К содержанию
РецензированоUZ2023

VIRUSLI GEPATITLAR(A, E va B)NING EPIDEMIOLOGIYASI, PROFILAKTIKASI VA EPIDEMIYAGA QARSHI CHORA-TADBIRLARNI TASHKILLASHTIRISH.

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Fazliddinov Janobiddin Zaynobiddin o‘g‘li · Ilmiy rahbar: Valiyeva Marhabo Usmonovna · ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023

Аннотация

This article discusses the epidemiology, prevention and organization of anti-epidemic measures against viral hepatitis. Liver and biliary tract diseases are one of the most important problems of hepatology, which cannot be solved by many. Although the mechanisms of development of chronic and acute hepatitis have been studied in detail for several years, the mechanism of development of liver cirrhosis caused by viral hepatitis, and especially the study of the role of the intestinal microbial environment, has received little attention. ecology in the development of this disease. Key words: Hepatitis, epidemiology, prevention, disease, vaccine, transmission mechanism, source, laboratory, pathogen. Kirish: Viruslar qo’zg’atadigan gepatitlar yer yuzida juda keng tarqalgan. Ular bemorlarni uzoq vaqt ishga yaroqsiz qilib qo’yadi, ba’zan bemorlarni o’limiga yoki nogiron bo’lib qolishiga sabab bo’ladi. Jahon sog’liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko’ra har yili yer yuzida faqatgina gepatit B bilan 50 mln odam kasallanadi. Virusli gepatitlar tibbiyot fani va sog’liqni saqlash tashkilotlari oldidagi juda muhim muammodir. Bu kasallikning ba’zi jihatlari hali yetarlicha o’rganilmagan, ularning davolash usillari va profilaktikasi talabga javob bermaydi. Gepatitlar yuqish mexanizmi bo‘yicha ikki guruhga bo’linadi: 1. Og‘iz orqali yuqadigan – A, E 2. Parenteral yo‘l bilan yuqadigan – В, С, D Gepatitlarning bu xillari etiologiyasi, epidemiologiyasi, patogenezi va klinik jihatdan bir-birlaridan farq qiladi. Shu sababdan ularning har biri haqida alohida tushunchaga ega bo’lmoq kerak. Asosiy qism: Virusli gepatit A (VGA) – o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, kasallikni 101 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь viruslar keltirib chiqaradi, kasallik asosan jigar to‘qimalarini shikastlaydi. Kasallik isitma chiqishi, terida, shilliq qavatlarda sariqlik belgilari paydo bo‘lishi, qonda transaminaza fermentlari, bilirubin, siydikda urobilin miqdorining oshishi, axlatning rangi oqarishi kabi belgilar bilan xarakterlanadi. Ba’zida kasallikning belgisiz, sariqliksiz, yengil shakllari ham kuzatiladi. Kasallik hamma qit’a va shaharlarda uchraydi. Ko‘proq o‘rta Osiyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida uchraydi. Kasallik sporadik tarqaladi. VGA kasalligi umumiy strukturada bolalarda 60% gacha uchraydi. Ko‘proq 3-7 yoshdagi bolalar kasallanadilar. 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar onasidan transplansentar immunitet olganligi sababli umuman kasallanmaydilar. Kasallik manbai faqat odam, kasallikning aniq va yashirin turidagi bemor, shuningdek sog‘lom virus tashuvchi yoki rekonvalessentlar hisoblanadi. Epidemik jarayonning faol asosiy yuqtiruvchilari bo‘lib, kasallikning atipik shaklidagi bemorlar hisoblanadi. Kasallik o‘z vaqtida aniqlanmaganligi natijasida bunday bemorlar faol hayot kechiradilar, bolalar bog‘chaga qatnaydilar. Yashirin va kam hollarda kuchli infeksiya manbai bo‘lib qoladi. Virusning yuqish yo‘li asosan kontakt-maishiy yo‘l bo‘lib iflos qo‘l va oziq-ovqat, ichimlik suvidan yuqadi. Havo-tomchi usulida yuqish holati kuzatilmaydi. VG ga mavsumiylik va kasallik tarqalishi davriyligi xos. Ko‘proq kasallik kuz-qish davrlarida kuzatiladi, yozda kam uchraydi. Epidemik tarqalishi bolalar muassasalarida ko‘p uchraydi. VGA bilan kasallangandan so‘ng turg‘un doimiy immunitet qoladi. Profilaktikasi. Virusli gepatit A kasalligida epidemiyaga qarshi kurash chora- tadbirlari ko‘pincha kechikib qilinadi, bemor organizmidagi viruslarni atrof-muhitga ajratib bo‘lgandan keyin chora – tadbirlar o‘tkaziladi. Shuning uchun ham hatto sariqlik shakldagi bemorlar aniqlanganidan keyin, ularni alohidalab (izolyatsiya) qo‘yish deyarlik samara bermaydi. Bundan ko‘ra bemor bilan muloqotda bo‘lganlarni klinik, laboratoriya (bioximik ko‘rsatkichlari) usullarida kasallikning dastlabki davrlarida faol aniqlab, ularga nisbatn qilinadigan choralar ko‘proq samara beradi. Ushbu kasallikda asosiy yuqtirish omili suv bo‘lganligi tufayli chora – tadbirlar ichida, aholining suv ta’minotiga e’tibor qaratilishi katta ahmiyatga ega, epidemik avj olishlarda eng avvalo aholining sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash kerak. Uyushgan bolalar jamoalarida kasallik paydo bo‘lganda, bolalarga virus maishiy-muloqot yo‘li bilan yuqmasligi uchun sanitariya – gigiyena choralari, bolalarning qo‘lini ovqatdan oldin, hojatdan keyin toza yuvish, o‘yinchoqlarni, xonani, idish-tovoqlarni, oshxona anjomlarini dezinfeksiya qilish uchun zamonaviy dezinfeksiya vositalarini ishlatish 102 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 11, Ноябрь lozim. Virusli gepatit A kasalligining asosiy samarali profilaktikasi aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashdir. Ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda ushbu kasallikning o‘tkir va surunkali epidemik avj olishlari aholi

Доказательный фрагмент

«This article discusses the epidemiology, prevention and organization of anti-epidemic measures against viral hepatitis.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the epidemiology, prevention and organization of anti-epidemic measures against viral hepatitis. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Hepatitis, epidemiology, prevention, disease, vaccine, kasallik qo‘zg‘atuvchisi., vaksina, yuqish mexanizmi, manba, kasallik, profilaktika, Gepatit, epidemiologiya, labarotoriya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники