К содержанию
РецензированоUZ2024

TA’LIM MUASSASALARI RAXBARLARINING BOSHQARUV FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY METODIK ASOSLARI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · FAOLIYATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING NAZARIY · METODIK ASOSLARI · Najmetdinov Ma’ruf G’ayratovich

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 2024

Аннотация

Mazkur maqolada ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rahbar va xodimlarning ishlash ishtiyoqini, boshqaruv malakasini oshirish, rahbar, xodimlar boshqaruv malakasini shakllantirishga qaratilgan ishchanlikni oshirish kabi masalalar bayon etiladi. Kalit so’zlar: boshqaruv, personal, menejer, shaxsning idividual xususiyatlari, menejment, inson resursi, boshqaruv funktsiyasi. Azaldan inson jamoaviy hayot kechirgan va samoviy boshqaruv ta’siri natijasida uning ijtimoiy faoliyatida ham boshqaruvga talabi tobora kuchaygan, rahbarlikka intilish rivojlana borgan. Boshqaruvga talab insoniyatning ijtimoiy faoliyati bilan birga paydo bo’lgan. Qaerda ikki inson umumiy maqsad sari faoliyat boshlar ekan, bu yerda birgalikdagi harakatlarni muvofiqlashtirishga ehtiyoj tug’ildi. Bu sharoitda bir inson rahbar, boshqaruv faoliyatini olib boradi, ikkinchisi esa faoliyatni bajaruvchisiga aylanadi. Har qanday ijtimoiy mehnat jarayoni u hoh kichik doirada, hoh katta doirada bo’lsin, boshqaruvni talab qiladi. Kimdir xodimlar oldiga maqsad qo’yishi, vazifalarni taqsimlashi, uning bajarilishini nazorat qilishi, kishilarni mehnat qilishiga undashi, ularning harakatini muvofiqlashtirishi lozim. Hozirgi rahbar ham a’lo mutaxassis, ham haqiqiy tadbirkor, tashkilotchi, ayni paytda o’z haq-xuquqini taniy bilgan kishi bo’lmog’i darkor. Bugungi kunda har bir rahbar menejerlik ilmini egallab, ishlab chiqarishni, xodimlarni malakali boshqarishga erishmog’i lozim. Bunda asosan qaror qabul qilish jarayoni muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi bozor iktisodiyoti sharoitida rahbar ham, rahbarlik usullari ham o’zgargan. “Bugungi kunning eng muhim vazifasi — deb ta’kidlaydilar Muhtaram yurtboshimiz SH.Mirziyoyev, — xayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvda, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo’g’inlarini idora etishda yangicha 30 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 10 fikrlaydigan, qiyin damlarda ma’suliyatni o’z zimmasiga olabiladigan, to’g’ri qarorlar qabul qiladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, iymoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir”. Uzluksiz ta’lim tizimining samarali faoliyat ko’rsatishi, eng avvalo, yuksak malakali rahbar kadrlar faoliyati bilan belgilanadi. SHu boisdan pedagogik jamoani boshqarish, ta’limning yuqori ko’rsatkichlariga erishib borishda ta’lim muassasalari raxbarlaridan “boshqaruv” “menejer” malakalariga ega bo’lib borishni talab qiladi. Boshqaruv faoliyatida rahbar va xodimlarning ishlash ishtiyoqini, boshqaruv malakasini oshirish, rahbar, xodimlar boshqaruv malakasini shakllantirishga qaratilgan ishchanlikni oshirishga, diqqat-e’tiborli bo’lishga, xodimlarni jipslashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari pedagogika sohasida qo’llanilib kelinmoqda. Bugungi kunda ta’lim tarbiyaning samarasi va ta’sirchanligi boshqaruv tizimida faoliyat yuritayotgan rahbarlarning ma’suliyatliligiga, qobiliyatliligiga, ishonchliligi, pedagogik mahorati, kompentetligigi, pedagogik muloqati, samimiyligi, adolatparvarligi ta’lim tizimiga qay tarzda yondashishiga bog’liqdir. Muayyan tashkilotni boshqarish faoliyati ko’p qirrali bo’lib, uning turli sohalaridagi samarali rahbarlik faoliyati turlicha yondoshuv va malakali mutaxassislar ishtirokini talab qiladi. Tashkilot miqyosidagi boyliklarni ikki asosiy guruhga bo’lgan holda – moddiy va nomoddiy ko’rinishlarni qayd etishimiz mumkin. Nomoddiy boyliklarga shu tashkilot miqyosidagi nafaqat aqliy salohiyat, balki inson omili bilan bog’liq bo’lgan hamma yutuqlar kiradi. Muayyan tashkilotda faoliyat yurituvchi barcha shaxslar - «personal» atamasi bilan nomlanadi. Psixolog olim T.Yu. Bazarov ta’rifi bo’yicha «Tashkilotdagi barcha inson resurslari yig’indisi - personaldir. Bunga tashkilot xodimlari, biron loyihani joriy etishda qatnashuvchi hamkorlar, tadqiqot o’tkazish uchun, strategiya ishlab chiqish, biron tadbirni amalga oshirishda qatnashishga taklif etilgan ekspertlar ham kiradi» [1.95.]. Tashkilotdagi inson resursi - boshqaruvga oid fanlarning diqqat markazida turuvchi mavzu bo’lib, tashkilotning asosiy maqsadiga qay tarzda erishish aynan personalni malakali boshqarish bilan bog’liqdir. Birorta tashkilotning texnologik jarayonini boshqarish masalasi - personal 31 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2024 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 10 boshqaruvidan ajralgan holda tahlil qilina olmaydi. SHu o’rinda, mashhur tadbirkor Endryu Karnegining quyidagi so’zlarini eslab o’tish o’rinlidir: «Menga fabrikalarimni qoldirib, xizmatchilarimni olib keting va yaqin orada zavodlarim hududida o’tlar o’sib ketadi. Fabrikalarimni olib qo’yib, odamlarimni qoldiring va yaqin orada avvalgilaridan yaxshiroq, yangi zavodlarni quramiz». Qayd etilgan

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rahbar va xodimlarning ishlash ishtiyoqini, boshqaruv malakasini oshirish, rahbar, xodimlar boshqaruv malakasini s…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada ta’lim muassasalari boshqaruv faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi rahbar va xodimlarning ishlash ishtiyoqini, boshqaruv malakasini oshirish, rahbar, xodimlar boshqaruv malakasini s… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shaxsning idividual xususiyatlari, personal, boshqaruv, menejer
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[4]МедицинаRUРецензированоОткрытый доступ
Лечебные свойства меда

Научные работы одарённой молодёжи и медицина XXI векаМ Болтаева, М Хамрокулова2023

4