Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Qadimgi sug’diy bitiklar va ularda O’rta Osiyo qadimgi aholisi haqida ma’lumotlar.
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Norboyev Firdavs Zafarovich
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023
Аннотация
В письменных источниках можно найти различные сведения о древних жителях Средней Азии, особенно нашей страны. В частности, в статье освещается проделанная работа по изучению древнесогдийских письменных источников, изучению сведений о народах Средней Азии в этом сочинении и анализу содержащихся в нем фактов. Kalit soʻzlar: Buyuk ipak yo’li, Panjikent, Sug’diy til, "Avesto", Mug’ tog’i, "Ardvisura Yashti", Devashtich, g’upat, bozkrom, dapirpat, “farmon yetkazuvchi”. Ключевые слова: Великий шелковый путь, Панджикент, сугдийский язык, «Авеста», гора Муг, «Ардвисура Яшти», Деваштич, гупат, бозкром, дапирпат, «доставитель приказов». Hozirgi kunga qadar saqlanib qolgan sug’diy yozma manbalar ularda yoritilgan mavzu jihatidan diniy va diniy bo’lmagan manbalarga bo’linadi. Sug’diy yozma manbamalarning ko’pchiligi Buyuk ipak yo’li o’tgan joylardan, xususan, hozirgi Xitoy hududidagi Sharqiy Turkiston o’lkasi-Turfon vohasi va Dunxuan mintaqasidagi “Ming budda” g’orlaridan topilgan. Ushbu yozma yodgorliklarning deyarli barchasi diniy 19 7 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь mazmunda bo’lib, ular orasidagi buddaviylikka oid matnlar xitoy tilidan, moniylikka oid matnlar o’rta davr forsiy tili hamda Eronda Ashkoniylar sulolasi hukmronlik qilgan davrdagi pahlaviy tilidan, xristianlikka oid matnlar esa suryoniy tilidan sug’diychaga tarjima qilingan. Shuningdek, ilm ommasiga Yettisuv (Janubi-Sharqiy Qozog’iston va Markaziy Qirg’iziston) hududidan topilgan sopol buyumlar va tog’ qoyalariga bitilgan o’nlab sug’diy bitiklar ma’lum. Bundan tashqari, “Mug’ tog’i sug’diy arxivi“ deb yuritiluvchi majmua VII asr oxiri-VIII asr boshlariga oid 80 ga yaqin noyob hujjatni o’z ichiga olib, ular Sug’d konfederasiyasiga tobe Panch hukmdorligi (Panjikent) saroyi hamda turli mulk hokimlari va amaldor a’yonlarga tegishli hujjatlar yig’indisidan iborat. Shuningdek, milodiy VII-VIII asrlarga taalluqli Chilhujra (Ustrushona/Tojikiston)dan topilgan sug’diy hujjatlar majmuasi bir necha jihatlari bilan Mug’ hujjatlariga o’xshab ketadi.1 Umuman olganda, sug’diy tilda bitilgan yozma manbalarning ko’pchiligi, taxminan eramizning to’rtinchi asrlariga mansub bo’lgan “Qadimgi bitiklar” va Hind daryosining yuqori oqimi havzalaridan topilgan toshbitiklardan tashqari, milodiy yettinchi asrdan o’ninchi asrgacha bo’lgan davrga oiddir. Shuningdek, yaqin yillarda topilgan Kul-to’ba sopol bitiklari (Aris daryosi havzasi/Janubiy Qozog’iston) milodning III-IV asrlarga oid yozma yodgorliklar sifatida e’tirof etilmoqda. Sug’diy tildagi manbalar haqida. Sug’d yozuvi orqali bizgacha eramiz boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan ko’plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida turli davr va hududlarga oid ko’plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan matnlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy matnlar parchalari, xo’jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor. Hujjatlar nashr etilishi bilan barobar asosan rus tiliga, qisman esa ingliz, fransuz, yapon, 1 Axmedv B. “O’zekiston tarixi manbalari”(qadimgi va o’rta asrlar davri). “O’qituvchi”, Toshkent, 2001-yil. 55 bet. 19 8 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь o’zbek va boshqa tillarga tarjima qilingan. Lekin ayrim hujjatlarning mazmunini tushunishda, tarixiy, tilshunoslik jihatlarini talqin etishda olimlar orasida bahs munozaralar mavjud. Soʻgʻd, Sugʻud-Markaziy Osiyodagi qadimiy tarixiy-madaniy viloyat. Ilk bor-miloddan avvalgi VII-VI asrlarda qadimiy "Avesto"da tilga olingan. Bu nom XX-asr boshlarigacha saqlangan. Miloddan avval VI asrda Ahamoniylar sulolasi vakillarining qoyatosh bitiklarida Sug’uda shaklida qadimiy Eron saltanatiga tobe qilingan satrapliklardan biri, mamlakat nomi sifatida qayd etilgan. Yunon manbalarida- Sogdianoy deb tilga olinadi. Xitoy manbalarida-Suli deb ataladi. Sugʻd yozuvi- yodgorliklari mamlakat nomini Sug'd yoki Sgʻud shaklida koʻrsatadi. Sugʻdik yoki Sgʻudik, Sugʻdiyonak-Sgʻudiyonak shakllari "Sugʻdga oid", "Sugʻdiy" kabi-maʼnolarda qoʻllanadi. O'rta asrlarda arabiy, forsiy, turkiy manbalar mamlakat-nomini "Sug'd" shaklida qoʻllaydi. "Sugʻd" soʻzining maʼnosi fanda har xil talqin qilib kelinadi. Masalan, Soʻch-GʻGʻ Soʻz-"kuymoq, yonmoq, porlamoq" deb izohlangan. Bundan Sugʻdni "Muqaddas ilohiy olov (Zardushtiylik tasavvuriga koʻra) bilan poklangan yer" kabi maʼnoda talqin etishga harakat qilingan. Yana bir izohga koʻra, "Sug'd" soʻzi sernam, unumdor yer deb tushuniladi. Bunga hozirga qadar pastlik, suv yigʻiladigan yer "S, Sugʻut" deb nomlanishini dalil qilib koʻrsatiladi. Avestoda Sug'd mamlakat nomi sifatida bir marta uchraydi. "Ardvisura Yashti"-("Obon Yasht") va Ardvi (Amudaryo) Ishkata, Paruta, Mouri, Suguda va Xvarazm tomon hayotbaxsh suvlari
Доказательный фрагмент
«В письменных источниках можно найти различные сведения о древних жителях Средней Азии, особенно нашей страны.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ письменных источниках можно найти различные сведения о древних жителях Средней Азии, особенно нашей страны. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Великий шелковый путь, Панджикент, сугдийский язык, Buyuk ipak yo’li, Panjikent, Sug’diy til
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI векаИрина Родина, Шавкат Абдусатторов +12023