К содержанию
РецензированоEN2023

TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · TURKISTON OZODLIGINING JARCHILARI · Haqqulov Mehriddin Yunusovich · Munavvarqori Abdurashidxonov · Fayzulla Xo’jayev · Abdurauf Fitrat · Sovet hukumati · O’rta Osiyo · Turkiston muxtoriyati.

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023

Аннотация

This article talks about the life and work of modern thinkers who fought against the colonial regimes of the Russian Empire, then the Bolsheviks and the Communist Party of the Soviets in Central Asia. Key words: Jadid, new method schools, Ismail Gaspirali, Mahmudhoja Behbudi, Munavvargari Abdurashidkhanov, Faizulla Khojayev, Abdurauf Fitrat, Tsarist Russia, Soviet government, Turkestan, Central Asia, Turkestan autonomy. Аннотация: В данной статье рассказывается о жизни и деятельности современных мыслителей, боровшихся против колониальных режимов Российской империи, затем большевиков и Коммунистической партии Советов в Средней Азии. Ключевые слова: Джадид, школы нового метода, Исмаил Гаспирали, Махмудходжа Бехбуди, Мунавваргари Абдурашидханов, Файзулла Ходжаев, Абдурауф Фитрат, Царская Россия, Советское правительство, Туркестан, Средняя Азия, Туркестанская автономия 154 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь O‘zbek xalqi tarixining XIX asr oxiri - X X asr boshlaridagi davri tarixan qisqa vaqtni tashkil etgan bo‘lsada, xalqning tarixiy taqdirida muhim ahamiyatga molik bo‘lgan davrdir. Ma’lumki, “jadid” so‘zi “yangi”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. Insoniyat tarixida biror makon va zamon bo‘lmaganki, jamiyatning bir maromda kechayotgan hayotiga kirib kelgan yangilik katta qarshilikka uchramagan bo‘lsin. Jamiyat va inson hayotining bir maromda kechishi, ertami-kechmi, tanazzulga olib boradi. Shuning uchun ham xalqning peshqadam ziyolilari jamiyat va inson hayotida kecha boshlagan tanazzulga qarshi kurashish yoki uning oldini olish uchun yangi g‘oyalarni “ishlab chiqishadi”. Ammo shu tanazzulning “issiq bag‘ri”da yashayotgan, shunga ko‘nikma hosil qilgan ayrim kishilar bu hayotbaxsh g‘oyalarni nayza bilan qarshi olishadi. XIX asr oxiri - X X asr boshlarida O‘rta Osiyoda shunday holat yuz berdi. Turkiston, Buxoro va Xivada, shuningdek, ayrim xorijiy Sharq mamlakatlarida junbishga kelgan jadid ma’rifatparvarlik harakati katta to‘siqlarga uchradi. Bugun biz, oradan 100 yil o‘tganidan keyin, Turkistonda M.Behbudiy rahbarligida yuzaga kelgan jadid ma’rifatparvarlik harakati tarixini o‘rganganimizda, ularning qanday murakkab sharoitda yangi maktablarni ochgani, milliy matbuotga asos solgani, yangi badiiy adabiyot va teatr san’atiga tamal toshini qo‘yganini o‘ylasak, ularning bu faoliyatlarini fidoiylik va jasorat deb baholash lozim bo‘ladi. Jadidchilikjahon ijtimoiy va milliy qadriyatlarga asoslangan oqim bo‘lib, O‘rta Osiyo mahalliy tub aholisi manfaatlariga javob bergan va ijtimoiy taraqqiyotning pishib yetilgan ehtiyojlarini to‘la qondira oladigan harakat sifatida shakllandi. Jadidchilik ma’rifatparvarlikdan kuchli siyosiy harakatgacha bo‘lgan murakkab rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi. Jadidchilik o‘z tarixida ikki bosqichni o‘tgan. Birinchisi - ma’rifatparvarlik bosqichi va ikkinchisi - siyosiy bosqich. Lekin jadidlarning davlatchilik masalasiga qarashlari birinchi davrdanoq shakllana boshlangan va ikkinchi bosqichda aniq bir shaklga kelgan desa bo‘ladi. 155 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь Turkistonda jadidchilik harakatining rahbarlari sanalgan Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvar qori Abdurashidxonov birlashtiruvchi va jipslashtiruvchi rolni o‘ynashgan. Buxoroda - Fayzulla Xo‘jayev va Abdurauf Fitrat, Xiva xonligida esa - Polvonniyoz Yusupov bu harakatga boshchilik qilishgan. Jadidlarning xalqaro aloqa va munosabatlari ularga Rossiya, Turkiya, Misr, Eron jadidlarining dasturi bilan tanishish imkonini berdi. Lekin Turkiyadagi yosh turklar va Eron taraqqiyparvarlari tajribalarini Turkiston jadidlari mexanik tarzda va o‘sha qolipda o‘zlashtirib olmadilar. Aksincha jadidlar Yevropa va Sharq mamlakatlarining davlat qurilishi va qonun chiqaruvchilik keng tajribalaridan, Rossiya va Sharq xalqlarining mustamlakachilikka qarshi demokratik harakatlar kurashi usullari va dasturlaridan manfaatlariga hamohang bo‘lgan va milliy madaniyatga mos keladigan zarur o‘rinlarni oldilar. Fevral demokratik inqilobi natijasida o‘rnatilgan yangi davlat tuzumidan so‘ng jadidlar Rossiya Federativ davlati tarkibida Turkiston muxtoriyatini tashkil etish masalasini qo‘ya boshladilar. Bu paytga kelib milliy ijtimoiy-siyosiy tashkilot va partiyalar tashkil topdi, hususan, jadidlar “Sho‘roi Islomiya”, “Turon”, “Ittifoq” kabi tashkilotlarni tuzdilar. 1917 yil davomida mahalliy aholining turli-tuman ijtimoiy qatlamlarini jadidlar o‘z ortlaridan ergashtirdilar, xalq orasida, ularning ongida, fikrlarida musulmonlar birlashishlari, jipslashishlari zaruriyati hissini tug‘dirdilar. Biroq, oradan ko‘p o‘tmay jadidlar Muvaqqat hukumat va uning maxsus tashkil etilgan Turkiston Qo‘mitasi (Turkkomitet Vremennogo Pravitelstva) o‘lkada oldingi mustamlakachilik siyosatidan voz kechmaganligining guvohi bo

Доказательный фрагмент

«This article talks about the life and work of modern thinkers who fought against the colonial regimes of the Russian Empire, then the Bolsheviks and the Communist Party of the Soviets in Central Asia.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the life and work of modern thinkers who fought against the colonial regimes of the Russian Empire, then the Bolsheviks and the Communist Party of the Soviets in Central Asia. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Jadid, new method schools, Ismail Gaspirali, Mahmudhoja Behbudi, Turkiston, O’rta Osiyo, Sovet hukumati, yangi usul maktablari, Chor Rossiyasi, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Ismoil G’aspirali, Fayzulla Xo’jayev, Turkiston muxtoriyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники