К содержанию
РецензированоUZ2023

O’QUVCHILARDA DESTRUKTIV XULQ KO’RINISHLARINING PAYDO BO’LISHI VA UNING OLDINI OLISH CHORALARI

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Abdurashidova Gavhar Abdurazzoqovna

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 121-123 · 2023

Аннотация

Ushbu maqolada o’quvchilarda destruktiv xulq ko’rinishlarining paydo bo’lishi va uning oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so’zlar: destruktiv xulq, deviant xulq, xulqiy og’ishish, delinkvent tur, deviant tur. Inson xulqida jamiyatda qabul qilingan me’yor va mezonlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida shakllangan, ijtimoiy taraqqiyot omillaridan biriga aylangandir. Ushbu me’yor va mezonlar nafaqat ijtimoiy barqarorlikka, balki individning o‘zini ham ruhiy barqrorlik va taraqqiyoti uchun zarurdir. Jamiyatda axloqiy, ma’naviy, madaniy xulq ko‘rinishlari shakllanishi, ushbu talablar darajasidan og‘ish masalalari qadimdan allomalarimiz tomonidan alohida e’tibor berib kelingan. Axloqiy me’yorlardan og‘ish muammolari, Abu Nasr al-Forobiyning «Baxtga erishuv yo‘lini ko‘rsatuvchi kitob», «Baxtga erishuv haqida», «Davlat arbobining hikmatlari», «Fozil odamlar shahri» singari asarlarida ko‘tarilgan. Alloma o‘z qarashlarida fazilatga juda katta o‘rin beradi. Arastuga o‘xshab, u ham fazilatlarni ikki qismga – “fazoil nutqiya” (aql - idrokka asoslangan fazilatlar) va “fazoil – xulqiya” (xulqiy fazilatlar)ga ajratadi hamda ularning o‘rtalik xususiyatlarini ta’kidlab o‘tadi. Buyuk vatandoshimizning fikricha, insonga uni go‘zal amallar qilish uchun yo‘naltiradigan odat mahsuli bo‘lmish yetuk xulq lozim. Xulqning yaxshiligi xatti -harakatlarda me’yor qay darajada saqlangani bilan bog‘lanadi. Yana bir sharq allomasi Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida insonlar va xalqlarning ijobiy yoki salbiy urf-odatlari, xulq-atvorining shakllanishida tabiiy muhitning hamda jug‘rofiy omillarning ahamiyatini ko‘rsatib berdi. Ibn Sinoning axloqiy qarashlari asosan «Axloq ilmiga doir risola», «Burch to‘g‘risida risola», «Nafsni pokiza tutish to‘g‘risida risola», «Adolat haqida kitob», «Turar joylardagi 651 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь tadbirlar” singari asarlarida va o‘z zamondoshlari bilan olib borgan munozara - yozishmalarida o‘z aksini topgan. Yusuf Xos Hojib tomonidan inson xulq atvoriga nisbatan o‘ziga xos yondashuvda yaxshi xulq ham, yomon xulq ham, ikki xil bo‘lishi mumkin: tug‘ma va ijtimoiy muhit natijasida shakllangan xulq. Yusuf Xos Hojib axloqiy-falsafiy qarashlari bugungi kunda ham o‘z qadrini yo‘qotmagan, chunki u umuminsoniy, ma’naviy negizlarni o‘rgatadi. Allomaning o‘gitlariga tayangan holda biz ham yosh avlodni shunday ruhda tarbiyalashimiz lozim. Zero, jamiyatda axloq, odob yo‘qolsa ma’naviy jihatdan kambag‘al insonlar ommasi vujudga keladi. Xitoy faylasufi Syunzak va qadimgi yunon faylasufi Aflotun insonda buzg‘unchilik sari undovchi xususiyatlar mavjud ekanligini ta’kidlaganlar. Insondagi destruktiv xulq tabiati hozirga qadar psixologiya fanida hali yaxshi o‘rganilmagan muammolardan biri sanaladi. Bu muammo XX - asrning o‘rtalarida shakllangan. Destruktiv xulq— jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy xulq ko‘rinishlariga zid bo‘lgan, har qanday muqobil fikrlarni inkor etishga yo‘naltirilgan xulq ko‘rinishlari. Destruktiv xulq - nafaqat insonda ma’lum bir ijtimoiy muammolarni,balki uning jismoniy sog‘ligida ham muammolarni kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Destruktiv xulq ikki asosiy turlarda namoyon bo‘ladi : 1. Delinkvent tur - jamiyatda qabul qilingan ijtimoiy huquqiy me’yorlarga qarama - qarshi bo‘lgan xatti - harakatlarga xulqning yo‘nalganligi (maishiy oilaviy nizolar, yo‘l transport hodisalari, qo‘pollik…); 2. Deviant tur - jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga qarama - qarshi xulqiy ko‘rinishlarni namoyon etish (alkogolizm, suitsid, narkomaniya, mehr muhabbatga ega bo‘lmaganligi); Destruktiv xulqning barcha ko‘rinishlarida insonning ma’lum bir himoya reaksiyalari sifatida yuzaga kelsa-da, biroq, nerv sistemasida buzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Destruktiv xulq bolalikdagi salbiy emotsional kechinmalar, ota - onaning bolaga nisbatan emotsional sovuqqonligi natijasida zarur vaqtlarda ulardan yetarli darajada mehr - muhabbatga ega bo‘lmaganligi, nasliy omillar bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari quyidagi sabablar ham alohida e’tibor talab qiladi: - Psixik sog‘lomlik holati. Hayot davomida qo‘zg‘ovchi omillar ta’sirida 652 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь - o‘zgarib turishi mumkin. - Jismoniy sog‘lomlik holati. Hayot davomida keskin yomonlashish mumkin, - natijada, inson hech qanday qonun-qoidalarga bo‘ysunishni xohlamay qoladi. - Kasbiy sohada muvaffaqiyatsizliklar. Bu holatlarda inson o‘zining noto‘kisligini, qo‘yilgan talabalarga javob bera olmasligini his etadi. Natijada o‘z- o‘ziga baho berish darajasi pasayadi, ijtimoiy mavqeini yo‘qotadi, o‘ziga bildirilgan e’tirozlarni adolatsiz deb qabul qiladi. - Maishiy moddiy muammolar. - Alkogol yoki narkotik moddalarni iste’mol qilish. Hozirgi ijtimoiy psixologiy

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’quvchilarda destruktiv xulq ko’rinishlarining paydo bo’lishi va uning oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’quvchilarda destruktiv xulq ko’rinishlarining paydo bo’lishi va uning oldini olish choralari haqida ma’lumotlar berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
deviant xulq, delinkvent tur, destruktiv xulq, xulqiy og’ishish, deviant tur.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники