining obʼektlari, belgilari va maqsadlaridan kelib chiqib berilgan boʼlib, bular ushbu maqola doirasida atroflicha koʼrib chiqiladi. Boshqaruv hisobining funktsiyasini belgilashda bir qator rivojlangan bozor munosabatlariga ega mamlakat, shuningdek rossiyalik olimlar quyidagi qarashlarni alohida taʼkidlaydilar: 1. Boshqaruv hisobi boshqaruvning turli boʼgʼinlarini maʼlumotlar bilan taʼminlaydi; operativ nazorat funktsiyasi hamda istiqbolli rejalashtirish funktsiyasini bajaradi. 2. Boshqaruv hisobi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun maʼlumotlar tayѐrlaydi; turli xil boshqaruv boʼgʼinlari uchun tahliliy hisobotlarni tuzadi; rahbarlarni chetlanishlarni boshqarishga yo

Доказательный фрагмент

«This article will talk about the necessary information on the organization of management accounting of enterprises in the national economy and the subject of Science in management accounting.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will talk about the necessary information on the organization of management accounting of enterprises in the national economy and the subject of Science in management accounting. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
market mechanisms, cost management, investment projects, inflation, inflyatsiya, boshqaruv rejalashtirish, tannarxini boshqarish, operativ nazorat., Bozor mexanizmlari, investitsiya loyihalar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники