Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILI MUSIQA TERMINLARI TADQIQI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Eshbo‘tayeva Shohsida (in-academy.uz/index.php/yo) · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1981
Аннотация
Ushbu maqolada musiqa terminlarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi tadqiq etilgan bo‘lib, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur tilshunoslik nuqtayi nazardan tahlili hamda antroposentrik jihatdan ahamiyati bayon qilingan. Kalit so‘zlar: o‘zbek tilshunosligi, musiqa termin, tasnif, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur, lingvokulturologiya. O‘zbek tili terminologik tizimi tarkibida musiqa terminlari salmoqli qismni tashkil qiladi. Musiqa terminlari ilk bor 1981-yilda Sami Azizov tomonidan tadqiq etilgan1. Tadqiqotchi musiqani insonning ma’naviy dunyosi, uning intilishlari, his-tuyg‘ulari, istaklari badiiy shaklda ifodalanishi deya ta’riflaydi. Musiqa va qo‘shiqda xalq tarixi va ruhi yashaydi deya musiqa san’atining lingvokulturologik xususiyati borligiga urg‘u beradi. S.Azizov o‘zbek tili musiqa terminlarini quyidagicha tasnif qiladi: 1) musiqiy cholg‘u nomlari va ularning qismlarini ifodalovchi terminlar; 2) musiqiy janrlar va ularning turlarini anglatuvchi terminlar; 3) musiqiy jarayonlarni bildiruvchi terminlar; 4) musiqiy o‘lchovlarga oid terminlar. Olim o‘zbek musiqa terminologiyasining shakllanishi va rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatgan davr sifatida XIX asr oxiri – XX asr boshlarini qayd etadi. Bu davrda rus tili orqali bevosita hamda bilvosita musiqa terminlari o‘zbek tili tarkibiga kirib kelganligini ta’kidlab, tadqiqotda aynan qabul qilingan yoki kalka usulidan foydalangan holda o‘zlashgan musiqa terminlariga alohida e’tibor qaratadi. Shu bilan birga, arab va fors-tojik tilidan o‘zlashgan musiqa terminlarini ham tasniflaydi. Biroq tadqiqotchi biror o‘zlashmaga uning mazmunini o‘zida aks ettirgan o‘zbekcha muqobilni tavsiya etmaydi. Buning sababi o‘sha davrdagi tilga siyosati bo‘lishi mumkin. Ushbu tadqiqotda musiqa terminlari, asosan, leksik va grammatik jihatdan o‘rganilgan bo‘lib, ularning talay qismi bugungi kunga kelib, istorizm yoki arxaizimga aylangan. Darhaqiqat, musiqa va uni ifodalovchi birliklarda xalq ruhiyati mujassam ekani, musiqa terminlarining o‘ziga xos semantik xususiyatlari, madaniyat va til mushtarakligi hamda bu jarayonda san’at terminlarining o‘rni kabi jihatlar til rivojida muhim. Shu ma’noda musiqa terminlari turli tadqiqotlar tarkibida ham o‘rganilgan. Jumladan, H.Dadaboyev harbiy maqsadlarda foydalanilgan musiqa terminlariga: naqàra, nafir, körägä, kös, burğu kabilarni misol qilib keltiradi.2 Turkolog Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asarida voqelangan: xànanda, sàzanda, muğanniy, un tart, musiqiy fani, arğanun, qànun, qobuz, yatağan, ud, vizràb kabi terminlarning turkiy xalqlar uchun umumiy xarakterga ega ekanligini ta’kidlaydi. 1 Азимов С. Лексикого-грамматическое исследование музыкальной терминологии узбекского языка. дисс. … канд. филол. наук. – Ташкент, 1981. 2 Дадабоев Ҳ. Обшественно-политическая и социално-экономическая тарминология в тюркоязычных письменных памятниках XI-XIV вв. Ташкент: Ёзувчи, 1991. – C. 186. 94 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Shuningdek, N.Shodmonov3 va Z.Aripovning4 tadqiqotlarida turkiy tillarga, xususan, o‘zbek tiliga fors va arab tillaridan ko‘plab terminlar o‘zlashgani aniqlangan. Tadqiqotchi U.Muminova Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asari leksikasini tahlil etib, asarda XIV-XV asrda faol bo‘lgan musiqa asboblari va kuy bilan bog‘liq bo‘lgan ǧijjak, ud, nay, čaǧāna, qanun, tanbur, nāla, rubāb, qobuz, čaŋ kabi musiqa terminlarini keltirib o‘tadi.5 Z.Xolmanova “Boburnoma” asari leksik tahlilida musiqaga oid terminlar sifatida peshrav, soz; asbob, qonun, parda, nag‘amot, chang, tor; sozandalar chargasi, raqs, raqqosliq kabi terminlarni ajratib, ularning matn tarkibidagi semantik xususiyatiga e’tibor qaratadi6. Asarda keltirilgan musiqaga oid terminlarni: “kuy” tushunchasini bildiruvchi terminlar, kuy nomlarini bildiruvchi terminlar, kuy bastalovchi shaxs tushunchasini bildiruvchi terminlar, musiqa asboblari nomlari kabi mavzuviy guruhlarga ajratadi. Asar leksikasidagi ayrim antroponimlar tarkibidagi nisbalar musiqa asboblari nomlaridan shakllanganini aytadi: Udiy, Noyi, G‘ijjakiy. Bunday ismlar shaxsning kasbi-kori, ajdodlarini aks ettirganligi haqida ma’lumot beradi7. Binobarin, o‘zbek tilshunosligida yaratilayotgan ko‘pgina tadqiqotlar tarkibida musiqa terminlari alohida mavzuviy guruh sifatida o‘rganilishi musiqa terminologiyasi tadqiqiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois musiqa terminlarining jahon va o‘zbek tilshunosligidagi semantik tasnifiga tayangan holda o‘zbek tili musiqa terminlari quyidagicha guruhlandi: 1) musiqa cholg‘ulari va ularning qismlarini ifodalovchi terminlar: dutor, kosa, quloq; 2) musiqa janrlari va ularning turlarini ifodalovchi terminlar: maqom, ushshoq, ashula, katta ashula, qo‘shiq, mehnat qo‘shiqlari, estrada, jaz, milliy estrada; 3) musiqiy o‘lchovlarni ifodalovchi terminlar: duol, kvartol, detsimol, 2/2, 2/4; 4) musiqiy kasblarni ifodalovchi terminlar: cholg‘uchi, qo‘shiqchi, o‘yinchi, operachi, dutorchi, changchi, doyirachi; 5) grafik terminlar: A (lya), C (do),
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada musiqa terminlarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi tadqiq etilgan bo‘lib, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur tilshunoslik nuqtayi nazardan tahlili hamda antroposentrik jihatdan ahamiyati bayon qili…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada musiqa terminlarining o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi tadqiq etilgan bo‘lib, qiyosiy-tarixiy, sistem-struktur tilshunoslik nuqtayi nazardan tahlili hamda antroposentrik jihatdan ahamiyati bayon qili… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qiyosiy-tarixiy, tasnif, musiqa termin, lingvokulturologiya., o‘zbek tilshunosligi, sistem-struktur
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026