American Journal of Philological SciencesMardanova Zilola Fatxullo qizi2024
Основные принципы использования фильмов на уроках немецкого языка
ASOSIY ME’YORLARI
Современные лингвистические исследования: зарубежный опыт, перспективные исследования и инновационные методы преподавания языков · 2026
Аннотация
На сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное значение. Способы его изучения очень разнообразны. Один из них – просмотр аутентичных художественных и мультипликационных фильмов. В данной статье рассказывается о критериях отбора фильмов для просмотра во время занятий, описаны этапы работы с ними, так же перечислены некоторые преимущества использования фильмов и телепередач при изучении иностранного языка. Ключевые слова: иностранный язык, немецкий язык, художественные и анимационные фильмы, способы изучения иностранного языка, критерии отбора фильмов Hozirgi kunda chet tillarini bilish hayotimizda muhim o‘ringa ega. Zamonaviy o‘qitish jarayonida turli interfaol usullarga alohida e’tibor beriladi. Zero hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan ham har bitta bilim dargohida o‘quvchi-talabalar uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. O‘quv xonalarining texnik bazasini boyitish, ularni telekommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash esa har qanday chet tilini o‘rganishda qo‘l keladigan barcha usullardan to‘laqonli foydalanishga imkon beradi. Chet tilini, xususan nemis tilini o‘rganish usullari xilma-xil, shulardan biri kino mahsulotlarini tomosha qilishdir. Har bir inson individual bo‘lib, berilgan ma’lumotni turlicha qabul qiladi: ko‘rish orqali, eshitish orqali va hatti-harakatlar yordamida. Voqealarni, odamlarni, joylarni vizual ravishda yodda saqlaydigan insonlar uchun til o‘rganishning dastlabki bosqichida filmlar va teleko‘rsatuvlar ko‘mak beradi. Kino va teledasturlarni tomosha qilish nafaqat foydali mashg‘ulot sanaladi, balki bu insonga zavq ham bag‘ishlaydi. Bunday materiallardan foydalanishning yana bir e’tiborli jihati shundan iboratki, tillarni o‘rganish jarayonida inson tili o‘rganilayotgan u yoki bu mamlakatning ijtimoiy, madaniy, hamda lingvistik muhitiga bevosita sho‘ng‘ib ketadi. Moslashish yo‘li bilan o‘rganuvchining ko‘z o‘ngida tabiiy til muhiti bilan tanishish imkoni va kommunikativ muhit yuzaga keladi.[1] Til o‘rganishning ushbu usulidan foydalanish uchun til bilish darajangizni va afzal ko‘rgan janringizni aniqlashingiz kerak: drama, melodrama, fantastik, tarixiy, komediya yoki tragediya janriga xos bo‘lgan filmlar. Quyida keltirilgan jadvaldagi ma’lumotlar nemis tilini bilish darajasiga qarab film tanlashga yordam beradi.[2] Fortgeschrittenes Höher fortgeschrittenes Geringene Kenntnisse Grundkenntnise Niveau Niveau - Typisch Deutsch! - Pettersson&Findus / - Tintenherz - Harry Potter und die - Mein Weg nach Kleiner Quälgeist, - Drachenzähmen leicht Heiligtümer des Todes Deutschland große Freundschaft gemacht - Der Pianist - Das Dschungelbuch - Mary Poppins - Der König der Löwen - Klick it like Bekham - Angelinho - Die kleine Hexe - Oben - Million Dollar – - Ast mit Last - Findet Nemo - Die Schöne und Das Victoria und Abdul - Hinterland Letzte räumt die Erde Biest - Die Rede des Königs auf - Die Klasse Filmlar bilan ishlashning ko‘plab ko‘rsatma va yo‘llari mavjud, ularning eng ko‘p tarqalgani quyidagilardan iborat: ma’lum bir kinofilm yoki serialning qismi tanlangandan so‘ng, notanish so‘zlarga e’tibor bermasdan uni kuzatish, unga ikkinchi marotaba murojaat 316 qilganda notanish iboralar, so‘zlar, so‘z birikmalariga e’tibor berish va nihoyat mazkur birikmalarni doimiy ravishda yondaftarga qayd qilib, ularni aynan qaysi kontekstda ishlatilganini yodlab borish o‘zga tilni o‘rganishda katta samara beradi. Keyinchalik filmda ishlatilgan so‘zlar yordamida o‘zimiz haqimizda yoki ma’lum bir mavzuda qisqa hikoyalar tuzish foydadan holi bo‘lmaydi. Chunki bizning xotiramiz bizga bog‘lik bo‘lgan voqeliklarni tezroq va osonroq saqlash xususiyatiga ega. Hikoya qanchalik qiziqarli bo‘lsa yangi so‘zlar ham shunchalik yaxshi xotiramizda muhrlanib qoladi. Filmlar bilan ishlash metodikasi ham bir nechta asosiy bosqichga bo‘linadi: film ko‘rish jarayonidan oldin, film ko‘rish davomida va tomosha so‘ngida. Birinchi ya’ni ma’lum bir filmni ko‘rishdan oldin, boshqacha qilib aytganda, tayyorgarlik jarayoni o‘z-o‘zidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan grammatik, leksik va fonetik qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadini ko‘zda tutadi. Ikkinchi bosqich, aynan tomosha jarayoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri filmni (yoki uning qismini) tomosha qilishdan iborat bo‘lib, uni ikki marta o‘tkazish mumkin: birinchi marta asosiy mazmunni tushunish uchun tomosha qilinsa, ikkinchi marta ko‘rganlarni batafsil bayon qilish uchun xizmat qiladi. Uchinchi bosqich, filmni kuzatib bo‘lgandan keyingi bosqich bo‘lib, bu bosqich asosan og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalarini o‘z ichiga oladi. Filmdagi voqealarni bayon qilishda talabalarning bilim darajasini hisobga olish kerak. Shunga qarab, mazmunni bayon qilish yo‘li tanlanadi. Bu asosiy maznunnig qisqacha hikoyasi, batafsil bayoni yoki monolog tarzida bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari ijodkorona yondashgan holda, talabalarga filmning ma’lum bir epizodiga ovoz berish usulidan ham foydalanish mumkin. Agar og‘zaki nutqni tinglashda qiyinchilik tug‘ilsa, tanish filmlarni
Доказательный фрагмент
«На сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное значение.»
Образец извлечения
Демо-превьюНа сегодняшний день знание иностранного языка имеет важное значение. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- иностранный язык, немецкий язык, художественные и, немецкий язык, badiiy va animatsion filmlar, film tanlash mezonlari, nemis tili, chet tilini o‘rganish yo‘llari, критерии отбора фильмов, chet tili, иностранный язык, способы изучения иностранного языка, художественные и анимационные фильмы
Смежные источники
American Journal of Philological SciencesShakhlo Kurbonova2024
Анализ актуальных проблем, инноваций, традиций, решений и художественной литературы в преподавании иностранных языковScientific supervisor: B.M.Nematov, Student: K.A.Abdukhakimova2016
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021