Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asaridagi siyosiy qarashlar
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Sharifjonov Jalilbek Anvarovich
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada o’rta asrlar yashagan olim Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobidagi siyosiy qarashlar ochib beriladi. Olimning jamiyat, davlat va siyosiy lider haqidagi ko’rsatmalari tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: davlat, jamiyat, shaxs, xulq-atvor, “fozillar odamlar shahri”, fazilat, qalb. Siyosiy bilimlar qadimgi dunyo tarixidayoq insonlar tafakkurida tug’ila boshladi. Insonlarning shug’illanayotgan yumushlari, tevarak atrofni o’zlashtirish jarayoni, shakllanayotgan urug’-qabilachilik munosabatlari, siyosiy bilimlarning vujudga kelishi, “siyosiy ong”ning shakllanishi uchun sharoit yaratadi. Ammo o’rta asrlar jamiyat hayotining bu sohasi uchun haqiqiy “revolyutsiya” yasadi. Ham Yevropa, ham Markaziy Osiyoda jamiyat hayotining tuzilishi, davlat va jamiyat munosabatlarinng o’zaro shakllanishi, kishilar orasidan boshqaruvchilar ya’ni siyosiy liderlarning paydo bo’lishi va o’sha liderlarning bir-biri bilan to’qnashishi yangi bosqichga o’tdi. Aynan Markaziy Osiyoda, shakllanayotgan siyosiy ta’limotlarni islom dini bilan yo’g’rilgani ham ahamiyatga molikdir.Chunki Xudodan qo’rqish hissi barcha kishilarni adolatli bo’lish va pokiza yashashga undagan bo’lsa, davlat boshliqlari esa Xudoning yerdagi soyasi sifatida ko’rilgan. Aynan islom dini jamiyatda barqarorlikni saqlab qolgan bu davr olimlari ham ijtimoiy ham tabiiy fanlarda izlanishlar olib borib, katta yutuqlarga erishdilar. Jumladan, Abu-Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulk kabi olimlar davlat, jamiyat, qonunlarning umumiyligi haqida yetarlicha asarlarni taqdim etganlar. Nizomulmulkning “ Siyosatnoma’’sida, Abu Ali ibn Sinoning “Kitob al-ishorat vat tanbidat” (Ko’rsatmalar va tanbehlar kitobi)da, Abu Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri’asarida o’sha davrdagi Movarounnahr va Xurosonning siyosiy kayfiyati tasvirlanib, o’sha davrdagi siyosiy qarashlar haqida ma’lumotlar berilgan. Abu Nasr Farobiy 873-yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Farob shahrida tug’ilgan. U avval ona shahrida, so’ng Samarqand, Buxora va Bag’dodda ilm olgan. U 160dan ortiq asarlarga mualliflik qilgan [1]. Uning 230 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 10, 31 Октябрь “Shaharni boshqarish”, “Urush va tinch turmush haqida”, “Fozil odamlar shahri” kabi asarlarida siyosiy va huquqiy ma’lumotlar berilib, unda davlat boshqaruvi, jamiyat tuzilishi va davlat-jamiyat boshqaruvchilarining o’ziga xos fazilatlari keltirib o’tilgan. Ular orasida olimning “Fozil odamlar shahri” kitobi o’ziga xos ahamiyatga ega bo’lib, unda kishilarning o’zaro birlashuvga ehtiyoji borligi ya’ni jamiyatga birlashuvi, davlatning tuzilishi va undagi qismlarning o’ziga xos ahamiyati, shahar-davlat rahbarining qanday fazilatlarga ega bo’lishi kerakligi asoslab ko’rsatiladi. Olim shu narsani ta’kidlaydiki: insonlar o’z fe’l-atvori, tabiatiga ko’ra, o’z ehtiyojlarini qondirishi, kamol topib, rivojlanishi uchun ko’plab narsalarga zarurat sezishadi. Aynan shunday ehtiyojlar kishilarning o’zaro birlashuviga turtki bo’ladi. Chunki insonlar o’ziga kerak bo’lgan barcha narsani yolg’iz o’zi qilolmaydi va o’z ehtiyojlarini qondirish uchun turli xil sohadagi odamlar xizmatiga muhtojlik sezadi. Bunday manfaatlar birlashuvi, kishilarning o’zaro jamoaga ya’ni jamiyatga birlashuviga sabab bo’ladi. Bu jamoada insonlar o’z tabiati, qobiliyatlariga qarab, turli kasblarni egallaydilar va o’z kasblarida rivojlanib kamol topishga harakat qiladilar. Shu sababli turli din, turli millatga mansub, turli hududlarda yashovchi insonlar turli jamiyatlarga birlashib, o’zaro hamkorlikda harakat qilishadi. Asarda ne’matlar erkin istak(iroda ) va erkin tanlov bilan qabul qilinishi ta’kidlanadi. Shunday ekan, yomonliklar ham insonlarning erkin tanlovi va xohish-irodasi bilan sodir etiladi. Agarda istak, niyatlar yaxshi bo’lsa, shahar aholisi ma’naviy kamolotga yetib, baxt-saodatga erisha oladi. “Haqiqiy baxt-saodatga yetishuv yo’lida bir-birlariga yordam berib yaxshi, go’zal ish, amallar qiluvchi odamlar yashaydigan shahar – fozil odamlar shahridir. Inson barcha a’zolari solim, butun, mukammal ishlab turganida sog’lom bo’lganiday, barcha aholisi go’zal, yaxshi xulqli, yaxshi ishlar bilan bir-biriga yordam beruvchi shahar ham fozil odamlar shahridir [2]. Ya’ni asarda inson ta’na a’zolariga qiyoslanishni kuzatishimiz mumkin. Jumladan, badan a’zolari o’z vazifasiga ko’ra bir-biridan farqlanadi va barcha a’zolar qalbga, yurakga bog’lanadi. Yurakga vositasiz bog’langan a’zolar, vositali bog’langan a’zolarga nisbatan ancha baland mavqega ega. Shunga qaramasdan, bu a’zolarni barchasining katta va kichik vazifalari bor. Aynan kichik a’zolar ham o’z vazifasini yaxshi bajarolmasa, inson sog’lig’iga yetarlicha ziyon yetishi mumkin. Davlat boshqaruvi ham shunga monand bo’lib, davlat rahbari yurak kabi asosiy vazifani bajarishi, undan keyingi lavozimlar ikkinchi darajali bo’laklar bo’li
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada o’rta asrlar yashagan olim Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobidagi siyosiy qarashlar ochib beriladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada o’rta asrlar yashagan olim Abu Nasr Farobiyning “Fozil odamlar shahri” kitobidagi siyosiy qarashlar ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qalb., xulq-atvor, davlat, jamiyat, shaxs, “fozillar odamlar shahri”, fazilat
Смежные источники
in LibraryХамраев А.Ж., Эминов Р.И.2026
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Журнал прикладных и социальных наукДилдора Хаитова2025