Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY TILNI O’QITISH TIZIMIGA DASTURIY ILOVALARNI BIRIKTIRISH
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Bozorova Maftuna O’lmas qizi (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqola til o’rganishda zarur bo’lgan interfaol platformalar, saytlar va programmalar va ularning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Til o’rganish murakkab jarayonligi, unda faqat nazariy va an’anaviy usullarga tayanib bo’lmasligi, shuning uchun dunyo bo’ylab ingliz tilida gapiruvchilar bilan bog’lana olish imkonini beruvchi dasturiy ilovalar bo’yicha sharhlar keltirilgan. Til o’rganishning hozirgi kundagi ahamiyati haqida ham fikrlar keltirilgan. Kalit so’zlar: xorijiy, aloqalar, grammatika, dasturlar, interfaol platformalar, Duolingo, ingliz atmosferasi. Bugungi kunda-kunga rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan zamonda xorijiy tillarni, ayniqsa ingliz tilini chuqur o’rganishga bo’lgan ehtiyoj oshib bormoqda. Sinfxonada o’qituvchining mavjudligini ta’minlash, uning rolini yanada oshirishga ham ulkan e’tibor qaratilgan.Buning asosiy sabablaridan biri til o’rganishning bizga siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy tarafdan olib keladigan foydalari hisoblanadi. Butun bo’ylab minglab mamlakatlarni o’zaro bog’lab turadigan omil til sanaladi. Mahsulotlarni xorijiy davlatlarga eksport qilishda, boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yishda ham til muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Ingliz tili hozirgi kunda jahon hamjamiyati ko’plab davlatlar uchun ikkinchi til sifatida qaralmoqda. Ingliz tilida kommunikatsiya qila olish jarayonlarini tezlashtiradigan bir qancha ilovalar mavjud. Ular ham maktab ta’lim tizimiga kiritilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Keling, bunday dasturlarning vazifasi, maqsadi hamda afzalliklarini birin-ketin ko’rib chiqamiz. 1. LinguaLeo. Bu ilovaning eng yaxshi ijobiy tomoni shundaki, bu insonlarga ingliz tilini o’rganishning o’yin tarzida tashkillashtirilgan metodini taklif etadi. Bir qancha o’yinlarni o’ynab bo’lgach, to’plagan balingizga ko’ra keyingi bosqichga ko’tarilasiz, shaxsiy lug’at bazangizni rivojlantirasiz. Bu programma, oddiy o’yinlardan tashqari, turli xildagi asarlar, materiallar, videolar va audiolarni o’z ichiga oladi. 2. Agar siz ingliz tilini o’rganishning bepul usulini izlayotgan bo’lsangiz, DuoLingo ilovasi aynan siz uchun. Yana bir afzallik tomoni shundaki, bu ilova sizni keraksiz reklamalar bilan bezdirmaydi. Boshqichma-bosqich ko’tarilgach, ballaringizni yig’asiz, ammo xato qilsangiz balingizdan ma’lum darajada ayrilasiz. 3. Free 4 Talk. Judayam super ilova. Bu dastur til o’rganuvchilarning kommunikativ mahoratlarini oshirishga mo’ljallangan. Bu ilova orqali dunyoning istalgan qismida turga ingliz tili o’rganuvchilari bilan muloqot qilish, fikr almashish imkonini qo’lga kiritasiz. Kichik va katta guruhlar taqsimlangan bo’lib, o’zingizga mosini tanlagan holda qo’shilishingiz mumkin. 4. Grammarly. Albatta, ingliz tilini o’rganishni uning grammatikasisiz tasavvur qillib bo’lmaydi. Grammarly ilovasi klaviaturada yozayotganingizda sizdagi grammatik xatolarni to’g’irlaydi. O’z xatolaringiz ustida ishlash uchun ajoyib imkon. 104 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo 5. Elsa speak. Ushbu dastur ham siz uchun speaking mahoratlaringizni oshirish uchun ko’plab imkoniyatlarni taqdim etibgina qolmay, sizni muloqotda yo’l qo’ygan xatolaringiz haqida ham qisqacha ma’lumot beradi. Yana bir afzallik tomoni shundaki, agarda siz introvert inson turi bo’lsangiz va jonli muloqotlarda o’zingizni yo’qotib qo’ysangiz, bu ilova siz uchun ajoyib imkoniyat, ya’ni bunda hech qanday inson omili ishtirok etmaydi. Siz sun’iy intellekt bilan suhbatlashasiz. 6. Ko’plab mutaxassisslar ingliz tilini chuqurroq o’rganishga ko‘maklashuvchi filmlar tomosha qilishni tavsiya qilishadi. Misol uchun Garri Potter filmini aktyorlarning haqiqiy aksenti bilan tomosha qilish ingliz tilidagi so’zlarning aslida qanday to’g’ri talaffuz qilish kerakligini o’rgatadi. Bu jonli ingliz atmosferasini yaratadi. Ushbu filmni topish qiyin vazifa emas, albatta. You Tube, Netflix kabi platformalar siz uchun ajoyib qo’llanma bo’la oladi. 7. Speak PAL. Dunyo miqyosida ingliz tilini o’rganuvchilar orasida ommalashgan dastur. Bu ham sizga dunyo bo’ylab ingliz tilini biladiganlar bilan sizni bog’lashga xizmat qiladi. Va asosiysi, ilovadan foydalanish mutlaqo bepul. Siz o’zingizga mos darajadagi speakerlar bilan suhbatlashish huquqiga egasiz. B1,B2, C1 hamda C2 kabi ishtirokchilar o’z profillariga yozib qo’yishgan bo’ladi. XULOSA Boshqa bir tilni o’rganish oson ish emas, albatta. Ilovalar an’anaviy ravishda o’qitiladigan metodlarga qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Ushbu dasturlar oxirgi paytlarda judayam ommalashib bormoqda.. Interfaol ,platformalar o’yin metodikalari va multimedia materiallari orqali til o’rganishni xohlovchilarga juda qo’l keladi, desak mubolag’a bo’lmaydi. LinguaLeo, Study.ru, Englex, Duolingo kabi vebsaytlarning hammasi grammatik qoidalardan tortib talaffuz, o’qish, yozish va gapirish ko’nikmalarini har tomonlama kuchaytirishga qaratilgan.
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola til o’rganishda zarur bo’lgan interfaol platformalar, saytlar va programmalar va ularning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola til o’rganishda zarur bo’lgan interfaol platformalar, saytlar va programmalar va ularning afzalliklari haqida qisqacha ma’lumot beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- interfaol platformalar, grammatika, aloqalar, dasturlar, Duolingo, ingliz atmosferasi., xorijiy
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026