К содержанию
РецензированоUZ2026

TARJIMANING XALQARO MUNOSABATLARDA TA’SIRI VA UNING MAMLAKATLARARO ALOQALARDAGI O’RNI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MAMLAKATLARARO ALOQALARDAGI O’RNI (in-academy.uz/index.php/yo) · Baxromova Muxlisa Otabek qizi (in-academy.uz/index.php/yo) · Turaeva Shoira Muxtarovna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada tarjima va elchilikning xalqaro munosabatlardagi asosiy ta’siri, tarjimonning davlatlararo aloqalarda o’rni va tarjimaning madaniy aloqalardagi asosiy roli haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so’zlar: tarjima, tarjimon, elchi, diplomatiya, madaniy to’qnashuvlar, xalqaro munosabatlar, madaniy qadriyatlar, turli e’tiqodlar. Xalqaro munosabatlar rivojlangani sari davlatlarda tarjimonlik, elchilik sohasiga e’tibor va talab kuchayadi. Aynan tarjima vositasida ikki tilda gaplashuvchi mamlakatlar o’zaro aloqa o’rnatadilar. tarjima maqsadi-g’oyalar va voqealarni vaqt va makon orqali yetkazish,tushunishga,amalga oshirishga yoki isbotlashga xizmat qilishdir. Bir-biriga tobora yaqinlashyotgan dunyoda tarjima til to’siqlarini bartaraf etish orqali muhim ro’l o’ynaydi. Tarjima juda ko’p sohalarda zarur bo’lgan axborot vositasi bo’lib, xususan, biznes, diplomatiya, sog’liqni saqlash , huquqshunoslik , boshqaruv va ta’lim kabi bir qator sohalarni xalqaro munosabatlarsiz tasavvur qilolmaymiz. Shuning uchun ham bu sohalar doim odamdan tarjimonlik qobiliyatini talab qiladi. Sayohat, xalqaro media va internetning rivojlanishi tufayli odamlar o’rtasidagi aloqa yanada osonlashdi. Dunyoning qolgan qismidan ajralib qolmaslik va bunday globallashgan muhitda erkin yashash uchun har bir kishi boshqalar bilan muloqot qilishi zarur. Shu sababli, madaniyatlararo muloqot har bir inson uchun zarurdir. Elchilik ham bu munosabatlarda asosiy rol o’ynaydi. Elchi o’z mamlakati va boshqa mamlakat o’rtasidagi tinch-totuv munosabatni saqlab turuvchi, o’sha mamlakat odamlarining timsoli va o’z mamlakati uchun siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy qarorlar qabul qiluvchi odam hisoblanadi. Aynan elchi orqali mamlakat xalqaro aloqalarga kirishadi va turli shartnomalar, sulhlar o’rnatishga muvaffaq bo’ladi. Professional nuqtai nazardan tarjimonlar va elchilar madaniyatlararo muloqot bo’yicha mutaxassis, vositachi va madaniyatlar o’rtasidagi ko’prik sifatida faoliyat yuritadilar. Ular ma’no, ohang va madaniy konteksni bir tildan boshqasiga aniq yetkazib, xalqlar bir-birini to’liq tushunishni ta’minlashdir. Tarjimonlar xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, diplomatik muzokaralarda ishtirok etish va bilim hamda madaniyat almashinuvida o’z hissalarini qo’shadilar. Madaniyatlararo muloqotning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan til va madaniyat bu jarayonning muhim qismlati sanaladi. Ammo tillarni bilish har doim ham o’zaro tushunish va muloqot jarayonidagi muvaffaqiyatni kafolatlamaydi. Ko’pincha, ishtirokchilar boshqa madaniyat vakillarining nutqini o’zlarining madaniy qoidalari va kutishlariga mos ravishda talqin qilishadi. Agar madaniy qoidalar sezilarli darajada farqlansa, tushunmovchiliklar yuzaga kelishi va hatto aloqalarning butunlay uzilishiga olib kelishi mumkin. Xalqaro munosabatlar jarayonidagi tushunmovchiliklarni oldini olish uchun boshqa til va madaniy 106 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo muhitda axborotni yetkazib beradigan vositachi bo’lishi kerak. Bu vazifa tarjimonga yuklatilgan bo’lib, davlatlararo muloqotning muvaffaqiyati to’liq uning malakasiga bog’liq. Elchi, tarjimon nafaqat ikki mamlakat tilini bilishi, balki ikki xalq madaniyati va qadriyatlaridan to’liq xabardor shaxs bo’lishi lozim. Tarjima nafaqat lingvistik, balki madaniy muloqot hamdir. Tarjima jarayoni har doim til va qadriyatning ajralmas rishtasini o’z ichiga oladi. Til xalqning madaniyatini ifodalaydi va uni shakllantiradi. Bir tilni boshqasiga tarjima qilishda tarjimon manbaning madaniy va kommunikativ konteksti asosida bog’liqlik shakllantirishi lozim. Tarjimada ikki yoki undan ortiq tillar o’zaro bog’langanidek, ikki yoki undan ortiq madaniyatlar aloqada bo’ladi. Bu madaniyatlarning umumiy jihatlari va milliy xususiyatlarini aniqlash xalqaro munosabatlar fenomenini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarjimonning vazifasi faqat matn yoki suhbatni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish emas, u boshqa madaniyatni va milliylikni ifodalashi ham uning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Amaliyot shuni ko’rsatadiki, xalqaro aloqalarni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun til bilimlari bilan birga boshqa madaniy muhitning me’yorlari, qoidalari, qadriyat va urf- odatlarini ham bilish joizdir. Chunki bu jarayon mamlakatlararo aloqalarda ikki tomon vakillari o’zaro bir-birlarini tushunishida asosiy vosita bo’lishi kerak. Umuman olganda,xalqaro munosabatlarda tarjima – bu nafaqat aloqa vositasi, balki xalqlar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, madaniy va siyosiy aloqalarni rivojlantirishning muhim omilidir. Bu faoliyatning sifatli amalga oshirilishi xalqaro barqarorlik va hamkorlikni ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, elchi va tarjimonlar ham mamlakatning va xalqlarning timsoli sifatida boshqa davlat vakillari tomonidan e’tirof etiladi. Shuning uchun ham bu soha vakillari o’z ishlariga mas’uliyatli va vatanparvar bo’lishi talab etiladi.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tarjima va elchilikning xalqaro munosabatlardagi asosiy ta’siri, tarjimonning davlatlararo aloqalarda o’rni va tarjimaning madaniy aloqalardagi asosiy roli haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tarjima va elchilikning xalqaro munosabatlardagi asosiy ta’siri, tarjimonning davlatlararo aloqalarda o’rni va tarjimaning madaniy aloqalardagi asosiy roli haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tarjimon, madaniy qadriyatlar, elchi, madaniy to’qnashuvlar, diplomatiya, xalqaro munosabatlar, turli e’tiqodlar., tarjima
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти