The American Journal of Social Science and Education InnovationsB.M. Botirov, Jour nal Website:2021
ПЕРСПЕКТИВЫ УСТОЙЧИВОГО РАЗВИТИЯ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В РЕГИОНЕ
SHAHAR TRANSPORTI INFRASTRUKTURASINING ATROF-MUHITGA · RUZMETOV ILXOM QODIROVICH. · RAXIMOV SARVAR IBRAGIMOVICH
Экономическое развитие и анализ · 2026
Аннотация
Ma'lumki, global iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri, birinchi navbatda, havo haroratining ko'tarilishi natijasida atmosferada ifloslantiruvchi moddalar va allergenlarning ko'payishi bilan bog'liq bo'lib, bu yurak, qon aylanish va havo-tomchi kasalliklarining kuchayishiga olib keladi. Kasalliklar va havodagi ortiqcha chang miqdori allergiya va bronxial astma bilan kasallanishning ko'payishiga olib keladi. Ayniqsa, so'nggi yillarda shaharlardagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan bog'liq ma'lumotlar tez-tez paydo bo'lmoqda. Hududlarda aholi farovonligini oshirishga shaharlarning barqaror rivojlanishi va ularning ekologik muammolarini hal etish orqali erishish mumkin. Kalit so'zlar: Ekologiya, transpotr, infratuzilma, global, inson, salomatlik, atmosfera, ifloslanish, allergiya, bronxial astma. Aннотация: Известно, что влияние глобального изменения климата на здоровье человека обусловлено, прежде всего, увеличением содержания в атмосфере загрязняющих веществ и аллергенов в результате повышения температуры воздуха, что увеличивает риск заболеваний сердца, системы кровообращения и заболеваний, передающихся воздушно-капельным путем. увеличивать. Болезни и избыток пыли в воздухе приводят к увеличению заболеваемости аллергией и бронхиальной астмой. Особенно в последние годы часто появляется информация, связанная с ухудшением экологической ситуации в городах. Улучшения благосостояния населения в регионах можно добиться за счет устойчивого развития городов и решения их экологических проблем. Ключевые слова: Экология, транспорт, инфраструктура, глобальный, человек, здоровье, атмосфера, загрязнение, аллергия, бронхиальная астма. Annotation: It is known that the impact of global climate change on human health is primarily due to an increase in the content of pollutants and allergens in the atmosphere as a result of rising air temperatures, which increases the risk of heart disease, circulatory system diseases and airborne diseases. increase. Diseases and excess dust in the air lead to an increase in the incidence of allergies and bronchial asthma. Especially in recent years, information related to the deterioration of the environmental situation in cities has often appeared. Improving the well-being of the population in the regions can be achieved through the sustainable development of cities and solving their environmental problems. Key words: Ecology, transport, infrastructure, global, human, health, atmosphere, pollution, allergy, bronchial asthma. Kirish. Bugungi kunda poytaxtimiz Toshkent shahrida va viloyatlar markazlaridagi shaharlarda transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shaharlarda yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirishda quyidagi masalalarini hal qilish muhim hisoblanadi: transportlar harakatini boshqarishning intellektual “aqlli svetofor” hamda “aqlli chorraha” tizimlarini joriy etish; velosipedlar harakatlanishlari uchun yo’laklarni qurish; shahar jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida yangi yo’nalishlarni tashkil etish, yangi dizayn asosida avtobus bekatlarini qurish, tabaqalashtirilgan tariflarni joriy qilish; yuk avtomobillarning shaharga kirishini ma’lum vaqt oralig’ida hamda ularning vaznini hisobga olgan holda ayrim cheklovlarni joriy etish; shahar ko’chalarida tirbandliklarni bartaraf qilish maqsadida yo’l bo’ylarida pullik to’xtash joylarini tashkil etish; chorrahalarning o’tkazuvchanligini oshirish maqsadida ularni qayta loyihalashtirish. Avtomobillashtirish jamiyatning iqtisodiy yuksalishiga ijobiy ta’sir ko’satishi bilan birga qator salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqaradi. Jumladan, avtomobillashtirishning salbiy oqibatlari yo’l-transport hodisalari natijasida ko’plab insonlarning halok bo’lishlari yoki tan jarohatlarini olishlari, shuningdek, yo’l-transport hodisalari natijasida yetkazilgan moddiy zararlar [3]. Shahar ko’chalari, aholi yashash joylardagi yo’l mintaqasida yuqori darajadagi shovqinlarning yuzaga kelishi, havo basseynlarining ifloslantirilishi, ko’chalarda to’xtab turuvchi avtomobillar tomonidan harakat bo’laklarining to’sib qo’yishlari, transportlarning chorrahalarda ushlanib qolishlari va harakat tezliklarining keskin pasayib ketishidan iboratdir. Mamlakatimizda iqtisodiy tarmoqni rivojlantirishda yo’l-qurilish sohasining roli muhim hisoblanib, iqtisodiyotni mustahkamlash va O’zbekistonni jahon hamjamiyatida nufuzini oshirish maqsadida uni yuqori darajadagi avtomagistrallar bilan ta’minlash, transport infrastrukturasini a’lo darajada rivojlantirishni taqazo etadi, bu esa birinchi navbatda avtomobil yo’llarini ustuvor tarzda rivojlantirib borishni talab etadi. Avtomobil atrof-muhit va insonga ekologik xavfsizlik jihatidan ta’sir ko’rsatadi, chunki ishlab chiqarilayotgan gazlar tarkibida inson sog’ligi uchun zararli komponentlar mavjud. Atmosfera havosining faqat to'xtatilgan qattiq moddalardan ifloslanishi yiliga 21 000 tagacha qo'shimcha o'limga sabab bo'lishi mumkin
Доказательный фрагмент
«Ma'lumki, global iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri, birinchi navbatda, havo haroratining ko'tarilishi natijasida atmosferada ifloslantiruvchi moddalar va allergenlarning ko'payishi bilan bog'liq bo'lib,…»
Образец извлечения
Демо-превьюMa'lumki, global iqlim o'zgarishining inson salomatligiga ta'siri, birinchi navbatda, havo haroratining ko'tarilishi natijasida atmosferada ifloslantiruvchi moddalar va allergenlarning ko'payishi bilan bog'liq bo'lib,… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ecology, transport, infrastructure, global, human, health, atmosphere, pollution, allergy, bronchial, регион, оценка, raqamlashtirish, digital economy, raqamli iqtisodiyot, digitization, assessment, region, modellashtirish, baholash, цифровая экономика, mintaqa, modeling, цифровизация, моделирование
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsBased On Grammatical Signals, Farokhat Sattarbergan Qizi Karimova +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsThe Saudi Scholarly Arrangement, Greenbaum G. +12021
Обзор законодательства УзбекистанаИ Эргашев2019