К содержанию
РецензированоRU2023

“Qiyin hayotiy vaziyatni boshdan kechirayotgan insonning himoya mexanizmlari va xatti-harakatining psixologik xususiyatlarining ijtimoiy asoslari”

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Sa’dullayeva Shahzoda Anvarovna

Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 121-123 · 2023

Аннотация

Концепция психологических защитных механизмов возникла из психоанализа. Впервые он был разработан Зигмундом Фрейдом, чью работу позднее продолжила его дочь Анна Фрейд, автор книги «Эго и защитные механизмы». Представление о защитных механизмах психики в первую очередь связано со структурной теорией Фрейда, согласно которой психика имеет трехчастное строение. Оно представлено «Эго», «Супер- Эго» и «Ид» и утверждает, что каждое из них отвечает за свои функции. Ключевые слова: Психоанализ, Супер-Эго, Эго, Ид, часть принятия решения, копинг-концепция, интеллект, когнитивная оценка, интеграция. Annotation: The concept of psychological defense mechanisms originated from psychoanalysis. It was first developed by Sigmund Freud, whose work was later continued by his daughter Anna Freud, author of The Ego and Defense Mechanisms. The idea of the defense mechanisms of the psyche is primarily associated with Freud's structural theory, according to which the psyche has a 605 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь tripartite structure. It is represented by the "Ego", "Super-Ego" and "Id" and states that each of them is responsible for its own functions. Keywords: Psychoanalysis, Super-Ego, Ego, Id, part of decision-making, coping concept, intelligence, cognitive assessment, integration. Qiyin hayotiy vaziyatni boshdan kechirayotgan insonning himoya mexanizmlari va xatti-harakatining psixologik xususiyatlarini tubdan o’rganib, tushunish uchun avvalambor, Freydizm haqidagi elementar tushunchalarni tahlil qilish zarur. Quyida, Freyd nazariyasida inson obrazini ko’rib, mavzumiz bilan bog’lab muhokama qilamiz. Freyd nazariyasida Inson shaxsi uchta tuzilmaviy komponentdan iborat deb tushuntiriladi: id, ego, superego. Id shaxsning instinktiv o’zagi sanalib, sodda va impulsiv hisoblanadi va qoniqish tamoyiliga bo’ysunadi. Bu tamoyilga binoan instink o’zining talablari zudlik bilan qondirilishini istaydi. Id reflector reaksiyadan va ilk taassurotlardan foydalanadi. Ego shaxsning ratsional qismini o’zida mujassamlashtiradi va reallik tamoyiliga bo’ysunadi. Reallik tamoyili deganda qondirilishini talab etayotgan instinkning talablarini qondirish uchun real voqelik nazarda tutiladi. Uning vazifasi individ uchun idning talablarini qondirishga mo’ljallangan individ ongining va ijtimoiy dunyoning chegaralashlari doirasida mos harakatlar rejasini ishlab chiqishdan iborat. Mazkur vazifa tasavvurning ikkilamchi jarayonlari natijasida amalga oshiriladi. Shaxs tarqqiyoti jarayonida so’nggi shakllangan superego masalaning axloqiy qismini tashkil etadi. U ikkita tuzilmadan tashkil topgan- vijdon va ego-idealdan. Freydizm bo’yicha inson psixikasining topografik xaritasini ham qisqacha ko’rib chiqdik. Endi hayotimizda uchrab turadigan va biz o’zimiz anglamagan holda foydalanadigan himoya mexanizmlarini haqida suhbat yuritsak. Barchamizda, qolgan shaxsiy xususiyatlarimiz kabi qaysidir miqdorda bor. Va hamma gap mana shu miqdorga bog'liq. Quyida shunday shaxslarga ham aslida oson emasligiga guvoh bo'lamiz. Psixologik jihatdan takabburlik- befoyda, ahamiyatsiz, ko'rimsiz, ahmoq, bilimsiz, zerikarli shaxs bo'lish qo'rquvidan himoya qiladigan, qulay yashashga hissa qo'shadigan mexanizmdir. Mag'rurlik ham psixologik himoya bo'lib, xo'rlik va kuchli sharmandalikni boshdan kechirgan odam uchun juda zarurdir. Bu o'ziga xos kompensatsiya, bir vaqtlar ro'y bergan o'zidagi xo'rlikni boshqalar orqali chiqarib 606 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь olish yoxud shunday vaziyat ro'y bermasligiga urinishdir. Mag'rurlik pardasi ostida har doim zaiflik bor. Psixikamizdagi ayrim himoyasiz joylar mag'rurlik niqobi bilan qoplangan va bu bizning ijtimoiy zaifligimizdan dalolat. Mag'rur odamlar o'zlarining "filtrlari", "rentgen nurlari" ga ega, ular o'z tanlovining naqadar o'zgacha ekanligini har doim tekshiradilar. Manbalarga ko'ra, takabbur kishilarda boshqalarga nisbatan nafrat hissi ko'proq. Mag'rurlikning yagona sababi yo'q. Ba'zi hollarda, odam o'z tajribasi tufayli mag'rurlanib ketsa, ba'zan bu bolalikda biz bilan bo'lgan shavqatsiz munosabat natijasi deb ko'rsatiladi. Yutuqlar. Ko'pincha odam hayotda juda ko'p yutuqlarga erishganligi sababli kibrlanadi. Jiddiy yutuq, boshqalarning qo'lidan kelmagan narsaga qodir ekanligingizni anglash, bizning o'zimizga bo'lgan egosentrizmni qo'zg'atadi. Buning sababi, biz ongsiz ravishda o'zimizni boshqalar bilan taqqoslaymiz va atrofdagilarimiz va o'zimizning yutuqlarimizni taroziga qo'ya boshlaymiz. Ishonchsizlik, o'ziga past baho. Kibr va takabburlik himoya mexanizmi ekanligini aytdik. Bu o'z-o'zini hurmat qilish va bu hurmatni saqlash usulidir. Mag'rur kishilarda ichki qo'rquv yuqori bo'ladi. Boshqalar ularni rad etishidan oldin ular boshqalarni rad etishadi.

Доказательный фрагмент

«Концепция психологических защитных механизмов возникла из психоанализа.»

Образец извлечения

Демо-превью

Концепция психологических защитных механизмов возникла из психоанализа. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Psychoanalysis, Super-Ego, Ego, part of decision-making, Id, qaror qabul qiluvchi qism, intellect, Psixoanaliz, kognitiv baholash, bardosh berish konsepsiyasi, integratsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники