Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Adabiyotshunos olim Hamdam Abdullayevning ilmiy tadqiqoti
ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · Dilshoda Xaqqulova · namoyandalari Najmiddin Kubro · Pahlavon Mahmud
Медицина, педагогика и технологии: теория и практика · 2 · 21-22 · 2023
Аннотация
Mazkur maqolada adabiyotshunos olim Hamdam Abdullayevning mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodini o’rganishga oid dolzarb fikr va tushunchalar haqida so’z boradi. Kalit so’zlar: Mumtoz adabiyot,adabiy muhitining og‘zaki va yozma an’analari,turkiy adabiyot vakillari, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad. Ijodkorlarimizning yangi, hali o‘rganilmagan jihatlarini tadqiq etish o‘ziga xos mas’uliyatli vazifalardan biridir. Bu tadqiqotchidan fundamental bilim, chuqur kuzatish va umumlashtiruvchi xulosalar chiqara olish barobarida obyektiv munosabat bildirishni talab qiladi. O‘zining ilmiy qarashlari bilan ustoz Hamdam Abdullayev bu sohaga o‘tgan asrning 60-yillarida kirib keldi. Olimning ilmiy izlanishlari o‘zbek adabiyotshunosligining eng dolzarb yo‘nalishlaridan biri – turkiy xalqlar adabiyoti aloqalari va o‘zaro ta’sir masalalarini tadqiq etish bo‘lib, Xorazm adabiy muhitining og‘zaki va yozma an’analarini, uning namoyandalari ijodini o‘rganishda o‘ziga xos maktab yaratdi. H.Abdullayev tomonidan yaratilgan tadqiqotlarda ko‘proq xalq og‘zaki ijodi va mumtoz adabiyot haqida yangicha ilmiy fikrlarni kuzatish mumkin. Olim ilmiy tadqiqotlarining asosiy qismi mumtoz adabiyot namoyandalari ijodiyoti tadqiqiga bag‘ishlangan. H. Abdullayev Xorazm mumtoz adabiyoti namoyandalari Najmiddin Kubro, Pahlavon Mahmud, Ogahiy, Feruz, Komil Xorazmiy, Tabibiy, Bayoniy, Avaz kabi buyuk mutafakkirlar hayoti va ijodi haqida bir qancha maqolalar e’lon qildi. Olim xorazmlik shoir va olimlarni o‘rganish jarayonida Alisher Navoiyning shayxlar , olim va shoirlar haqida qimmatli ma’lumot beruvchi “Nasoyim ul-muhabbat” va “Majolis un-nafois” tazkiralariga murojaat qiladi. Bu asarning oldingi nashrlari sho‘ro davri mafkurasi ta’sirida qisqartirishlar bilan amalga oshirilganligini, natijada xorazmlik shayxlar haqidagi ma’lumotlar ham tushirilib qoldirilganligini ta’kidlaydi. “Nasoyim ul- muhabbat” va “Majolis un-nafois”ning arabiy, forsiy matnlar va ularning tarjimalari hamda izohlari bilan ilk bor to‘liq nashr etilgan kitobiga murojaat 565 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь etib, asarda hayoti va faoliyati yoritilgan shayxlarning 20 nafardan ziyodi asli xorazmlik ekanligini aniqlaydi. Olim shayxlarni ma’lumot xarakteriga ko‘ra ikki guruhga ajratadi: 1.Navoiy boshqa asarlarida qisman ma’lumot bergan , lekin bu asarlarida kengroq to’xtalgan shayxlar (Xoja Abulvafo Xorazmiy, Abdulloh Muborak, shayx Najmiddin Kubro, Xubbi Xoja , Sayid ota va boshqalar) 2.Ilk bor tilga olinib, hayoti va ijodiga oid muhim jihatlari yoritilgan shayxlar (Pahlavon Mahmud, shayx Alovuddin Xorazmiy , Abukhasan Ishqiy, Muhriy Mahmud, Imra’tun Xorazmiya va boshqalar) H.Abdullayevning ilmiy kuzatishlarida Navoiy har bir shayx ta’rifida ularning ichki qiyofasini ochib beradigan nuqtalarga e’tibor qaratadi. Ularning ibratomuz fazilatlarini qadrlashiga diqqat qiladi. Ulug‘ avliyolar haqida fikr yuritganda ilk avliyo ayol - Imra’atun Xorazmiya haqida ham ma’lumot beradi.Shuningdek, tazkirani o‘rganish jarayonida olim alohida qiziqish uyg‘otadigan ma’lumotlarga e’tibor qaratadi. Bu ma’lumot Pahlavon Mahmud haqida ekanligini e’tirof etadi. Olim tadqiqotlarida Pahlavon Mahmudga bag ‘ishlangan maqolalar ham o‘ziga xos o‘ringa ega. “Filmahmud “ dostonida javonmardlik” , “Pahlavon Mahmud ruboiyotida tasavvufiy timsol va istilohlar” , “Pahlavon Mahmudning ruboiy janri rivojidagi o‘rni”, “Nasoyim ul-muhabbat”da xorazmlik shayxlar va pahlavon ta’rifi” kabilardir. Istiqlolgacha bo‘lgan davrda Pahlavon Mahmud asarlari,ayniqsa, ruboiylarini to‘plash, tarjima qilish va o‘rganishda zamon mafkurasining ta’siri sezilarli bo‘lib, ular inson hayot falsafasining badiiy talqini ekanligi xolis baholanmadi. So‘nggi yillarda mustaqillik sharofati tufayli Pahlavon Mahmud merosining muayyan qismi nashr etilib, uni tadqiq qilish ishlari boshlandi. Xususan, H. Abdullayev Pahlavon Mahmud ruboiylari,ularning mazmun- mundarijasi, mavzu doirasi xususida maqolalarida yoritib beradi. Olim “Nasoyim ul-muhabbat”da xorazmlik shayxlar va pahlavon ta’rifi” nomli maqolasida Alisher Navoiyning xorazmlik ko‘plab allomalar haqida qimmatli ma’lumotlar berib o‘tganligini ta’kidlaydi. Shular qatorida Pahlavon Mahmud haqida ma’lumotlar batafsil va qimmatliligi bilan ajralib turadi. “Ma’lumki, Pahlavon Mahmud Sharqda ma’lum va mashhur tarixiy siymolardan biridir.U O‘rta Osiyo va Eronda keng yoyilgan javonmardiylik 566 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 9, 30 Сентябрь (futuvvat) ta’limotining Xorazmdagi peshvolaridan bo‘lib, faylasuf shoir, tengsiz jahonpahlavon, mohir po‘stindo‘z, raiyat najotkori sifatida nom qozongan. Bu haqdagi ma’lumotlar ko‘plab tarixiy va adabiy manbalarda saqlanib qolgan. Shunday manbalardan biri “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul- futuvvat” asaridi
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada adabiyotshunos olim Hamdam Abdullayevning mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodini o’rganishga oid dolzarb fikr va tushunchalar haqida so’z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada adabiyotshunos olim Hamdam Abdullayevning mumtoz adabiyotimiz vakillari ijodini o’rganishga oid dolzarb fikr va tushunchalar haqida so’z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mumtoz adabiyot, Alisher Navoiy, Pahlavon Muhammad, adabiy muhitining og‘zaki va yozma an’analari, turkiy adabiyot vakillari
Смежные источники
Лучшие интеллектуальные исследованияIkramov Kamronbek Dilshodbek о‘g‘li2025
Журнал универсальных научных исследованийЭ.Я Эрметов, Д.Э Яхшибоева2024
The American Journal of Medical Sciences and Pharmaceutical ResearchGlial Tumors Of The Brain, With Associated Hydrocephalia +32020