К содержанию
РецензированоEN2026

YANGI O'ZBEKISTONDAGI MADANIY-MA'RIFIY ISLOHOTLAR

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Oqyo'lova Gulnoza Miraxmad qizi (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

This article is devoted to the issue of spiritual and cultural reforms in the development of New Uzbekistan, analyzing the achievements and reforms achieved in this area in our country. It also covers the issue of cultural and educational reforms planned to be implemented in the future in our country. Key words: Culture, Third Renaissance, development, strategy, enlightenment, communication, initiative. Kirish. Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan madaniy-ma’rifiy islohotlar O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu masala xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev gapirar ekanlar, quyidagilarni ta’kidlaydilar: “Jamiyatimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash, madaniyat sohasini rivojlantirish, ilmiy-ijodiy tashkilotlar, muhtaram ziyolilarimiz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash ham biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘ladi. Biz qadimiy va boy tariximizni, ayniqsa, g‘oyat og‘ir sharoitda ilm-ma’rifat, inson erkinligi, xalq ozodligi, Vatanga, milliy qadriyatlarga mehr va sadoqat g‘oyalarini dadil ko‘tarib chiqqan jadid bobolarimiz faoliyatini yanada chuqur o‘rganishimiz lozim” . Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar mamlakatimizdagi barcha fuqarolarning orzumaqsadlarni o’zida ifoda etib, butun dunyoda yuksak e’tirof etilmoqda. Shundan kelib chiqib, Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessansni bunyod etish har bir fuqaroning burchi va mas’uliyatiga aylanmoqda. 128 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И МЕТОДОЛОГИЯ / LITERATURE REVIEW) Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviymadaniy islohotlarimiz quyidagi masalalrni o‘z oldiga dolzarb vazifa sifatida qo‘ymoqda: birinchidan, mamlakatimizda ma’naviy-madaniy islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirish va boʻsh vaqtlarining mazmunli oʻtishini taʼminlash, ijodiy jamoalarning milliy qadriyat, urf-odat va anʼanalarni oʻzida mujassam etgan namunali dasturlarini shakllantirish; ikkinchidan, xalq ijodiyoti va badiiy havaskorlik sanʼatini saqlab qolish va rivojlantirish, badiiy va amaliy ijodiy jamoalar, havaskorlik guruhlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoit yaratish hamda ijodiy jarayonni tizimli ravishda boyitib borish; uchinchidan, bolalarni toʻgaraklarga jalb etish, xorijiy tillarni oʻrganish va “nutq madaniyati” boʻyicha kurslarni tashkil etish, xalq ijodiyotining barcha janr va yoʻnalishlari, havaskorlik sanʼati va nomoddiy madaniy merosni keng targʻib qilish hamda ularni asl holicha kelajak avlodga yetkazish; to‘rtinchidan, adabiyot hamda sanʼat arboblari va professional ijodiy guruhlar bilan maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy-ommaviy tadbirlar tashkil etib, ular ishtirokida aholi, xususan, yoshlar bilan bevosita badiiy uchrashuvlar va davra suhbatlarini oʻtkazish; beshinchidan, tanlovlar, xalq ijodiyoti va tomosha sanʼatining tuman (shahar) miqyosidagi festivallarini oʻtkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijodkor yoshlarni qoʻllab- quvvatlash; oltinchidan, ommaviy bayram, tomosha va xalq sayillarini tashkillashtirish, ijtimoiy- madaniy sohada yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha ularga pulli xizmatlar koʻrsatish. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonini imzoladi. Ushbu farmonning qabul qilinishi xususida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev quyidagilarga alohida to‘xtalib o‘tadi: “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy omillar bilan birga, ma’naviy va ma’rifiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega” . NATIJALAR VA MUHOKAMA (РЕЗУЛЬТАТЫ И ОБСУЖДЕНИЕ / RESULTS AND

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the issue of spiritual and cultural reforms in the development of New Uzbekistan, analyzing the achievements and reforms achieved in this area in our country.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the issue of spiritual and cultural reforms in the development of New Uzbekistan, analyzing the achievements and reforms achieved in this area in our country. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Culture, Third Renaissance, development, strategy, enlightenment, Madaniyat, strategiyasi, komunikatsiya, Uchinchi Renessans, tashabbus., ma’rifat, taraqqiyot
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти