К содержанию
РецензированоRU2023

TIKUVCHILIK BUYUMLARINI KONSTRUKSIYALASHDA GRAFIK DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · DASTURLARIDAN FOYDALANISHNING AHAMIYATI · Rustamov Erkin Tohirovich

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 339-343 · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada texnik ijodkorlik va dizayn fanidan buyumlarni konstruksiyalashda va modellashtirishda grafik dasturlarning o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Kalit so’zlar: Elektron hisoblash, AutoCAD, 3DMax, model, “Конструктор одежды”, “Дизайнер одежды”, «Электронный манекен» Oliy pedagogik ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat va kasb ta’limi o‘qituvchisi texnik ijodkorligini shakllantirish masalasi ko‘p qirrali bo‘lib, u talabalarni ijodkorlik faoliyatiga tayyorlashning samarali yo‘llarini aniqlash va mazmunini muvofiq tanlash birgalikda o‘quv jarayonida texnik ijodkorlikni bo‘lajak mutaxassislarning ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini umumlashtirishning aniq usul va vositalarini ishlab chiqishdek muhim pedagogik vazifani o‘z ichiga oladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi va dunyo hamjamiyatiga har tomonlama kirib borishi natijasida ilm olishni axborotlashtirishning amaliy yo‘naltirilgan yaxlit davlat siyosatiga asos solindi, Uning ustivorliklari bo‘lgan dastlabki meyoriy-huquqiy asoslar yaratildi. Bunga misol sifatida “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida“, “Axborotlashtirish to‘g‘risida“, “Elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida“, “Aloqa to‘g‘risida“gi qonunlar va boshqa dasturiy hujjatlarni keltirish mumkin. Ushbu qonunlarga muvofiq yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar intellektual mulkdan unumli foydalanishdagi iqtisodiy samarani oshirish, yangi texnika va texnologiyalarni o‘zlashtirish, ular vositasida yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga asoslangan 707 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь intellektual mulk innovatsiya jarayonlarini rivojlantirish uchun yangi istiqbollarni ochib berdi. Talabalarning texnik tafakkurini va mehnatga ijodiy munosabatini rivojlantirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida fan texnika taraqqiyotini jahon talablari darajasiga ko‘tarish, mahsulot sifatini tubdan yaxshilashni, ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlay oladigan yosh avlodni tarbiyalash eng muhim vazifa hisoblanadi. Bo‘lajak mutaxassislarda ijodiy faoliyat asoslariga oid bilim, ko‘nikmalarni shakllantirish orqali hozirgi sanoat ishlab chiqarishiga xos texnik, texnologik-konstruktorlik va ishlab chiqarish faoliyatlarining asoslari egallanishiga erishiladi. Ushbu sifatlarga erishishish uchun hozirgi kunda ta’lim sohasining barcha jabhalarida axborot kommunikatsion texnalogiyalaridan keng foydalanish ijobiy samarasini beradi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalari va internet tarmog‘dan barcha sohalarda keng foydalanilmoqda. Shunga ko‘ra, ta’lim tizimidagi o‘quv yurtlarida informatika va yangi axborot texnologiyalari fanlarining o‘qitilishi - davr talabi bo‘lib qolmoqda. Talabalarga texnik ijodkorlik va dizayn fanida kompyuter texnologiyalaridan foydalanib harakatli tasvirlar turli xildagi animasiyalar vidioroliklar orqali buyumlarni konstruksiyalash, yangi dizayndagi buyumlarni yaratishni o’rgatish orqali talabalarda texnik ijodkorlik, texnik tafakkur, mehnatga ijodiy munosabati hamda ijtimoiy va kasbiy tayyorgarligini oshirishga xizmat qiladi. Texnik ijodkorlik fanida loyihalash murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, unda har qanday buyumning, jumladan, kiyimning ham loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Kiyimni loyihalash deganda, kiyimni tashkil etadigan detallar va materiallar kompleksi, shuningdek ularni o‘zaro ulab-tikib, muayyan o‘lchovdagi va shakldagi yaxlit buyum holiga keltirish usullari, vositalari tushuniladi. Loyihalash jarayonida buyumning hajmli detallarini, tekislikdagi tasvirini hosil qilishdan iborat bo‘ladi. Detallarning o‘lchov soni va shakli ular yig‘ilganda xuddi shu o‘lchov va 708 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь ko‘rinishini beradi. Kiyimlarni loyihalashda gavdadan o‘lchov olish qoidalari va o‘lchovlar asosida buyum asos chizmasini chizish, so‘ng chizmadan andaza chiqarib tayyorlash qoidalarini o‘rgatiladi. Ushbu murakkab jarayonni avtomatlashtirish orqali turli xildagi yangi kiyimlarni modellarini tez va oson bajarish mumkin. Buning uchun bizga loyihalashni avtomatik bajaradigan grafik dasturlar kerak bo’ladi, Ayni vaqda shunday imkoniyatlarga ega bo‘lgan zamonaviy grafik dasturlarni ko‘plab uchratish mumkin. Masalan “AutoCAD”, “3DMAX”, “DipTrase”, “TopCAD”, “InfrasoftCAD”, “ArchiCAD” kabi dasturlarni misol qilishimiz mumkin. Yuqorida keltiralgan grafik dasturlardan hozirgi kunda ommabop dasturlardan hisoblangan AutoCAD dasturidir. AutoCAD dasturi orqali buyumlarni konstruksiyasini loyihalashda qo’pgina qulayliklar mavjud. Bundan tashqari JULIVI kompleksi, ya’ni kiyimlarni loyihalarni yaratuvchi dasturlar kompleksidir. Ushbu kompleks o’z ichiga “Конструктор одежды”, “Дизайнер одежды

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada texnik ijodkorlik va dizayn fanidan buyumlarni konstruksiyalashda va modellashtirishda grafik dasturlarning o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada texnik ijodkorlik va dizayn fanidan buyumlarni konstruksiyalashda va modellashtirishda grafik dasturlarning o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Дизайнер одежды”, «Электронный манекен», 3DMax, AutoCAD, “Конструктор одежды”, Elektron hisoblash, model
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники