Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AYOLLAR HUQUQLARI DAVLAT MUHOFAZASIDA
Radjapova Sabohat bobirovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article discusses the reforms carried out in our country in recent years on gender equality and their results. It also summarizes the practical work carried out by the UN on gender equality issues. Keywords: gender equality, UN summit, women's rights. ПРАВА ЖЕНЩИН ЗАЩИЩАЕТ ГОСУДАРСТВО Аннотация. В данной статье рассказывается о реформах, проводимых в сфере гендерного равенства в нашей стране за последние годы и их результатах. Также подытожена практическая работа, проводимая ООН по вопросам гендерного равенства. Ключевые слова: гендерное равенство, саммит ООН, права женщин. Jahonda yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ayollarning jamiyatdagi mavqeiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. XX asrning ikkinchi yarmida boshlangan mazkur holat dunyodagi ayollarning rolini sezilarli darajada o‘zgartirdi, ayollarning huquqiy maqomida tub siljishlar ro‘y berdi va gender tengligi g‘oyasi odamlar ongini zabt eta boshladi. Ko‘pgina davlatlarda ayollarning roli boshqa ko‘plab asrlarga nisbatan sezilarli darajada o‘zgargan. Shu boisdan xotin-qizlarning gender tengligi tamoyiliga asoslangan holda faoliyat yuritishiga keng imkoniyatlar yaratib berish maqsadida BMTning 1979-yil 18-dekabrdagi Xotin- qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi, 1997-yil 30-avgustdagi Xotin-qizlarning siyosiy huquqlari to‘g‘risidagi, bir xil qiymatga ega bo‘lgan mehnat uchun erkaklar va xotin-qizlar tengligi to‘g‘risidagi konvensiyalar qabul qilinib, ular o‘z mamlakatlari va insoniyatning ravnaqi uchun ayollarning salohiyatini to‘la ochib berishlarini ta’minlashga qaratilgan. Mazkur jarayon xotin-qizlarning jamiyatda tutgan o‘rnini chuqur tadqiq etishni taqozo etmoqda. Dunyoda tarixan shakllangan iqtisodiy tizimlarda ayollarning ijtimoiy mavqei va rollarini retrospektiv tahlil qilish, o‘tish davri iqtisodiyotida ayollarning ijtimoiy roli funksiyalarini amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlarini aniqlash, yaqin kelajakda ayolning ijtimoiy roli funksiyalarining rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish, zamonaviy jamiyatda gender tadqiqotlari holatini baholash, ayollar muammolari paydo bo‘lishining ijtimoiy-iqtisodiy jihatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Shuningdek, BMT miqyosida jamiyat hayotida xotin-qizlarning siyosiy-ijtimoiy huquqlarini ta’minlash borasida hujjatlarni qabul qilish, xotin-qizlarni himoya qilish borasida har bir hudud doirasidagi ijtimoiy muhitdan kelib chiqqan holda chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish, 9 63 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ davr talabidan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish orqali takomillashtirib borish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda qabul qilingan Taraqqiyot strategiyasida xotin-qizlarni yanada kengroq ijtimoiy himoya qilish maqsadida gender tenglik tamoyiliga asoslangan holda dunyoning rivojlangan davlatlari tajribalaridan kelib chiqib, barcha sohalarda xotin-qizlar va ularning huquq va erkinliklariga alohida e’tibor berilmoqda. Shuningdek,“...mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq manfaatlarini, gender tengligini ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o‘rinlarini yaratish, mehnat hamda turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi”1. Bu borada hududlarda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha xotin-qizlarning ijtimoiy, iqtisodiy faolliklarini oshirish borasida qilinayotgan ishlarni hamda madaniy hayotdagi o‘zgarishlarda ayollarning tutgan o‘rnini ilmiy tahlil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab- quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5325 son, 2019-yil 22-fevraldagi “Sotsiologik tadqiqotlarni o‘tkazishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5667 son, 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4235 son Qarori, 2020-yil 18-fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5938 son farmoni, 2021-yil 28-mayda qabul qilingan 2030-yilga qadar “O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi"2, bundan tashqari mazkur tadqiqot ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda qabul qilgan" 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida" gi 60-son Farmoni3, 2022-yil 1 martdagi "Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimi
Доказательный фрагмент
«This article discusses the reforms carried out in our country in recent years on gender equality and their results.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the reforms carried out in our country in recent years on gender equality and their results. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- gender equality, UN summit, women's rights, BMT samiti, gender tenglik, xotin-qizlar huquqlari.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025