Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
TUG‘RUQDAN KEYINGI SEPTIK ASORATLARI BO‘LGAN BEMOR AYOLLARNI PARVARISHLASH VA ASORATLAR PROFILAKTIKASI
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Narkulova Soxiba Uktamovna
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2023
Аннотация
Ushbu maqolada tug’ruqdan keyingi septik asoratlari bo’lgan bemor ayollarni parvarishlash jarayoni va uning profilaktikasi haqida so’z boradi. Kalit so’zlar. Tug’ruq, septik kasalliklar, tug’ruq vaqti, jarrohlik, infeksiya, mikrob, ayollar. Hozirgi zamon akusherligida tug‘ruqlarni jarrohlik yo‘li orqali olib borish chastotasining oshishi katta muammolardan biri hisoblanadi. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, yer kurrasining turli mintaqalarida joylashgan 30 tadan ziyod mamlakatlarda kesar kesish operatsiyasining o‘rtacha ko‘rsatkichi 22% ni tashkil qiladi. Tug'ruqdan keyingi kasalliklar tug'ruq vaqtida paydo bo'lgan jarohat yuzaları orqali mikroblar kirishi natijasida kelib chiqadi. Tug'ruqdan keyingi davrida uchraydigan septik kasalliklarga stafilokokklar bilan streptokokklar, goho-goho ichak tayoqchasi, gazli gangrena tayoqchalari va boshqa mikroblar sabab bo'ladi1. Chilladagi septik kasalliklarni koʻpincha mikroblarning bir turi (monomikrob infeksiya), ba'zan esa mikroblarning har xil turlari (polimikrob infeksiya) vujudga keltiradi. Mikroblar odam organizmida (ayniqsa terisida, ochiq shilliq pardalarda va hokazo) doim mavjud bo'ladi-yu, odatdagi sharoitda kasallik chaqirmaydi. Mikroblar organizmga jarohat orqali kirganda kasallik ro'y berishi mumkin. Yo'ldosh koʻchgandan keyin bachadonning ichki yuzasi, hatto normal tug'ruqda ham bachadon bo'yni, qin va oraliqning shilinishi, yorilishi va chaqalanishi infeksiya kirish yo'li hisoblanadi. Patologik tug'ruqda (ayniqsa operatsiya qilib tug'dirishda) keng va chuqur shikastlar vujudga keladi, shu munosabat bilan septik infeksiya mikroblarining organizmga kirish xavfi ortadi. 1 . Ya.N.Allayorov. Reproduktiv salomatlik va kontraseptiv texnologiya, 2005. 173 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь Mikroblar jarohat yuzasiga tashqaridan kirishi (ekzogen infeksiya) yoki ayol organizmida yashirin holda saqlanib jarohatga tushishi (endogen infeksiya) va rivojlanishi mumkin. Ekzogen infeksiyada mikroblar sterillanmagan qo'l, asboblar, parvarish buyumlari, kiyim-kechak va tug'ruq yo'llariga ishlatiladigan boshqa buyumlar orqali kiradi; ayniqsa havo-tomchi yo'llari orqali yuqadigan, infeksiya katta xavf tug'diradi. Endogen infeksiyada mikroblar jarohatga qindan, tashqi jiisiy a'zolardan o'tadi, ba'zan uzoqdagi infeksiya o'choqlaridan (masalan, tomoqdan) metastaz yo'li bilan kiradi. Jarohat yuzasiga tushgan mikroblar septik infeksiyani, koʻpincha avj oldiradi. Jarohatga mikroblar tushishining turli oqibatlari organizmning chidamiga, himoya kuchlariga bog'liq. Organizm chidamli bo'lsa septik infeksiya avj olmaydi, organizmning himoya kuchlari susayganda mikroblar jarohatga kirib, chilla davri kasalliklariga sabab boʻladi. Organizmning infeksiyaga qarshiligi (chidami) qancha kam bo'lsa, chilla davri kasalliklari shuncha og'ir kechadi. Shunday qilib, chilladagi septik kasalliklar tug'gan ayol organizmi bilan mikroblarning o'zaro ta'sir etishi natijasida avj oladi, ayni vaqtda kasalliklarning roʻy berishi va qanday kechishi ayol organizmining chidamliligiga, infeksiyaga qarshilik ko’rsatish kuchiga bog’liq. Kasallikning kechishi va mikrobning organizmda tarqalishiga koʻra Chilladagi septik kasalliklark.ning 4 bosqichi farqlanadi. 1-bosqichda infeksiya faqat tugʻruq jarohati sohasida chegaralanadi (chilladagi endometrit; oraliq, qin, bachadon boʻynidagi chilla yaralar); 2-bosqichda (infeksiya jarohat sohasidan chetga chiqadi) chanoq boʻshligʻidagi aʼzolar zararlanadi (metrit, parametrit, chanoq va son venalari tromboflebita, bachadon ortiqlari (salpingooforit) va chanok, qorin pardasining yalligʻlanishi (pel vioperiton it); 3-bosqichda yal pi (diffuz) peritonit va avj oluvchi tromboflebit, septik shok; 4-bosqichda septik infeksiya butun organizmga tarqaladi, sepsis yuzaga keladi. Kasallikning bosqichiga koʻra bemorda lanjlik, bosh ogʻrishi, puls tezlashuvi, junjish, isitmalash, qaltirash kabi alomatlar kuzatiladi. Baʼzi kasalliklarda tugʻruqdan soʻng bachadon qisqarishi sekinlashadi yoki bachadondan 174 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь keladigan ajralma (loxiyalar) toʻxtaydi, sut bezining yalligʻlanishi — mastit rivojlanadi va hokazo. Davo kasallikning turi va bosqichiga qarab belgilanadi, antibiotiklar, sulfanilamid va quvvatga kiritadigan doridarmonlar buyuriladi, zarur hollarda operatsiya qilinadi. Oldini olish tadbirlari ayollar konsultatsiyaga uchrashgandan boshlab olib borilishi kerak. Ayollar xrmiladorlikda vrachga kancha erta uchrashsalar (12 haftagacha) septik kasallik shuncha kam uchraydi, bunda ayollarni ayollar maslahatxonasi sharoitida homiladorlikdan avval va homiladorlik davrida sogʻlomlashtirishning ahamiyati katta. Shu maqsadda ayollarning barcha ekstragenital kasalliklari turli mutaxassislar ish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada tug’ruqdan keyingi septik asoratlari bo’lgan bemor ayollarni parvarishlash jarayoni va uning profilaktikasi haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada tug’ruqdan keyingi septik asoratlari bo’lgan bemor ayollarni parvarishlash jarayoni va uning profilaktikasi haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mikrob, septik kasalliklar, jarrohlik, ayollar., Tug’ruq, infeksiya, tug’ruq vaqti
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
Сегодняшние научные исследования в глазах молодежиШ Исламходжаева, З Назирова2024